К содержанию
РецензированоUZ2025

TILSHUNOSLIK MASALALARIDA METONIMIK KO‘CHIM VA UNING KO‘RINISHLARI

Abdurahmanova Asila Alisherovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

In the article, the metonymic movement and its manifestations in the lyric image and expression are studied on the example of the works of Askar Mahkam and Nodira Afokova, the individuality of this phenomenon in poetry is scientifically and theoretically justified. Key words: lexical meaning, semantic regularity, metaphorical thinking, metaphor, metaphormetonymy, metonymysynecdoche, irony, metaphor. МЕТОНИМИЧЕСКИЙ ПЕРЕНОС И ЕГО ПРОЯВЛЕНИЯ В ЛИНГВИСТИКЕ Аннотация. В статье изучается метонимический перенос и его проявления в лирической образности и экспрессии на примере творчества Аскара Махкама и Нодиры Афоковой, научно и теоретически обосновывается своеобразие этого явления в поэзии. Ключевые слова: лексическое значение, семантическая закономерность, метафорическое мышление, аллегория, метафора-метонимия, метонимия-некдот, ирония, сравнение. Har qanday so‘zning lug‘aviy ma’nosi biror belgi, harakat, xususiyatning boshqa xuddi shunday xususiyatga ega bo‘lgan ob’ektga ko‘chirilishi natijasida kengayib boradi va rivojlanadi. Ma’no ko‘chishining bunday rivojlanishini belgilab beradigan har bir tilning o‘zidagi semantik qonuniyatlar bevositi badiiy ijod bilan bog‘liq. Metonimiya (yunoncha metonymia — “qayta nomlash”) yuli bilan ma’no ko‘chishidabir belgi, harakatning nomi boshqa bir o‘xshashlik asosida emas, o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlikka asoslanadi. Metafora, metonimiya, sinekdoxa va vazifadoshlikdan tashqari, ma’no ko‘chishining qorishiq holda qo‘llanishi ham kuzatiladi. Bu hodisa metonimiyaga ham tegishli: metafora-metonimiya, metonimiya-sinekdoxa tarzida 6 35 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ uchraydigan ko‘chimlar og‘zaki nutqda ham, badiiy adabiyotda ham ko‘p uchraydi. “Adabiyotshunoslik lug‘ati”ida “badiiy adabiyotda, ayniqsa, metaforik tafakkur etakchilik qilayotgan zamonaviy adabiyotda meionimiya metaforaga nisbatan kam uchraydi, zero estetik funkstiyadorligi jihatidan u metaforadan quyiroq turadi. Shunday bo‘lsa-da, badiiy matnda metafora bilan yondosh qo‘llangan holda u katta badiiy samara beradi, fikrni lo‘nda va ta’sirli ifodaashga xizmat qiladi”[1;172] “Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati”da metonimiya –“ ikki tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka asoslangan ko‘chma ifoda” [2;98], deyilgan bo‘lsa, boshqa bir adabiyotshunoslik lug‘atida esa quyidagicha ta’rif berilgan: “ikki tushuncha o‘rtasidagi yaqinlikka asolangan o‘xshashsiz ko‘chim. Metonimiyada biror narsa yoki voqeahodisaning nomi boshqasiga ko‘chiriladi, u boshqa nom bilan ifodalanadi, biroq bu nomlash predmet yoki narsalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka emas, balki ular o‘rtasidagi yaqinlikka, aloqadorlikka asoslanadi. Mana shu jihati bilan metonimiya istioradan farq qiladi”[3;364]. Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqib, metonimiya haqidagi tushunchalarni ummlashtirsak, quyidagi to‘xtamga kelamiz. Demak, metonimiya – ma’no ko‘chishi, ya’ni majozning bir turi bo‘lib, u 178 ikki narsa, voqea-hodisa o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi, biroq ular o‘rtasida shakl, mazmun jihatidan o‘xshashlik, yaqinlik umuman kuzatilmaydi. Masalan, ko‘k (osmon, ko‘kat, rang, pul birligi (dollor). Xoh shoir bo‘lsin, xoh nosir bo‘lsin, hech kim metonimiyadan ham, perifrazadan ham bosh tortmagan va bunday adabiy priyom (usul)lar orasida juda qadimdan ma’lumlari to hozirgacha ham uchrab turadi, ular Avgust davri (XVII asr oxiri XVIII asr o‘rtalari)dayoq shoirlarga oddiy va siyqa tuyulgan. Ular bilan bir qatorda esa yana yangilari ham yuzaga keladi va ular kelajakda davrimizning adabiy g‘alatiliklari haqidagi asarlarning sahifalarini bezashi shubhasiz, deb yozadi Yan Parandovskiy[4;148]. Uning fikriga ko‘ra, metonimiya, perifraza, xuddi istiora kabi ijtimoiy tuzum, hukmron mafkura qanday bo‘lishiga qaramay barcha asrlar poeziyasiga xos mushtaraklik mavjud, metonimiya insonni fikrlay boshlagan davrlardayoq tug‘ilgan. Metonimiya kinoya sifatida talqin qilinar ekan, bu uning ibtidoiy xalqlar madaniyatida etuk tamaddunlardagiga qaraganda ham ko‘proq tarqalganligini ko‘rsatadi. Chunki istioralar, kinoya, qochirimlar panasida tilga olish lozim bo‘lmagan so‘zlar yashiringan bo‘lib, ular ifodalagan tushunchalar esa parda ostiga olingan va tanib bo‘lmas darajada niqoblangan. Odamlar yovvoyi hayvonlarning, tabiatdagi dahshatli hodisalarning, kasalliklar va o‘limning nomini tilga olishdan saqlanishgan. Ba’zi bir qabilalarda shunga o‘xshash urf-odatlar to hozirga qadar saqlanib qolgan, jumladan, qabila boshlig‘iga taalluqli bo‘lgan barcha narsalarni ochiq-oydin aytish mumkin emas va shama, ishoralardagi topqirlik, ijodkorlik goho brauningcha chigallik darajasigacha etib boradi[4;149] 6 36 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Majoz she’riy nutqni boyitadi, shoirning tasvir ob’ektiga munosabatini ifodalashga imkon beradi. O‘xshatish, sifatlash, metafara (istiora), jonlantirish ham majoz turlariga

Доказательный фрагмент

«In the article, the metonymic movement and its manifestations in the lyric image and expression are studied on the example of the works of Askar Mahkam and Nodira Afokova, the individuality of this phenomenon in poetr…»

Образец извлечения

Демо-превью

In the article, the metonymic movement and its manifestations in the lyric image and expression are studied on the example of the works of Askar Mahkam and Nodira Afokova, the individuality of this phenomenon in poetr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lexical meaning, semantic regularity, metaphorical thinking, metaphor, metaforik tafakkur, lug‘aviy ma’no, metaforametonimiya, istiora, metonimiyasinekdoxa, kinoya, majoz., semantik qonuniyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники