К содержанию
РецензированоUZ2026

ABU BAKR AR-ROZIYNING KIMYOGA OID ASARLARI VA ULARNING SAQLANGAN NUSXALARI

SAQLANGAN NUSXALARI · Abdurahimov Javlonbek Bahodirjon oʻgʻli

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This thesis discusses the works of al-Razi on the history of chemistry, their number and names, the currently preserved books "Kitab al-madhal at-ta'limiy" (Introduction to the study of [alchemy]), "Kitab ash-shahohid" (Book of Witnesses), "Kitab al-asrar" (The Secret of Secrets) and "Kitab sir al-asrar" (The Book of Secrets), by whom they were studied, and the role of academician U.I. Karimov in the study of these works. It also discusses the contribution of al-Razi's works to the modern laboratory and chemistry. Keywords and phrases: Alchemy, ar-Razi, manuscript, Kitab al-asrar, Ruska, Stapleton, Twelve Books on the Art of Alchemy (twelve books), Göttingen, Escurial. Kirish. Sharqning buyuk qomusiy olim, tabib va alkimyogari Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy (865-925) o‘z hayoti va faoliyati ko‘plab asarlar yozib qoldirgan. Ar- Roziyning asarlari soni va ularning nomlanishi to‘g‘risida bir qancha qarashlar mavjud. Ular orasidan eng ishonchli ma’lumotlarni Ibn an-Nadim, Abu rayhon Beruniy, Ibn al-Qiftiy va Ibn Abu Usaybiya bergan. Ibn an-Nadim uning 115 ta kitobi va 30 ta risolalarining nomlarini sanab, ular qatoriga olimning 19 ta kimyoviy asarlarini ham kiritgan. Shu tariqa, Roziy asarlarining soni 164 taga boradi. Beruniy Roziyning barcha asarlarini fanlar bo‘yicha guruhlarga ajratadi. Tabobat bo‘limida 56 ta asari ro‘yxatga olingan, (hammasi bo‘lib beruniy 184 ta nomni keltirgan). Ibn al-Qiftiy roziyning 133 ta asari ro‘yxati bilan cheklangan. Eng keng ro‘yxat Ibn Abu Usaybiya tomonidan berilgan. Uning ro‘yxatda Roziy asarlarining soni 236 taga yetgan. Brokkelmanning aytishicha, ulardan faqat 61 tasi saqlanib qolgan. Asosiy qism. Yuliy Ruska Ibn an-Nadimning ‘‘Fixrist”, Beruniyning ‘‘Risola”, Ibn Abu Usaybiyaning ‘‘Tabiblar tarixi” va Roziy haqida nashr etilgan bir maqolasiga asoslanib, 69 Roziyning kimyoga oid 26 ta nomdan iborat asarlar ro‘yxatini tuzadi: 1. ‘‘Kitob al-madhal at-ta’limiy” – ([Alkimyoni] o‘rganishga kirish kitobi)”. 2. ‘‘Kitob al-mahdal al-burhoniy” – (‘‘Ishonchli kirish kitobi”). Ushbu asar yana ‘‘kitob ilal al-ma’odin” – ‘‘Minerallarning [hosil bo‘lishi] sabablari haqida kitob” nomi bilan ham ma’lum bo‘lgan. 3. ‘‘Kitob isbot as-san’a var-radd ala munkirixa” – (‘‘[Alkimyo] san’tini asoslash va uni inkor etuvchilarga raddiya berish”). 4. ‘‘Kitob al-hajar” – (‘‘Tosh haqidagi kitob”). 5. ‘‘Kitob at-tadbir” – (‘‘amal haiqdagi kitob”). 6. ‘‘Kitob al-iskir” – (‘‘Iskir haqidagi kitob”). 7. ‘‘Kitob sharaf as-sino‘a” – (‘‘[Alkimyo] san’tining sharafliligi haqida kitob”). 8. ‘‘Kitob at-tartib” – (‘‘[Ish] tartibi haqidagi kitob”). 9. ‘‘Kitob at-tadibir” – (‘‘Amallar haqidagi kitob”). 10.”Kitob ash-shavohid” – (‘‘“) – (‘‘ Shohidliklar kitobi”). 11. ‘‘Kitob al-muhan” – (‘‘Namunalar haqidagi kitob”). 