К содержанию
РецензированоRU2026

KVANTITATIVLIKNING TURLI TIZIMLI TILLARDAGI LINGVOMADANIY TASVIRI

Karimova Shaxloza Boyquzi qizi

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В статье анализируется лингвокультурологическая интерпретация понятия количественности в разных культурах. Рассматриваются религиозные, символические и социальные аспекты чисел, их роль в культурных традициях. Особое внимание уделяется значению числа три в обычаях и верованиях различных народов. Ключевые слова: количественность, лингвокультурология, числа, культурная интерпретация, число три. Annotation: The article analyzes the linguocultural interpretation of the concept of quantitativeness in different cultures. Religious, symbolic, and social aspects of numbers are explored, highlighting their role in cultural traditions. Special attention is given to the significance of the number three in the customs and beliefs of various nations. Keywords: quantitativeness, linguocultural studies, numbers, cultural interpretation, number three. Kvantitativlik tushunchasi, ya’ni miqdoriy yondashuv turli madaniyatlarda har xil talqinlanishi mumkin. Bu tushuncha matematika, fizika, iqtisodiyot kabi fanlarda aniq miqdoriy ma’lumotlarga tayangan holda tushunilsa, boshqa sohalarda, jumladan, madaniyatshunoslikda yoki ijtimoiy fanlarda, uning ma’nosi kengayishi mumkin. Masalan, Gʻarb madaniyatlarida kvantitativlik tushunchasi aniqlik va muayyanlikka urg‘u beradi. Chunonchi, tadqiqotlarda aniq statistika va ma’lumotlarni yigʻish keng tarqalgan. Bu yerda kvantitativ metodlar ilmiy bilimlarni aniq va obyektiv qilib koʻrsatishga qaratilgan. Ayni paytda, boshqa madaniyatlarda, masalan, sharq madaniyatida kvantitativlikka koʻproq metaforik yoki falsafiy ma’nolar berilishi mumkin. Misol uchun, xitoy falsafasida raqamlar va miqdoriy ma’lumotlar tafsirlash ma’naviy va ramziy oʻlchovlarga ega boʻlishi mumkin. Har bir madaniyat oʻzining oʻziga xos yondashuvlari va tushunchalari asosida kvantitativlikni talqin qiladi va bu turli sohalarda turlicha amaliy qoʻllanilishiga olib keladi. Qadimdan insoniyat uchun til va madaniyat uygʻunlashib, tilda madaniyatning yoki aksincha, madaniyatning tilda aks etishini kuzatish mumkin. Tilshunoslikning lingvokulturologiya bo‘limi har bir xalqning madaniyatini, tilda namoyon bo‘lish hodisalarini o‘rganib, unda madaniyatning namoyon bo‘lish vositalari haqida bahs yuritadi. Lingvokulturologiya – bu til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqliklarni o‘rganuvchi fan sohasi. Ushbu soha tilning madaniyatdagi o‘rni va uning ijtimoiy hayotdagi roli, shuningdek, madaniy kontekstlarda tilning qanday ishlatilishini o‘rganadi. 61 Lingvokulturologiya, tilshunoslik bilan madaniyatshunoslikni birlashtirgan holda, tilning madaniy aspektlarini va madaniyatning tilshunoslikka ta‘sirini chuqur tahlil qiladi. Ushbu soha, til va madaniyatning o‘zaro ta’sirini, tildagi metaforalar, frazeologizmlar va boshqa til birliklarining madaniy ma’nolarini o‘rganish orqali ham tilni, ham madaniyatni yanada yaxshiroq tushunish imkonini beradi. Lingvokulturologiya tilning madaniy birliklarini madaniyatning qismi sifatida o‘rganadi. Bu ko‘proq olamning milliy lisoniy mazarasini hosil qilishga o‘xshaydi. Bunda til millat mentalitetining ko‘zgusi sifatida namoyon bo‘ladi [5,8]. Kvantitativlikning lingvomadaniy xususiyatlarini va turli madaniyatlardagi talqini masalasi ancha qiziqarli va yangi tadqiqot obyektlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, kvantitativlikning lingkulturologik jihatlarini tahlil qilishda, avvalo, kvantitativlikning asosiy ifoda vositalaridan hisoblangan sonlar va leksik vositalar, frazeologik birliklar orqali kvantitativlikning turli madaniyatlardagi talqiniga e’tibor qaratish lozim, deb hisoblaymiz. Kvantitativlikning turli madaniyatlardagi ifodalanishini tahlil qilar ekanmiz, madaniyat bilan bog‘langan va aks etadigan eng keng tarqalgan vosita bu raqam-sonlar, deb hisoblaymiz. Sababi, raqam va sonlarning shakli turli madaniyatlarda deyarli o‘xshash bo‘lsa ham ifoda maqsadlari borasida turli xalqlarda turlicha qarashlar mavjud. Raqamlar bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar va uning turli millatlarda turlicha talqinini uchratamiz. Madaniyatlararo mutanosibliklar va o‘xshashliklar ham talaygina. Shunday talqinlardan biri bu raqamlarning ilohiylashtirilishi hisoblanadi. Ilohiylashtirishda asosiy manba bu diniy qarashlardir. Diniy bilimlardan kelib chiqqan holda, xalqlarning raqamlarini ilohiylashtirish holati yuzaga kelgan, deb hisoblaymiz. Bora- bora xalqlarda raqamlar bilan bog‘liq bo‘lgan irimlar ham paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Bundan tashqari, raqamlarning ramziy ifodalari ham mavjud. Turli madaniyat vakillarining nutqi ko‘p uchraydigan yoki ular tomonidan yaratilgan asarlardagi raqamlar orqali qandaydir ramziy ma’nolarni bilib olish mumkin bo‘ladi. Shunga ko‘ra, bizningcha raqam yoki sonlar orqali kvantitativlikning turli madaniyatlardagi talqinini ko‘rar ekanmiz, uni asosiy uch qismga bo‘lib o‘rganilishi lozim, deb o‘ylaymiz: 1) diniy asosga ega bo‘lgan; 2) ramziy holatlarda; 3) ijtimoiy vaziyatlarda ifodalanishi. Diniy asosga ega bo‘lgan holatlarda ifodalanishida bir nechta raqamlarning xalqlar hayotida tu

Доказательный фрагмент

«В статье анализируется лингвокультурологическая интерпретация понятия количественности в разных культурах.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируется лингвокультурологическая интерпретация понятия количественности в разных культурах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
quantitativeness, linguocultural studies, numbers, cultural interpretation, lingvokulturologiya, raqamlar, madaniy talqin, kvantitativlik, uch soni.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники