К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK BADIIY MATNIDAGI MUALLIF MUSHOHADASIGA SEMANTIK-STILISTIK NAZAR

SEMANTIK-STILISTIK NAZAR · Xamroyeva Shaxzoda Ikromovna

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 56 · 183–206 · 2026

Аннотация

XX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikka antroposentrik yondashuv asosida kognitiv tilshunoslik vujudga keldi shu bilan birga matn ortidagi muallif mushohasining kognitiv talqiniga oid ilmiy izlanishlar ko‘zga tashlandi. O‘zbek tili badiiy asarlarining tahlili jarayonida ham voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatmaydigan, muallifning falsafiy fikrlarini ifoda etadigan, asarning mohiyatiga chuqur kirishga yordam beradigan – muallif mushohadalari tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: diskurs, muallif mushohadasi, stilik vositalar, semantik ifodalar. Ma’lumki, matnni talqin qilish filologiyaning bir sohasi hisoblanadi. Ushbu tahlil stilistika, matn tilshunosligi, adabiyot nazariyasi, falsafa va germenevtika singari bir qancha yondosh fanlarga asoslanib olib boriladi. Matnni talqin qilish orqali badiiy asar konseptiga kirib borish, muallifning lisoniy olam manzarasini va o'quvchiga hissiy ta’sirini anglash mumkin bo’ladi. Badiiy matnning syujetdan tashqari elementlari, xususan, muallif mushohadasi aks etgan qismlar ham yaxlit matn singari semantik-stilistik xususiyatlarga degan fikrni ilgari suramiz. O‘zbek tili badiiy asarlarining tahlili jarayonida ham voqealar rivojiga ta’sir ko‘rsatmaydigan, muallifning falsafiy fikrlarini ifoda etadigan, asarning mohiyatiga chuqur kirishga yordam beradigan – muallif mushohadalaridan keng foydalanilganini guvohi bo‘ldik. Yuqorida ta’kidlanganidek, muallif mushohadasi matnga “kiritilgan matn” bo‘lib, unda ham badiiy matnning boshqa qismlari singari turli semantik-stilistik vositalar mavjudligini ko‘rish mumkin. Quyida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Bahor qaytmaydi” asarida keltirilgan muallif mushohadalarini tahlil qilamiz: “Quyosh baxtidan entikkanlarga ham, g’amidan bag’ri qon bo’lganlarga ham baravar nur sochaverar ekan.”1 Olingan fragmentda, quyoshga insonga xos xususiyatni berish orqali jonlantirish/personification - Quyosh ... nur sochaverar ekan, biriktiruv bog‘lovchisi “ham” orqali matnga ritm berib o‘xshash strukturalar orqali sintaktik parallelizm - baxtidan entikkanlarga ham, g‘amidan bag‘ri qon bo‘lganlarga ham, antonomik so‘zlar qatori bilan antiteza - baxtidan entikkanlar, g‘amidan bag‘ri qon bo‘lganlar, shuningdek, ruhiy azobni jismoniy qiyinchilikka o‘xshatib metafora - g‘amidan bag‘ri qon bo‘lganlar, singari stilistik vositalaridan foydalanilgan. Bu esa bilvosita asar qahramoni Muqaddamning baxtiyorlik onlari ketidan kelgan taqdir zarbasi, turmush chorrahalaridagi murakkab vaziyatiga ishora qiladi, kitobxon uni to‘la to‘kis his etishiga sharoit yaratadi. “Toshkent! Odamlarning baxtini qanchalik bag‘rikenglik, saxiylik bilan ko‘ksiga sig‘dirsa, 1 O’.Hoshimov.Bahor qaytmaydi. 2005 Sharqa nashriyoti Toshkent 83- bet. 74 baxtsizligini ham shunchalik bag‘rikenglik, beparvolik bilan qarshilaydi!”2 Parchada shahar asar voqealari ro‘y bergan, qahramonlar yaxshi-yomon kunlarining shohidi bo‘lgan joy sifatida kuchli his-hayajon bilan tilga olingan. Ko‘rinib turibdiki, muallif yana kontrast ifodadan antiteza - “baxt”, “baxtsizlik”, “bag’rikenglik”, “beparvolik” insonlar taqdirida baxt va baxtsizliklarning birday mavjud bo’lishi, “Toshkent” joy nomiga nisbatan “ko’ksiga sig’diradi”, “qarshilaydi” singari fe’llarni qo’llab, jonlantirish stilistik vositasidan foydalanilgani mazmunni chuqur, ifodani sezilarli darajada ta’sirli qilgan. “Bahor qaytmaydi” qissasiga yana quyidagi parchani kiritilganki, dastlab ushbu parchaning syujet bilan qanday bog‘liqligi borligini anglamagan kitobxon asarni o‘qish jarayonida mushodani keltirishning maqsadi nima ekanligi teran anglab yetadi: “Goho zarurat sabab, eski lash-lushlar bilan to’lib ketgan hujrani titkilab qolsangiz, zanglab yotgan pishoqchangizmi, jiyagi titilib ketgan do’ppingizmi topilib qoladi. Shunda allaqachon yillarning gardi bosib, tusini yo’qotgan xotiralar to’satdan yarq etadi-yu, tag’in alangalanib ketadi, yuragingizni o’t bo’lib yondirib yuboradi. Bir vaqtlar o’sha pichoqchada toldan hushtak yasaganingiz, o’sha do’ppiga qattiq non solib, ariq bo’yida oqizoq qilib yeganlaringiz yodingizga tushadi. Kechmish yillaringiz, o’sha tongday musaffo yillaringiz hozirgi kuningizga qaraganda ancha beg’ubor, ancha pok bo’lganini ayanchli bir haqiqatday tan olishga majbur bo’lasiz”3 olingan muallif mushohadasi asar qahramoni uzoq yillardan keyin bolalikdagi do’stining hovlisiga kelib, anchadan buyon xotirlamagan yoshlikdagi beg’ubor onlari birdan ko‘z o‘ngida jonlanishi aks etadi. Jumladan, “hujra”, “jiyak” arxaizmlari (eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan so‘zlar) o‘tmish bilan bog‘liq jarayon-hodisaga ishora qilsa, ikkinchi gapda “yillarning gardi bosib, tusini yo‘qotgan xotiralar to’satdan yarq etadi-yu, tag’in alangalanib ketadi, yuragingizni o’t bo’lib yondirib yuboradi.” frazalarida xotiralarga “gard bosishi”, “tusini yo’qotishi”, “yarq etishi”, “alangalanib ketishi”, “yondirishi” singari xususiyat berilib, jonlantirish san’atidan, “tongday musaffo” iborasida o’xshatish stilistik vositasi yoshlikdagi beg’ubor davrlarni ifoda

Доказательный фрагмент

«XX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikka antroposentrik yondashuv asosida kognitiv tilshunoslik vujudga keldi shu bilan birga matn ortidagi muallif mushohasining kognitiv talqiniga oid ilmiy izlanishlar ko‘zga tashl…»

Образец извлечения

Демо-превью

XX asrning ikkinchi yarmida tilshunoslikka antroposentrik yondashuv asosida kognitiv tilshunoslik vujudga keldi shu bilan birga matn ortidagi muallif mushohasining kognitiv talqiniga oid ilmiy izlanishlar ko‘zga tashl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muallif mushohadasi, diskurs, semantik ifodalar., stilik vositalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники