К содержанию
РецензированоUZ2026

MINTAQADA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA AGLOMERATSIYANI OPTIMAL JOYLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI

JOYLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI · Nurbek Toshev Janon o’g’li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada mintaqada turizmni rivojlantirishda aglomeratsiyani optimal joylashtirishning dolzarbligi o‘rganiladi. Turizm salohiyatini samarali boshqarish, infratuzilmani optimallashtirish, resurslardan oqilona foydalanish va turistik hududlararo hamkorlikni kuchaytirish masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijasida aglomeratsiyaning geografik joylashuvi va uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Turistik aglomeratsiyalar, optimal joylashtirish, iqtisodiy samaradorlik, infratuzilma, hududiy rivojlanish, turizm boshqaruvi. Kirish. Mintaqaviy rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida turizm sohasining ahamiyati kundan-kunga ortib bormoqda. Xususan, turistik aglomeratsiyalarni optimal joylashtirish masalasi bugungi kunda dolzarb bo‘lib, u mintaqaning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. Turistik aglomeratsiyalarni joylashtirishda hududlarning tabiiy, madaniy va infratuzilma salohiyatini hisobga olish, shuningdek, sayyohlarning ehtiyojlarini qondirish uchun qulay sharoitlar yaratish zarur. Turistik aglomeratsiyalarning to‘g‘ri joylashtirilishi nafaqat turizm xizmatlarining sifatini oshirishga, balki hududlarning iqtisodiy o‘sishini ta’minlashga ham imkon beradi. Bu jarayonda mahalliy va xalqaro tajribadan foydalanish, shuningdek, innovatsion yechimlarni tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada mintaqada turistik aglomeratsiyalarni optimal joylashtirish tamoyillari va amaliyotlari tahlil qilinadi. Shuningdek, aglomeratsiyaning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ekoturistik aglomeratsiya infratuzilmasini rivojlantirish sayyohlarni jalb qilish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish va mahalliy iqtisodiyotni jonlantirishda dolzarbdir. Viloyatga kelayotgan sayyohlar orqali iqtisodiyotga qo‘shimcha mablag‘lar kiritiladi, bu esa mahalliy aholi farovonligini oshiradi. Ekoturizm sohasidagi investitsiyalar mehmonxona, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarining rivojlanishiga ham hissa qo‘shadi. Ekoturizmning asosiy tamoyillaridan biri tabiiy resurslarni saqlash va ularni barqaror ishlatishdir. Qashqadaryo viloyatidagi Hisor qo‘riqxonasi, tog‘ manzaralari va boshqa ekologik jihatdan ahamiyatli joylar muhofazani talab qiladi. Hozirgi global iqlim o‘zgarishlari va atrof-muhit muammolari fonida ekoturizm infratuzilmasini barpo etish orqali tabiiy resurslarni muhofaza qilish dolzarbligi oshmoqda. Qashqadaryo viloyatida turizmning barqaror rivojlanishi orqali atrof-muhitni asrash va resurslardan oqilona foydalanish ta'minlanadi. Ekoturizm infratuzilmasini rivojlantirish orqali viloyatni ekologik jihatdan barqaror hududga aylantirish mumkin. Bu sayyohlarni jalb qilish bilan birga, atrof-muhitga bo‘lgan zararli ta’sirni minimallashtirish imkonini beradi. Turizm aglomiratsiyasining milliy iqtisodiyotdagi roli va uni rivojlantirishning fundamental masalalarini oʻrganish boʻyicha xorijda, Romano C. A., Tanewski G.A., Smyrnios K.X Yuqorida keltirilgan olimlarning ilmiy tadqiqotlari ushbu yoʻnalishda qilingan ilmiy ishlar 51 ichida oʻz oʻrni va ahamiyatiga ega, ammo hunarmandchilikni mintaqa turizmi sohasida tutgan urni va rivojlantirish mexanizmi bilan bogʻliq masalalar tadqiqotlar doirasidan chetda qolgan. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, tahlilning mantiqiy va taqqoslash usullari, tizimli tahlil, qiyosiy tahlil, monografik tahlil, tahlilning mantiqiy va taqqoslash usullari, kompleks yondashuv, ekspert baholash, koʻp variantli prognoz kabi usullardan foydalanilgan Turistik aglomeratsiyalar madaniy meros va an’analarni saqlash va ommalashtirishning samarali vositasi sifatida xizmat qiladi. Bu turistik aglomeratsiya hududida joylashgan madaniy va tarixiy obyektlar, milliy an’analar va meroslarni sayyohlarga taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda, madaniy obyektlarni tiklash va saqlashga e’tibor kuchayadi, mahalliy madaniyat va urf-odatlar xalqaro miqyosda taniladi va mahalliy aholi o‘z madaniy merosini asrab-avaylash va uni turizm orqali rivojlantirishda ishtirok etadi. Turistik aglomeratsiyalarni tashkil etish xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaning raqobatbardoshligini oshirish imkonini beradi. Xalqaro turistlarni jalb qilish uchun mintaqa raqobatbardosh turistik mahsulotlarni yaratish va taqdim etishga ehtiyoj sezadi. Bu jarayonda, xalqaro turistik bozorlarga chiqish imkoniyatlari kengayadi, mahalliy xizmatlar va infratuzilma xalqaro standartlarga moslashtiriladi va mintaqa boshqa turistik markazlar bilan raqobatbardoshlikni ta’minlaydi. Mintaqada turizmni rivojlantirishda aglomeratsiyani optimal joylashtirishning dolzarbligi va muhimligi bir qator strategik omillar bilan bog‘liq bo‘lib, bu nafaqat turizm sohasini kengaytirish, balki iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish, mahalliy aholiga yangi imkoniyatlar yaratish va atrof-muhitni muhofaza qilish nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Aglomeratsiyani joylashtirish orqali bir nechta turistik obyektlarni birl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mintaqada turizmni rivojlantirishda aglomeratsiyani optimal joylashtirishning dolzarbligi o‘rganiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mintaqada turizmni rivojlantirishda aglomeratsiyani optimal joylashtirishning dolzarbligi o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqtisodiy samaradorlik, hududiy rivojlanish, optimal joylashtirish, infratuzilma, Turistik aglomeratsiyalar, turizm boshqaruvi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3