К содержанию
РецензированоUZ2026

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JINOYAT ISHLAR BO‘YICHA SUDLAR BILAN HAMKORLIGINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Tashtemirov Anvar Aliqulovich · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · Ma’muriy huquq kafedrasi dotsenti. · Baxtiyorov Said Akmal o‘g‘li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikni tashkil etish tushunchasi, asosiy xususiyatlari, hozirgi kunda profilaktika inspektorlarining ichki ishlar organlari soxaviy xizmatlari bilan hamkorligi,profilaktika inspektorlarining sohaviy xizmatlar bilan hamkorligini samarali tashkil etish, profilaktika inspektorining xuquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari bilan hamkorligini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari yuzasidan fikr va mulohazalar yoritilgan Kalit so‘zlar. Hamkorlik, huquqbuzarlik profilaktikasidagi hamkorlik, sohaviy xizmatlar, sud organlari, sudlov muhokamasi, idoralararo hamkorlik, jamoatchilik bilan hamkorlik, xalqaro hamkorlik. Profilaktika inspektorlari o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, ichki ishlar organlarining boshqa sohaviy xizmatlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamkorlik qiladi hamda aniqlangan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar to‘g‘risidagi axborotni almashishni, shu jumladan elektron shaklda almashishni, shuningdek boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.Profilaktika inspektorlarining ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari bilan hamkorligini tashkil etish va takomillashtirish masalalari ko‘rilayotganda, avvalo o‘rganilayotgan ob’ektda o‘zaro hamkorlik tushunchasiga ta’rif berib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Hamkorlik - bu qonun va qonun osti aktlarda asoslangan, vazifalar, yo‘nalishlar va vaqtlar bilan kelishilgan, xizmat ko‘rsatilayotgan hududlarda jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarshu jumladan jinoyatlarning oldini olishda ishtirok etuvchi ichki ishlar organlariningkuch va vositalaridan hamkorlikda foydalanish tushuniladi. Huquqbuzarlik profilaktikasisohasidagi hamkorlikni quyidagi to‘rt darajada amalga oshirish mumkin: a) ichki idoraviy hamkorlik, ya’ni jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tizimiga kiruvchi xizmat va bo‘linmalar o‘rtasidagi hamkorlik; b) idoralararo hamkorlik, ya’ni jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga oshiruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamda ular bilan davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlik; v) jamoatchilik bilan hamkorlik,ya’ni jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga oshiruvchihuquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa va tashkilotlar hamda aholi o‘rtasidagi hamkorlik; g) xalqaro hamkorlik, ya’ni boshqa davlatlar, ularning huquqni muhofaza qiluvchi va 38 jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik. Ushbu hamkorlik yo‘nalishlaridan biri sifatida qayd etilgan, idoralararo hamkorlik, ya’ni jinoyatlarning oldini olish faoliyatini amalga oshiruvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamda ular bilan davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘lib, ushbu yo‘nalishda profilaktika inspektorlarining asosiy hamkorlik sub’ekti sifatida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar alohida ahamiyatga ega. Profilaktika inspektorlarining Sud organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi belgilangan asosiy vazifalari O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 12 yanvardagi “Sud qarorlarini qayta ko‘rish institutining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-665-son Qonunida o‘z aksini topdi, ya’ni ushbu qonun mazmuniga ko‘ra, profilaktika inspektorlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha yurituvida bo‘lgan ishlarni tegishliligi ko‘ra jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga taqdim etishi lozimligi belgilab berildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida hamda Prezidentining 24 iyul 2020 yil kungi PF 6034-sonli “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida ushbu vazifalar va mexanizmi o‘z aksini topgan. Profilaktika inspektorlari jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan mamuriy nazorat olib borishda sud organlari bilan hamkorligini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 aprel kungi “Jazoni ijro etish muassasalaridan bo‘shatilgan ayrim toifadagi shaxslar ustidan mamuriy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikni tashkil etish tushunchasi, asosiy xususiyatlari, hozirgi kunda…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari bilan hamkorlikni tashkil etish tushunchasi, asosiy xususiyatlari, hozirgi kunda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jamoatchilik bilan hamkorlik, sud organlari, sudlov muhokamasi, idoralararo hamkorlik, huquqbuzarlik profilaktikasidagi hamkorlik, xalqaro hamkorlik., sohaviy xizmatlar, Hamkorlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники