К содержанию
РецензированоEN2025

MAQOLLAR XALQ PAREMALARINING TARKIBIY QISMI SIFATIDA

Karimova Gulsanam Bahodirovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

The article discusses the educational properties of proverbs, which are considered examples of folk oral creativity, the role of folk proverbs in the spiritual and harmonious development of schoolchildren. The linguistic and cultural characteristics of proverbs are also described, and proverbs are analyzed as a unit that reflects the spiritual, historical, and national identity of each nation. Keywords: proverbs, folk proverbs, paremiological units, aphorisms, proverbs, sayings, proverbs. ПОСЛОВИЦЫ КАК СОСТАВНАЯ ЧАСТЬ НАРОДНОГО ПЕСНОПОВЕДАНИЯ Аннотация. В статье рассматриваются воспитательные свойства пословиц, которые являются образцами народного устного творчества, а также роль народных пословиц в духовном и гармоничном развитии школьников. Описываются также лингвистические и культурные особенности пословиц, пословицы анализируются как единое целое, отражающее духовную, историческую и национальную идентичность каждого народа. Ключевые слова: пословицы, народные паремии, паремиологические единицы, афоризмы, поговорки, пословицы, идиомы. Xalqimiz boy ma’naviy me’rosining ajralmas bir bo‘lagi sifatida yashab kelayotgan maqol, matal va iboralarni o‘rganish, ularda aks etgan xalq hayotini, insoniy tuyg‘ular tasvirini ko‘rsatish har doim dolzarblik kasb etib kelgan. 6 01 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘zbek xalq maqollari, matallari va iboralarini maktab darsliklarida o‘rganish, ularni chuqur tahlil qilish, o‘quvchiga asl mazmun-mohiyatini yetkazib berish bugungi kunda ilm ahlining oldida turgan muhim masalalardan biridir. Maqol xalq og‘zaki ijodining ixcham shaklga, ammo chuqur mazmunga ega bo‘lgan janrlaridan biri bo‘lib, u xalqning ko‘p asrlik hayotiy kuzatishalri, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari asosida vujudga kelgan. Shu sababli ham maqollar o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir maqol kishilarning uzoq yillar mobaynidagi hayotiy tajribalari hamda turmush sharoitlarida necha martalab sinovdan o‘tadi. Rus folklorshunosi V.P.Anikin ta’biri bilan aytganda, “Xalq tajribasida bo‘lmagan narsa, maqolda ham bo‘lmaydi”. Xalq tajribasi esa asta-sekinlik bilan asrlar mobaynida boyib boradi. Maqollar fikrni lo‘nda aniq va obrazli bayon etishda nutqimiz uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham V. G. Belinskiy xalq maqol va matallarini “poeziyaning mohiyati” deb hisoblagan edi. Tarixiy manbalarda ham, xalq orasida ham xalqimizning aforistik ijodi turli-tuman atamalar bilan nomlanib keladi. Maqol, matal, naql,masal, zarbulmasal, hikmatli so‘z, ibora, ta’bir, aforizm, otalar so‘zi, ota-bobolardan qolgan so‘z, abushqa so‘zi, mashoyixlar so‘zi, donolar so‘zi, donishmandlar so‘zi, hikmatlar so‘zi, oqinlar so‘zi, qadimgilar so‘zi, burungilar so‘zi, ilgari o‘tgan yaxshilar so‘zi, va boshqalar. O‘zbeklarda maqol, tojiklarda zarbulmasal, arablarda (jonli so‘zlashuvda) naql, turklarda ata so‘zi atamasi bilan yuritiladi. Maqol atamasi arabcha “qavlun – gapirmoq, aytmoq” so‘zidan olingan. Bu janr dunyodagi hamma xalqlar og‘zaki ijodida bor bo‘lib, hajm, shakl, yaratilishi maqsadiga ko‘ra mushtarak hisoblanadi. Hatto nomlanishida ham yaqinlik aniq seziladi. Jumladan, arablarda “qavlun” – gap, so‘z ma’nosini ifodalasa, tojiklarning “zarbulmasal” atamalarida misol keltirish, ruslar “poslovitsa” sida so’zlar bilan fikrni ifodalash, turklardagi “ata so‘zi” da esa ajdodlar so‘zini eslash ma’nosi yetakchi. Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarida ham “sav” atamasi otalar so‘zini eslash tarzida keltirilgan. Alisher Navoiyda esa maqoldan misol keltirilib “masal” atamasidan foydalanilgan. Xullas, maqol atamasi umumiy mazmun jihatdan “so‘z” tushunchasi bilan bog‘lanadi. Maqollar, o‘zbek xalqining o‘ziga xos qobiliyatlarini, tafakkurini, qadriyatlarini, adabiyotini va madaniyatini ifodalayadigan qismlardir. 6 02 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ular o‘zbek xalqining g‘oyalarini, fikrlashini, tabiatni, odob-axloq qoidalarni, ta’lim- tarbiya, adabiyot va san’atning o‘ziga xosliklarini ifodalaydi. Suvning oqishiga qara, Xalqning xohishiga qara. Ushbu o‘zbek milliy mental xususiyatlari aks etgan maqolda, xalqning buyuk kuch ekanligiga ishora qilibgina qolmasdan, qadimdan turkiy xalqlarda muqaddas, tuproq, suv, havo, olov kabi unsurlarni muqaddas bilganini ham ko‘rishimiz mumkin. Shuning uchun ham xalqning kuch-qudrat ramzi muqaddas suvning oqishi bilan qiyos qilingan. Bu o‘zbek maqollarining o‘ziga xos lingvomadaniy mazmun tashishidan ishora. Otang o‘tirgan uyning tomiga chiqma! Xalq og‘zaki ijod namunasi hisoblangan ushbu maqolda o‘zbek xalqida ota-onaning hurmati qanchalar yuqori o‘rinda turishini ko‘rishimiz mumkin. Otaning qadri baland ekanligini tashuvchi bu maqolda o‘zbeklarning muqaddas sanalgan ham ota, ham uy leksemalari milliy-mental xususiyatlarni ifodalagan lingvomadiy birlikdi

Доказательный фрагмент

«The article discusses the educational properties of proverbs, which are considered examples of folk oral creativity, the role of folk proverbs in the spiritual and harmonious development of schoolchildren.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the educational properties of proverbs, which are considered examples of folk oral creativity, the role of folk proverbs in the spiritual and harmonious development of schoolchildren. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
proverbs, folk proverbs, paremiological units, aphorisms, proverbs, sayings, zarbulmasal., maqollar, paremiologik birliklar, matallar, naqllar, aforizmlar, xalq paremalari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники