Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
SODDA GAPLARNING AJRATILGAN BO‘LAKLAR VOSITASIDA SHAKLIY-MAZMUNIY MURAKKABLASHUVI
MAZMUNIY MURAKKABLASHUVI · Nurillayeva Shoxsanam Anvarovna
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Простые предложения - это как по содержанию, так и по форме сложные предложения, которые усложняются различными способами. В этой статье будут проанализированы особенности осложнённо- простых предложений, осложненных с помощью обособленные части речи. Ключевые слова: осложнённое предложение, формальная сложность, содержательная сложность, обособленное обстоятельство, обособленное дополнение, ударение в предложении . O‘zbek tilshunosligida murakkablashgan sodda gaplar masalasini ilk bor G’.Abdurahmonov ilmiy yoritib bergan. Ajratilgan bo‘laklar, undalmalar va kirishlar ishtirok etgan sodda gaplar murakkablashgan sodda gaplar sifatida o‘rganildi. Olim ajratilgan fe’lli o‘ramlar, maxsus ko‘makchili qurilmalar, ajratilgan sifatlovchilar va izohlarni gapning ajratilgan bo‘laklariga kiritgan. Rus tadqiqotchisi N.Patroyeva ajratilgan bo‘laklar va o‘xshatishli qurilmalar shakliy-mazmuniy murakkablashuvga xizmat qilishini qayd etadi. Ajratilgan bo‘lakli murakkablashgan sodda gaplarda gap urg’usi ajratilgan bo‘lakka tushadi. Gap tarkibidagi barcha bo‘laklar ajratilishi mumkin. Ham vositasiz, ham vositali to‘ldiruvchilar ajratilgan bo‘lak vazifasida kela oladi. Quyidagi gapdagi ajratilgan bo‘lak vositasiz to‘ldiruvchini izohlab kelganligi bois ajratilgan to‘ldiruvchi hisoblanadi. Eng kattasini, ko‘k ranglisini ot ninachi deymiz. Isajon Sulton.Onaizorim.Qissa.4-b. Ushbu gapda eng katta ninachini ot ninachi deb nomlaganliklari haqidagi ma’lumot dastlabki axborot hisoblansa, uning ko‘k rangda ekanligi belgiga yanada aniqlik kiritib, qo’shimcha axborot berishga xizmat qilgan. Quyidagi ajratilgan to‘ldiruvchilar (To‘rtko‘z bilan Zulukka) belgisiz qo‘llangan vositali to‘ldiruvchi (qolgan itlar(ga)ni aniqlab, izohlab kelgan. Gapdan anglashiladigan dastlabki axborot “qolgan itlarga suruvni yonlab yurishgina qolishi” bo‘lsa, o’sha itlarning To‘rtko‘z hamda Zuluk deb nomlanishi qo‘shimcha yangi ma’lumotni ifodalagan: Qolgan itlar – To‘rtko‘z bilan Zulukka suruvni yonlab yurishgina qolardi. Normurod Norqobilov. Adadsiz azob. Qissa. 148-b. Quyidagi gapda ajratilgan bo‘laklar(ertalab uyg’onish-u kechqurun boshni bolishga qo‘yish) belgisiz qo‘llangan qaratqich aniqlovchi(tirik yurishning)ni izohlab kelgan. Bunda 80 ajratilgan bo‘laklar gapning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklab, uni ham shaklan, ham mazmunan murakkablashtirganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Axir, faqat ishq tuyg’usigina tiriklikni, tirik yurish – ertalab uyg’onish-u kechqurun boshni bolishga qo‘yish zahmatini oqlaydi. Ulug’bek Hamdam. Sabo va Samandar.Roman.Toshkent. “O‘zbekiston”. 2011-y.6-b. Asosan, o‘rin va payt holi ajratilgan hol vazifasida kela oladi. Ra’no o‘sha daraxtzorning boshlanish joyida, oy yorug‘i chang kabi yog‘dulangan ingichka so‘qmoq boshida turganmish. Isajon Sulton.Onaizorim. Qissa.56-b Ushbu gapdagi ajratilgan bo‘lak (oy yorug’i chang kabi yog’dulangan ingichka so‘qmoq boshida) o‘rin holi(daraxtzorning boshlanish joyida)ni aniqlash, izohlashga xizmat qilgani uchun ajratilgan hol sifatida tahlil qilinadi. Gapda berilayotgan asosiy ma’lumot Ra’noning daraxtzorning boshlanish joyida turganligi bo‘lsa, oy yorug’i chang kabi yog’dulangan ingichka so‘qmoq boshi daraxtzorning boshlanishi ekanligi qo‘shimcha yangi ma’lumot berishga xizmat qilgan hamda sodda gapning shakliy- mazmuniy murakkablashuvini ta’minlagan. Ajratilgan bo‘lakni ergashtirib kelgan bo‘lak gapda qanday sintaktik vazifani bajarsa, ajratilgan bo‘lak ham shunday vazifada keladi. Quyidagi gapda mantiqiy urg’uning ajratilgan kesimga tushganligi ta’kid ma’nosini kuchaytirishga xizmat qilgan: Ehtimol, javob aynan shu yerda – sukutdadir, muttasil javobsizlikdadir. Ulug’bek Hamdam. Sabo va Samandar. Roman. Toshkent. “O‘zbekiston”. 2011-y.5-b. Ushbu gapda kesim vazifasidagi o’rin ravishi( shu yerda)ning ma’nosini uyushiq holdagi ajratilgan bo‘lak (sukutdadir, muttasil javobsizlikdadir) izohlab kelgan. Quyidagi gapda ham uyushiq holdagi ajratilgan kesim gapdan anglashilgan asosiy mazmun – muallif tan olayotgan dardning qanday dard ekanligiga aniqlik kiritishga xizmat qilgan: Bu yog’i endi eski dard – tanballik, hafsalasizlik. Erkin A’zam.Chapaklar va chalpaklar mamlakati. Qissa.5-b. Anovi orolliklar-u manovi olazarak bashang zanjidan boshqa yana ikki kishigina qolgan: men-u tovarish Baxtiyor. Erkin A’zam.Chapaklar va chalpaklar mamlakati. Qissa. 2-b. O‘zbekiston bayrog’ining o‘sha kezlarda endigina chiqqan mitti tasviri – значок. Erkin A’zam.Chapaklar va chalpaklar mamlakati. Qissa. 1-b. Bu yerda ham o‘zlarini shunday tutishadi – ozod, erkin. Erkin A’zam.Chapaklar va chalpaklar mamlakati. Qissa. 2-b. Ajratilgan ega – eganing soyasi o‘laroq, u ifodalagan so‘zlovchi uchun biroz noaniq bo‘lgan ma’lumotni aniqlashtirish uchun xizmat qiladi. Quyidagi murakkablashgan sodda gapda ifodalangan asosiy axborot so‘zlovchi aytayotgan manzilda “anovi orolliklar-u manovi olazarak bashing zanjidan boshqa yana ikki kishigina qolgan”ligi haqida bo‘lsa, ajratilgan bo‘lak o‘sha ikki kishining kim ekanligini aniqlab
Доказательный фрагмент
«Простые предложения - это как по содержанию, так и по форме сложные предложения, которые усложняются различными способами.»
Образец извлечения
Демо-превьюПростые предложения - это как по содержанию, так и по форме сложные предложения, которые усложняются различными способами. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- осложнённое предложение, формальная сложность, shakliy murakkablashuv, mazmuniy murakkablashuv, gap urg’usi., ajratilgan izohlovchi, ajratilgan hol, murakkablashgan gap
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026