Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASINI AMALGA OSHIRISHDA IIOLARI PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING BOJXONA XIZMATI BILAN XAMKORLIGINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
XAMKORLIGINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI · Tashtemirov Anvar Aliqulovich · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · Ma’muriy huquq kafedrasi dotsenti. · Sadullaev Maftunbek Davron o‘g‘li
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2018
Аннотация
Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning xamkorligi tashkiliy-huquqiy asoslari bayon etilgan. Shu bilan birga ushbu sohada erishilgan yutuqlar bilan birga sohada uchrayotgan ayrim muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlarga to‘xtalib o‘tilgan. Tayanch so‘zlar. Ichki ishlar organlari, profilaktika, profilaktika inspektori, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalar, hamkorlik, huquqiy asos. Davlatning iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlanishida, iqtisodiy xavfsizlik masalalarining ta’minlanishida eng muhim muammolardan biri tashqi iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashishdir. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasida bojxona organlarining faoliyati qonunchilik tizimi asosida, bir qator normalar bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 oktyabrdagi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 502-sonli qonuni va 2016 yil 20 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida»gi O‘RQ-400-sonli Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib o‘tish, bojxona to‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish tartibini belgilash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish jarayoni mustahkamlab qo‘yilgan. Respublikada jinoyatchilikning oldini olish borsida, Bojxona xizmatining Ichki ishlar organlari bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarning oldini olish, fosh etish va tergov qilishga, O‘zbekiston Respublikasi hududiga qurol-yarog‘, giyohvand moddalar, qalbakilashtirilgan mahsulotlar, valyuta hamda madaniy boyliklar va tarixiy yodgorliklarni noqonuniy olib chiqish va olib kirishni to‘xtatishga, shuningdek, shu kabi huquqbuzarliklarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabab va sharoitlarni aniqlashga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2008 yil 7 yanvarь qonunining qabul qilinganligi, birinchidan, jamiyatda bolalar huquqlari kafolatlarini ta’minlash tizimini belgilab bergan bo‘lsa, ikkinchidan, bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash orqali ular orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishni ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi 2010 yil 29 sentyabrь qonuni “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida ko‘rsatilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning nazoratsizligi, qarovsizligi va huquqbuzarliklarining 50 profilaktikasini amalga oshirish bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining bojxona kodeksi normalariga rioya qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining (2018 yil 18 oktyabrь. 502-son) yangi tahrirdagi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasiga asosan hamkorlikni amalga oshiradi. Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorligining qonun darajasida tartibga solinganligi bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarni tahlil qilsak, quyidagi qonunlarning ob’ekti doirasida mazkur bo‘linmalar hamkorligi amalga oshirilishini kuzatishimiz mumkin: Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 1999 yil 19 avgustdagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi hamda 2000 yil 25 maydagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunlari asosida, ayrim faoliyatlarni litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilishtartibga solingan. Shuningdek,O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 4 yanvardagi “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni bilan ushbu bo‘linmalarning hududda fuqaroviy va xizmat qurollarining hamda ular o‘q-dorilarining, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallar, shuningdek pirotexnika buyumlar, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining muomalada bo‘lishi sohasida hamkorligi amalga oshiriladi. Ichki ishlar organlari tomonidan favqulotda vaziyatlarda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqarolar muhofazasi tadbirlarini amalga oshirishda Prokuratura,Davlat havfsizlik xizmati va Bojxona organlari bilan hamkorliklari O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi qonuni normalari bilan tartibga solingan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrdagi «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»giqonuni Ichki ishlar organlari terrorizmga qarshi kurashish, xususan uning oldini olish bo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning xamkorligi tashkiliy-huquqiy asoslari bayon etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalarning xamkorligi tashkiliy-huquqiy asoslari bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ichki ishlar organlari, profilaktika, hamkorlik, profilaktika inspektori, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar va muassasalar, huquqiy asos.
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026