К содержанию
РецензированоEN2025

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI · F.G’. Murodova · Z.X. Xudayarova · УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article provides information about methods and interactive methods for developing the speech of primary school students. This article analyzes the fact that it is very important to form communicative competence, which is the basis of basic competencies, in primary school students, based on sound evidence. Keywords: competence, communicative approach, methods, innovative technologies, primary school, traditional methods. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish- bu til va muloqat ko`nikmalarini o`rgatish, shunindek o`quvchilarga o`z fikrlarini aniq ifodalash, 5 90 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tinglash, muloqatda ishtirok etish va ijtimoiy muhitda samarali muloqat qilishni o`rgatish jarayonidir. Kommunikativ kompetensiya – bu shaxsning o‘z fikrlarini aniq va to‘g‘ri ifodalash, boshqalarni tushunish, o‘zaro muloqot qilish, axborot almashish hamda turli vaziyatlarda samarali muloqotga kirisha olish qobiliyatidir. Bu kompetensiya tayanch kompetensiyalar ichida alohida ahamiyatga ega, chunki u har qanday ta'lim va tarbiya jarayonining negizini tashkil etadi. Kommunikativ kompetensiyani shakllantirishning asosiy yo'nalishlari 1. Nutqiy faoliyatni rivojlantirish: o O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish. o So‘zlashuv va yozma nutqni rivojlantirish uchun amaliy mashqlar. o Dialoglar, hikoyalar va voqealarni qayta hikoya qilish orqali o‘z fikrlarini ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish. 2. Tinglash ko‘nikmalarini shakllantirish: o Muloqotda faollikni oshirish uchun "e’tiborli tinglash" mashqlari. o Guruhli faoliyatda bir-birlarini tinglashga o‘rgatish. 3. Turli kommunikativ vaziyatlarni modellashtirish: o Rolli o‘yinlar va dramalar orqali muayyan muloqot vaziyatlarini yaratish. o Muloqotning turli shakllarini o‘rgatish (salomlashish, suhbat boshlash, xayrlashish). 4. Tahlil va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirish: o Matnlar, rasmlar, hikoyalar va dialoglarni tahlil qilish. o Fikr almashish va o‘z fikrini ifodalash mashqlari. 5. Axborot texnologiyalaridan foydalanish: o Ta’limiy o‘yinlar va dasturlar yordamida kommunikativ faoliyatni faollashtirish. o Videoroliklar yoki audiomateriallar asosida fikr-mulohaza bildirishni o‘rgatish. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kommunikativ kompetensiyasining rivojlantirish uchun turli pedagogik usullar va faoliyatlar mavjud bo`lib, quydagi metodlar orqali misol keltirish mumkin. Tinglash va tushinish ko`nikmalarni rivojlantirish metodi: O`quvchilarga tinglash orqali ma`lumotlarni to`plash va tushunishni rivojlantirish uchun turli mashqlar tashkil etish ya`ni:o`qilgan matnni yoki hikoyani tinglab, savollarga javob berish. 5 91 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tinglash audio orqali o`quvchilarga turli ertaklar, hikoyalar, va qiziqarli metodlar qo`yib beriladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilarga tinglagan materialga oid savollar beradi, bu o`quvchilarning materialni qanchalik tushunganligini tekshirishga yordam beradi. Gapirish va o`z fikrini ifodalash ko`nikmalarini rivojlantirish: O`quvchilarni kammunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda didaktik o`yinlar va hikoyalar yordamida o`zaro muloqat qilish samarali usul hisoblanadi. Gapirish muloqat orqali o`quvchilar o`z fikrlarini ifodalash imkoniyatini berish, masalan, ular tomonidan yaratilgan hikoyalarni yoki dialoglarni so`zlab berish. O'quvchilarga to'g'ri va mantiqiy gapirishni o'rgatish uchun turli xil faoliyatlar (mavzularni muhokama qilish, voqealar haqida so'zlash, voqea va hikoyalarni qayta aytib berish) tashkil etish. O'quvchilarning nutqini to'liq va aniq qilishga yordam beradigan mashqlar va topshiriqlar berish. Yozish va tahrir qilish ko`nikmalarini rivojlantirish: O`quvchilarni turli janrlarda yozish hikoya, insholar, xat yozish orqali kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish. Yozish orqali ular o`z fikrlarini aniq va ravon ifodalashni o`rganadilar. Yozgan materialni tahrir qilish: O`quvchilarga yozgan materiallarini tahrir qilish va yaxshilashga yordam berish, bu orqali ular tilni to`g`ri ishlatish va xatolarni tuzatishni o`rganadilar. Yozishdagi yaratuvchanlik: O`quvchilarga o`z fikrlarini erkin ifodalash uchun turli mavzularni berish. Bu o`quvchilarni o`z fikrlarini yozma ravishda kengaytirishga undaydi. Maqsadga yo`naltirilgan faoliyatlar: O`quvchilarga guruhlarda turli vazifalarni bajarishni berish, bu ularga kommunikatsiya ko`nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, guruhlar o`rtasida loyiha yaratish, hikoya yozish yoki ma`lumotlarni taqdim etish. Amaliy yondashuvda o`quvchilar o`rganganlarini amalyotda qo`llash uchun turli vazifalarni bajarishadi va o`qish va yozish mashqlarini interfaol tarzda bajariladi. Interfaol ta`lim texnalogiyalarni qo`llash, masalan, multimedia materiallari yordamida o`quvchilarni suhbatlashishga, savol-javob qilishga va fikr a

Доказательный фрагмент

«This article provides information about methods and interactive methods for developing the speech of primary school students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information about methods and interactive methods for developing the speech of primary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
competence, communicative approach, methods, innovative technologies, boshlang’ich sinf, kommunikativ yondashuv, kompetensiya, an’anaviy metodlar., metodlar, innovatsion texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники