РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
SHAYBONIYLAR SULOLASI DAVRIDA BUXORO XONLIGIDA TARIX FANI
Sobirov Jamshidbek · Sotvoldiyev Sayfiddin
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada XVI asr Buxoro xonligining shayboniylar sulolasi davrida nafaqat tarix balki ilm fan taraqqiyoti haqida qisqacha toʻxtalib oʻtiladi. Shayboniyxon va uning avlodlari ham oʻzlari boshliq ilm sohasiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. Shayboniylar sulolasi hukmronligi davrida Movarounnahrda fan va madaniyat rivoj topdi. Ma’rifatparvar xonlar saroyida toʻplangan olimlar shoir va yozuvchilar ilm fanining turli yoʻnalishlari boʻyicha ijod qiladilar va yozgan asarlari bilan jahon tarixi va madaniyati xazinasiga munosib hissa qoʻshdilar. XV asr oxiri va XVI asrlar davomida tarix ilmi bobida juda kata monumental asarlar yaratiladi. Kalit soʻzlar: «Shayboniynoma», Qosim kotib, Arminiy Vamberi, E. Shodiev, «Tavorixi guzidayi nusratnoma», «Zafarnomai Abdullaxon», «Muzakkir ul ashob». Asosiy qism: Shayboniylar davrida fan va madaniyatning rivojlanishida mazkur sulola namoyandalarning tutgan oʻrni katta boʻlgan desak mubolagʻa boʻlmaydi. Sababi, ularning oʻzlari ham nihoyatda oʻqimishli shaxslar edilar. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Koʻchkunchixon, Ubaydulloxon, Abdulazizxon kabi Shayboniylar turkiy va forsiyda sheʼrlar bitganlar. Shunga ham alohida taʼkidlash lozimki, ular diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli salohiyatga ega boʻlganlar. Muhammad Shayboniyxon yoshligida ta’limni Buxoro madrasasida olgan. Ubaydulloxonning musiqa ilmiga katta ragʻbati boʻlgani, musiqiy asboblar chalgani, nozik xusnixat egasi boʻlgani ma’lum. Shayboniylar davrida ham tarix ilmi juda rivoj topgan. “XVI asr tarixini yoritib beruvchi «Tavorixi guzidai nusratnoma», Mulla Shodiyning «Fathnoma», Binoiyning «Shayboniynoma», Muhammad Solihning «Shayboniynoma», Abdulloh Nasrullohning «Zubdat al-asror», Fazlulloh Roʻzbexonning «Mehmonnomai Buxoro», Zayniddin Vosifiyning «Badoi ul vaqoye», Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» kabi tarixiy asarlari fikrimiz dalilidir. Bu asarlarning ahamiyatli tomoni shundaki ular oʻzlari yashagan davrni bevosita kuzatib guvoxi boʻlib yozganligi uchun original hisoblanadi. Bu asarlar orqali oʻsha davrdagi ijtimoiy siyosiy vaziyat ham yaqqol namoyon boʻladi. Ushbu asarlarda birmuncha kamchiliklar mavjud boʻlishi mumkun, lekin biz uchun qimmatli ma’lumotlarga ega ekanligi uchun eʼtiborlidir. Shu asarlardan ba’zilari haqida gapirib oʻtmoqchimiz. Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» asari Shayboniyxonga bagʻishlangan boʻlib, Shayboniynoma — tarixiy asar. Shayboniylar tarixiga oid dastlabki manbalar jumlasiga kiradi. Fors tilida yozilgan. Asar Kamoliddin Binoiy tomonidan Muhammad Shayboniy davrida, uning xizmatida boʻlgan paytida, 1505—1507-yillarda xon hamda uning oʻgʻli nazorati ostida bitilgan. Asar «Tavorixi guzidayi nusratnoma» negizida fors tilining fasohat ilmi, uning nozik iboralaridan keng foydalangan holda yozilgan. Shayboniynomaning qoʻlyozma nusxalari koʻp, bulardan biri xorazmlik tarixchi va tarjimon Muhammad Yusuf Bayoniy tomonidan 1914— 1915-yillari oʻzbek tiliga tarjima qilingan nusxadir. Asarda Muhammad Shayboniyning tavallud kunidan boshlab to 1505-yilgacha, yaʼni uning Movarounnahr va Xorazmni 135 boʻysundirishga qadar boʻlib oʻtgan voqealar hikoya qilinadi. Bu qoʻlyozmaning qimmatli nusxasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanib kelmoqda. Bu davrda eng maqbul til turk tili edi. Bular orasida shahzoda Muhammad Solih ajralib turadi, uning otasi Xorazm hukmdori boʻlib, temuriylar tufayli oʻz taxtidan ayrilgan edi. U Shayboniy xizmatiga erta kirgan edi. U nihoyatda mahorat bilan yozilgan «Shayboniynoma» dostonining muallifi boʻlib, Arminiy Vamberi oʻz asarida Muhammad Solihni Navoiydan ham yuksak qoʻygan. Muhammad Solihning «Shayboniynoma» asarini asl nusxasi topilgan emas, ammo shoirning hayotligida, Qosim kotib tomonidan 1510 yilda koʻchirilgan nodir nusxasi Venada saqlanadi. Arminiy Vamberi 1885 yili Venada ushbu nusxa asosida asarni nemischa tarjimasi bilan birga nashr ettirgan. Sharqshunos olim P. M. Melioranskiy 1908 yili Sank- Peterburgda asarni ikkinchi marta nashr ettirdi. Ushbu nashrni P.M.Melioranskiy Vamberi nashri asosida tayyorladi. Oʻzbek adabiyotida «Shayboniynoma» asarini E. Shodiev 1989 yili P. M. Melioranskiy nashri asosida nashr ettirdi. Asar Shayboniy va temuriylar oʻrtasidagi kurash tarixiga bagʻishlangan boʻlib, 1499 -1506 yillar orasidagi voqealarni oʻz ichiga oladi. «Shayboniynoma» 76 bobni tashkil etgan 4456 baytdan iborat. Muhammad Solih 1501 yildan to umrining oxirigacha Shaybo- niylarga xizmat qildi va 1535 yilda Buxoroda vafot etdi. Muhammad Solihning she’riy solnomasi chamasi 1505 yillarda yozilgan boʻlib, Kamoliddin Binoiy asariga mos keladi. B.Axmedovning yozishicha, Binoiyning «Shayboniynoma»siga nisbatan Muhammad Solih asaridagi yangi oʻrinlar quyidagicha: 1. XX-XXIII boblar Qorakoʻl, Qarshi, Gʻuzordagi Shayboniyxonga qarshi qoʻzgʻolonlarga bagʻishlangan. 2. Shayboniylarning Shoxruxiya, Oʻratepa, Fargʻona, Buxoro, Termiz va boshqa joylarga yurishlari aks ettirilgan. 3. Shayboniylarning Xorazmga qarshi 1503-1505 yillardagi yurishlari
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada XVI asr Buxoro xonligining shayboniylar sulolasi davrida nafaqat tarix balki ilm fan taraqqiyoti haqida qisqacha toʻxtalib oʻtiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada XVI asr Buxoro xonligining shayboniylar sulolasi davrida nafaqat tarix balki ilm fan taraqqiyoti haqida qisqacha toʻxtalib oʻtiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qosim kotib, «Zafarnomai Abdullaxon», «Muzakkir ul ashob»., «Tavorixi guzidayi nusratnoma», Arminiy Vamberi, E. Shodiev, «Shayboniynoma»
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020