К содержанию
РецензированоUZ2026

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING YASHASH MANZILLARIDAN UZOQ MUDDATGA KETGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINING TUSHUNCHASI

Tashtemirov Anvar Aliqulovich · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · Ma’muriy huquq kafedrasi dotsenti. · Raxmonqulov Shoxrux Nabijon o‘g‘li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyati tushunchasi, ushbu faoliyatning huquqiy asosdari, faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qiluvchi soha vakillari va ular bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora tadbirlar yuzasidan fikrlar bildirilgan. Kalit so‘zlar: profilaktik chora-tadbirlar, uzoq muddatga ketgan shaxs, migratsiya, profilaktik suhbat, tashqi xavf xatarlar, chet elga chiqishning qonuniy talablari. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan tub islohotlar O‘zbekistonni dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan joy egallashiga qaratilgan. Hozirgi kunda davlatimizning jadallik bilan rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan nafaqat ichki muammolar, balki tashqi kuchlarga ham qarshi o‘z vaqtida kurashish davr taqozosi hisoblanadi. Chunki rivojlanishga salbiy ta’sir etuvchi bunday tashqi tahdidlar kundan-kunga ortib, o‘z shakl- shamoyilini o‘zgartirib bormoqda. Uzoq muddatga ketgan shaxs – doimiy yashash manzilidan turli sabablarga ko‘ra, ya’ni: ishlash, davolanish, dam olish, sayohat qilish, xizmat safari, o‘qish, tanishlarini ko‘rib kelish va boshqa maqsadlarda respublika hududidan bir oydan kam bo‘lmagan muddatga chiqib ketgan shaxslar. Bugungi kunda mamlakatimiz fuqarolarining uzoq muddatga chet el davlatlariga chiqishlari va qaytib kelish jarayonlarini tizimli ravishda tashkil etish ichki ishlar organlari oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Shu sababli ham uzoq muddatga chet el davlatlariga ketganlar bilan ishlash ichki ishlar organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanib, u bilan tizimning deyarli barcha sohaviy xizmatlari shug‘ullanmoqdalar. Ayniqsa, fuqarolarning qonunga xilof tarzda boshqa davlatlarga chiqib ketishlarining oldini olishda ichki ishlar organlari, xususan, profilaktika, tezkor-qidiruv, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish va boshqa bir qator xizmatlarining roli katta. O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishlari tartibini belgilab beruvchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi, shuningdek ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatlarining yangi tizimi shakllantirildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, uzoq muddatga chet elga ketgan fuqarolarning ayrimlari turli xil og‘ir kasalliklarni yuqtirib olib, yashash manziliga qaytib kelganidan keyin bilib bilmay ularning tarqatuvchilariga aylanib qolmoqda. 2016 yil 16 sentabrdagi “Ichki ishlar orgonlari to‘g‘risida” gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qo‘shma qarori asosida “Uzoq muddat xorijiy davlatda bo‘lib yashash manziliga qaytgan yoki odam savdosidan jabrlangan 62 fuqarolarga tibbiy ko‘rikni tashkil qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va Ichki ishlar vazirliklarining o‘zaro hamkorligi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida’’gi qarorida uzoq muddatga chet elga ketgan fuqarolarning ayrimlari turli xil og‘ir kasalliklarni yuqtirib olib, yashash manziliga qaytib kelganidan keyin bilib bilmay ularning tarqatuvchilariga aylanib qolmasligini oldini olish choralari ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, chet elda uzoq muddatda bo‘lgan fuqarolarimiz turli salbiy holatlar, ya’ni yo‘l-transport, yong‘in va boshqa hodisalar tufayli vafot etgan yoxud odam savdosi yoki boshqa og‘ir, o‘ta og‘ir jinoyatlarning qurboni bo‘lgan. Oxirgi vaqtlarda jahon miqyosida ro‘y berayotgan voqealarning tahlili din niqobi ostidagi turli kuchlarning ma’lum bir davlat yoki mintaqadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini izdan chiqarish yo‘li bilan amaldagi hokimiyatni egallashga qaratilganligini ko‘rsatmoqda. Xususan, Suriya, Misr, Pokiston va boshqa davlatlarda sodir bo‘layotgan ijtimoiy beqarorlik siyosiy maqsadlarni ko‘zlamoqda. Bunga erishish yo‘lida diniy ekstremizmning g‘oyaviy qarashlaridan va turli terrorchilik harakatlari orqali tinch aholi orasida qo‘rquv hamda davlat hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlik ruhini uyg‘otish kabi usullardan keng foydalanilgan. Profilaktika inspektorining yashash manzilidan uzoq muddatga ketgan shaxslarni aniqlash va ular bo‘yicha ishlash tartibi, quyidagi faoliyatlarni o‘z ichiga oladi. Fuqorolarning horijiy davlatlariga chiqqanliklari holatini, ularning maqsadlari va qaerga ketganliklarini aniqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Vaholanki, uzoq muddatlarga chet elga chiqayotgan fuqarolar bu haqda hududiy profilaktika (katta) inspektori yoki ichki ishlar organlariga xabar bermaydilar. Shuningdek, uzoq muddatga chet elga chiqqan yaqin qarindoshlari haqida tegishli idoralar yoki hududiy profilaktika inspektorlariga belgilangan tartibda xabar beradigan fuqarolar ham kamdan-kam topiladi. Ushbu holat ichki ishlar organlarining tegishli sohaviy xizmatlari, xususan, hududiy profilaktika inspektorlarid

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada profilaktika inspektorining yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyati tushunchasi, ushbu faoliyatning huquqiy asosdari, faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qiluvchi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyati tushunchasi, ushbu faoliyatning huquqiy asosdari, faoliyatni amalga oshirishda hamkorlik qiluvchi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
profilaktik chora-tadbirlar, chet elga chiqishning qonuniy talablari., migratsiya, tashqi xavf xatarlar, uzoq muddatga ketgan shaxs, profilaktik suhbat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3