Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
MILLIY TARIX VA MADANIYAT – SHAXS MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRUVCHI ASOSIY OMIL SIFATIDA
Eshniyazova Maysara · Qilichova Shohsanam (ISFT instituti Samarqand filiali ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi)
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
ushbu maqolada milliy tarix va madaniyatning shaxs ma’naviyatini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi, mavuga oid qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tarixni o‘rganish borasida mavjud imkoniyatlar hamda tavsiyalar haqida so‘z boradi. Kalit so‘z va birikmalar: tarix, millat ma’naviyati, qadriyat, ta’lim. Har bir yosh avlod o‘zi mansub millatning, davlatning munosib vorisi bo‘lib yetishishi lozim. O‘zbek xalqi kelajak egalarini kamol toptirishda o‘ziga xos tarix va tajribaga, boy madaniy-ma’naviy meros va cheksiz imkoniyatlarga, zamonaviy shart-sharoitlarga ega bo‘lgan jamiyatda istiqomat qiladi. Shundan foydalangan holda farzandlarga yoshligidan milliy tariximizni, qadriyatlarimizni o‘rgatib borishimiz kerak. Milliy tariximizning shakllanishi oson kechmagan. Ayniqsa, mustaqillikka erishishimiz bilan mamlakatimiz ma’naviy hayotida yangi uyg‘onish, o‘zlikni anglash davri boshlandi. Yurtimizda milliy tariximizni tiklash, asrlar qatidagi asl haqiqatlarni chuqurroq anglashimiz uchun juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Jumladan, qator muzeylar, tarixiy bog‘lar va xotira maydonlari barpo etildi, ajdodlar qudrati timsoli bo‘lgan obidalar, qadamjolar qayta ta’mirlandi, haykallari o‘rnatildi, manbalar xolisona yoritildi. Afsuski, hozirgi kunda milliy tariximizni bilmaydigan yoshlarimiz ham oramizda uchrab turadi. Milliy tariximiz, madaniyatimizga yoshlarning qiziqishlarini uyg‘otish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Vatan va xalq tarixini o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning O‘zbekistonning eng yangi tarixini zamonaviy tarzda o‘rganishning nazariy- metodologik asoslarini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” (1998), “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” (2008), “O‘zbekiston mustaqillikka enshish ostonasida” (2011) kabi asarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning Farmon va qarorlari, qator asarlari, maqola va nutqlari, qabul qilingan Qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim nazariy-metodologik asos sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-4038-son qarori, 2019-yil 11-iyuldagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalini tashkil etish chora- tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4390 Qarori, shubhasiz, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o‘rganish, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning bebaho merosi asosida tarbiyalash, jamiyatda vatanparvarlik va g‘urur tuyg‘usini shakllantirish asosida milliy o‘zlikni anglash hissini mustahkamlash va vatandoshlarimiz dunyoqarashini kengaytirish nechog‘li ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib bermoqda. Xususan, yoshlarimizga tarixni o‘rgatish maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlanishi, maxsus Tarix fani sifatida esa 5-sinfdan boshlab to oliy ta’lim muassasalrida ham o‘qitish davom ettirilishi, shuningdek tarix yo‘nalishida “O‘zbekiston tarixi”, “Sharqshunoslik”, “Meros”, “Moziydan sado”, “O‘zbekiston 98 arxeologiyasi”, “O‘zbekiston moddiy madaniyati tarixi”, “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar”, “O‘zbekiston eng yangi tarixining dolzarb masalalari” va boshqa bir qator doimiy ilmiy nashrlar yo‘lga qo‘yilganligi milliy tariximiz va madaniyatimizni o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lamini belgilab beradi. “Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur”, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Zero, milliy taraqqiyotni ta’minlashda tarixiy madaniyatning, milliy ma’naviyatning o‘rni beqiyos. Milliy ma’naviyatning shakllanish bosqichlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) shaxs ma’naviyati; 2) milliy ma’naviyat; 3) mintaqaviy ma’naviyat; 4) umuminsoniy ma’naviyat. Shaxs ma’naviyati har bir shaxsga tegishli bo‘lib, uning ruhiy holati va xatti-harakatlarini namoyon qilsa, milliy ma’naviyat muayyan millatimizga tegishli bo‘lgan ajdodlarga xos g‘oyat qimmatbaho ma’naviy tushuncha hisoblanadi. Mintaqaviy ma’naviyat – muayyan mintaqaga, millatga, umuminsoniy ma’naviyat esa butun insoniyatga tegishli bo‘lgan axloqiy ma’naviy boylikdir. Shaxs ma’naviyati - har bir odamning o‘zini insoniyat farzandi, millat vakilli, davlat fuqarosi deb bilishidir, shu bilan birga o‘z vatanining jamiyki boyliklarini asrash, jamiyat a’zolarining huquq va erkinliklarini hurmat qilish, iymon-e’tiqod, sadoqat, halollik, dovyuraklik, fidoiylik va aqliy teranlik bilan faoliyat olib borishidir. Shaxs ma’naviyati deganda uzoq tarix davomida turli sinovlardan o‘tgan, sayqal topib kelayotgan va faqat ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar nazarda tutiladi. Bu tushuncha xalqimizning shonli tarixi, benazir o‘tmishi, turmush tarzi, urf-odatlari hamda an’analariga, uning boy og‘zaki va yozma ijodi, mumto
Доказательный фрагмент
«ushbu maqolada milliy tarix va madaniyatning shaxs ma’naviyatini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi, mavuga oid qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tarixni o‘rganish borasida mavjud imkoniyatlar hamda tavsiy…»
Образец извлечения
Демо-превьюushbu maqolada milliy tarix va madaniyatning shaxs ma’naviyatini shakllantiruvchi asosiy omil ekanligi, mavuga oid qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, tarixni o‘rganish borasida mavjud imkoniyatlar hamda tavsiy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tarix, millat ma’naviyati, qadriyat, ta’lim.
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021