К содержанию
РецензированоUZ1987

SIDNI SHELDONNING “TAQDIR TEGIRMONI” ASARIDA QO‘LLANGAN FRAZEOLOGIK BIRIKMALAR VA TERMINLARNING RUS VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TARJIMASINING QIYOSIY TAHLILI HAQIDA MULOHAZALAR

Sarvar Sog‘lomov

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1987

Аннотация

Maqolada Sidni Sheldonning 1987 yilda yozilgan 1988 yilda roman asosida aynan shu nomda film suratga olingan “Taqdir tegirmoni” (Windmills of the gods) romani tahlilga tortilgan. Asarda Kanzas shtat universiteti professori Meri Eshliga AQSH prezidenti Pol Ellison tomonidan elchi bo‘lish taklif qilinadi. U taklifni rad etadi, chunki uning eri, doktor Edvard Eshli tibbiy faoliyatni tark etishni istamaydi, Meri esa Edwarddan ajralishni xohlamaydi. Uning fikricha, Kanzas shtatidagi kichik shaharchada chet eldagi elchidan ko‘ra yaxshi shifokor topish qiyinroq. Eri to‘satdan yo‘l-transport hodisasida vafot etganida, Eshli hayotidagi bo‘shliqni to‘ldirish uchun Prezidentning taklifini qabul qiladi. U Ruminiyaga, Temir Parda ortida yuboriladi va elchi roliga moslashadi. Kalit so‘zlar. Sidni Sheldon, “Taqdir tegirmoni”, frazeologik birikmalar, terminlar, tarjima. U elchixonada o‘zidan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan Mayk Sleydni bir zumda yomon ko‘rib qoladi, lekin uning tayinlanishi prezidentning buyrug‘i bo‘lgani uchun uni lavozimidan bo‘shata olmaydi. Uning elchi sifatidagi muvaffaqiyati uni Qo‘shma Shtatlar va Ruminiya o‘rtasidagi tushunish uchun jamoatchilik yuziga aylantiradi. U beva qolgan frantsuz shifokori Lui Desforj bilan munosabatlarni boshlaydi, chunki Lui Desforj uni o‘g‘irlab ketish va zaharlash urinishlaridan qutqaradi. Ma’lum muddatdan keyin Desforj Mayk Sleyd tomonidan o‘ldiriladi. Ushbu hikoya qamrab olgan romanda butun dunyoni Sharqiy va G‘arbiy bloklarga ajratishga urinayotgan, siyosiy voqealarni uyushtiruvchi, kuchli odamlardan iborat yashirin jamiyat – “Ozodlik kurashchilari” a’zolarining yig‘ilishlari ko‘rsatilgan. Ular Merini mahv etish uchun Anxel (Farishta) laqabli xalqaro qotilni yollashadi, ammo ma’lumotlar sizdiriladi va urinishning oldi olinadi. Romanning avj nuqtasida Mayk Sleyd “Ozodlik kurashchilari” tashkiloti a’zolari safiga kirib borgan va ularning rejalarini barbod qilgan agent ekani, Desforj esa Merini Anxel tomonidan omma oldida o‘ldirishi uchun qutqarib qolgan “Ozodlik kurashchilari” tashkilotining agenti ekanligi ma’lum bo‘ladi. “Ozodlik kurashchilari” tashkilotining a’zolari hibsga olindi va ularning raisi (AQSH vitse-prezidenti ekanligi ma’lum bo‘ldi) muvaffaqiyatsiz suiqasd uchun pul to‘lashdan bosh tortganidan keyin Anxel tomonidan o‘ldiriladi. Ushbu tahdid bartaraf etilgach, Meri o‘z muvaffaqiyati siyosiy vosita sifatida foydalanish uchun yaratilgan deb hisoblab, o‘z lavozimini tark etishga harakat qiladi, ammo prezident uni Sleyd himoyasi ostida o‘z lavozimida qolishga ishontiradi. Oxirgi sahnada “Ozodlik kurashchilari” tashkiloti faqat ayollardan tashkil topgan yana bir yacheykasi (ehtimol, o‘lgan Veyepning bevasi boshchiligidagi) keyingi harakatlarini muhokama qilayotgani ko‘rsatilgan. Qisqacha qilib aytganda, Sidni Sheldonning ushbu romani tarixning eng chirsillagan, eng katta evrilishlar sodir bo‘layotgan 80-yillarning o‘rtalaridagi davrni ikkita mamlakat, AQSH va Ruminiya davlatlarining siyosiy aloqalarini aks ettirish orqali tasvirlaydi. Nega bu davr tarixning eng chirsillagan davri edi? Chunki bu davrda Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘zlari istamagan holda sotsialistik ta’sirga tushirilgan ba’zi g‘arb davlatlari, xususan Ruminiya ham 76 sotsialistik zanjirlardan xalos bo‘lishga urinayotgan vaqtlar edi. Bu vaqtga kelib “Temir Parda” ortidagi mamlakatlar yoki “Sotsialistik lager” deb atalgan ulkan hududni qamrab olgan, kommunistik g‘oyalar asosiga qurilgan davlatlarning yangicha fikrlovchi rahbarlari va xalqi kommunistik zanjirlarni uzib, erkin demokratik davlat qurib dunyoga chiqishga bel bog‘layotgan edilar. Ushbu ilmiy tadqiqot ishining asosiy maqsadi Sheldonning “Windmills of the gods” (Taqdir tegirmoni) asarining rus va o‘zbek tillariga qilingan tarjimasini tahlil qilish, asliyatda qo‘llangan frazeologik birliklarning rus va o‘zbek tillarida qanday ifodalanganligini qiyosiy o‘rganishdan iborat. Asarda tili juda boy. Asarda ko‘plab idiomalar, kollokatsiyalar, siyosiy terminlar, toponimlar va turli xil stilistik uslublar (metoforalar, metonimiyalar, va hok.) qo‘llangan. Misollarga murojaat qilamiz: 1. Asliyatga qo‘llangan idomalarning rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalarda qiyosiy o‘rganilishi: “They found a new white knight to champion: Paul Ellison” [1:14]. “И нашли для этой миссии рыцаря в белых одеждах: Пола Эллисона” [2:11]. “Aniqrog‘i, ular o‘zlari uchun yangi, kelajagi porloq nomzod sifatida Pol Ellisonni tanlagan edilar” [3:145]. Asliyatdagi matnda berilgan “white knight” jumlasini “oq jo‘mard” deb tarjima qilinsa hech qanday ma’no anglanmaydi. Ingliz adabiyotida “white knight” (oq jo‘mard) iborasi quyma mifologik obraz hisoblanadi va “black knight” (qora jo‘mard) ga kontrast qilib olinadi. “White knight” (oq jo‘mard) o‘rta asrlar adabiyotida darbadar jo‘mard bo‘lib, ezgulik timsoli hisoblanib yovuzlikka qarshi kurashadi va muhtojlarga yordam berib yuradi. “Black knight” (qora jo‘mard) esa uning aksi. U yovuzlik timsoli. Bu jumladagi ma’noda asosiy ro

Доказательный фрагмент

«Maqolada Sidni Sheldonning 1987 yilda yozilgan 1988 yilda roman asosida aynan shu nomda film suratga olingan “Taqdir tegirmoni” (Windmills of the gods) romani tahlilga tortilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada Sidni Sheldonning 1987 yilda yozilgan 1988 yilda roman asosida aynan shu nomda film suratga olingan “Taqdir tegirmoni” (Windmills of the gods) romani tahlilga tortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarjima., terminlar, “Taqdir tegirmoni”, frazeologik birikmalar, Sidni Sheldon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3