12. ‘‘Kitob sirr al-hukamo va hiyalihim” – (‘‘Donishnamdlarning sirlari va ularning nayranglari haqida”). 13. ‘‘Kitob al-asror” – (‘‘Sirlar kitobi”). Beruniyda: ‘‘Kitob as-sirr” – (‘‘Sirlar kitobi”). 14. ‘‘Kitob sirr al-asror” – (‘‘Sirlar siri kitobi”). Beruniyda esa ‘‘Kitob sirr as-sirr” – (‘‘Sirlar siri kitobi”). 15. ‘‘Kitob at-tabvib” – (‘‘Boblarga bo‘lish kitobi”). 16. ‘‘Kitob ar-radd ala-l-Kindiy fi raddihi ala-s-sino‘a” – (‘‘Al-Kindiyning kimyo san’atini rad etishga nisbatan raddiya kitobi”). 17. ‘‘Kitob al-ahjor” – (‘‘Toshlar haqida kitob”). 18. ‘‘Kitob risolat al-xossa” – (‘‘Mutaxasisga noma kitobi”). 19. ‘‘kitob al-haraj al-asfar” – (‘‘Sariq toshlar haqida kitob”). 20. ‘Kitob risoil ul-muluk” – (‘‘Podshohlarga nomalar kitobi”). 21. ‘‘Kitoban fi-t-tajorib” – (‘‘Tajribalar haqida ikk kitob”). 22. ‘‘Risola ila Qoin” – (‘‘Qoinga noma”). 23. ‘‘Munyat al-mutamanniy” – (‘‘Istovchining istagi”). 24. ‘‘Risola ili-l-vazir al-Qosim ibn Ubaydulloh” – (‘‘Vazir al-Qosim ibn Ubaydullohga risola”). 25. ‘‘Kitob fi-r-radd ala Muhammad ibn al-Lays ar-Rasoiliy fi raddihi ala-l kimiyoiyyin” – (‘‘Muhammad ibn al-Lays ar-Rasoiliyning kimyogarlarni rad etishiga raddiya kitobi”). 26. ‘‘Kitob fi anna sino‘at al-kimyo aqrab ila-l-vijud al-mumtani”’ – (‘‘Alkimyo san’ati imkonsizlikdan ko‘ra, haqiqatga yaqinroqligi haqida kitob”)1. Yuqorida keltirilgan alkimyo yoki kimyoga oid asarlardan ar-Roziyning ancha sermahsul olim ekanligini bilish mumkin. Afsuski bu asarlarning ko‘pi bizgacha yetib kelmagan yoki hali topilmagan. Ulardan bizga 4 tasigina yetib kelgan. Ular “Kitob al-madhal at- ta’limiy”([Alkimyoni] o‘rganishga kirish kitobi), “Kitob ash-shavohid” (Shohidliklar kitobi), “Kitob al-asror”(“sirlar siri”) va “Kitob sir al-asror”(“Sirlar siri kitobi”) kitoblari. 1910-yili nashr qilingan Steplaton Azoning “Eramizning o‘n uchinchi asriga doir kompilyatsiyalar” 1 U.I.KARIMOV. AR-ROZIYNING NOMA’LUM “SIRLAR SIRI KITOBI”. – Toshkent, 2020. B. 52-54. 70 maqolasida Hindistonning Rampur viloyatidagi Navob kutubxonasida alkimyoga oid risolalarning yig‘ma jildi topilganligi haqida ma’lum qilingan. Ushbu yig‘ma jild orasida ar- Roziyning “Kitob al-madhal at-ta’limiy” va “Kitob ash-shavohid” asarlarining noyob qo‘lyozmalari, “

Доказательный фрагмент

«This thesis discusses the works of al-Razi on the history of chemistry, their number and names, the currently preserved books "Kitab al-madhal at-ta'limiy" (Introduction to the study of [alchemy]), "Kitab ash-shahohid…»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis discusses the works of al-Razi on the history of chemistry, their number and names, the currently preserved books "Kitab al-madhal at-ta'limiy" (Introduction to the study of [alchemy]), "Kitab ash-shahohid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and phrases: Alchemy, ar-Razi, manuscript, Kitab al-asrar, Ruska, Stapleton, ar-Roziy, Eskurial., Steplton, Kitob al-asror, Gettingen, Alkimyo san’ati bo‘yicha o‘n ikki kitob (o‘n ikki kitob), Alkimyo, qo‘lyozma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники