Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKISTONLIK GENERAL AYOL, MILLAT ONASI-QURBONJON DODXOHNING MARD, JASUR VA VATANPARVARLIGI HAQIDA
Gadayeva Mohigul Muxamedovna
Современная наука и исследования · 1 · 2023
Аннотация
This article talks about the heroic struggle of Kurbanjon Dodkhoh, known as the governor of the Olay oasis and the Queen of Olay, in the people's uprising against the colonial oppression of Tsarist Russia, the heroic death of her five sons for the freedom of the Motherland, and her exemplary life. Key words: Olai oasis, Kokhan Khanate, colonialism, Tsarist Russia, Governor General of Turkestan. О ХРАБРОМ, МУЖЕСТВЕННОМ И ПАТРИОТИЗМЕ КУРБОНДЖОН ДОДКО, ЖЕНЩИНЕ-ГЕНЕРАЛУ ИЗ ТУРЦИИ, МАТЕРИ НАЦИИ Аннотация. Статья сказано о доблестной борьбе Курбанджон Додхох, известной как правительница Олайского оазиса и царица Олая, в народном восстании против колониального гнета царской России, героической гибели ее пятерых сыновей за свободу Родины и ее образцовая жизнь. Ключевые слова: оазис Олай, Коkанское ханство, колониализм, Императорская Россия, Туркестанский генерал-губернатор. Qurbonjon dodxoh qoʻzgʻoloni — chor Rossiyasining mustamlakachilik zulmiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻolonida Olay vohasi hokimi, Olay malikasi sifatida mashhur boʻlgan Kurbonjon dodxoh boshchilik qilgan. 344 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 Kurmanjon (Qurbonjon) dodxoh 1811-yili Qoʻqon xonligiga qarashli Oʻsh shahri yaqinida Mungush qabilasidagi oddiy koʻchmanchi oilada tavallud topdi. Uning bolalik va oʻsmirlik yillari haqida maʼlumotlar juda kam, deyarli yoʻq desa ham boʻladi. Qurbonjon Mamatqizi Qoʼqon xonligi vaziri Olimbek dodxoh Hasanboy oʼgʼlining rafiqasi boʼlgan. Umr yoʼldoshi uni xon saroyiga olib kelib, Nodirabegimga tanishtiradi. Nodirabegim va Uvaysiy kabi oʼzbek shoiralari taʼsirida Qurbonjonning dunyoqarashi shakllanadi. Qoʻqon xonligi dodxohi Olimbekning nikohidan besh oʻgʻil: Abdullabek, Mamitbek, Asanbek, Botirbek va Qamchibek dunyoga keladi. Ularning bari kelgusida bosqinchilarga qarshi janglarda qatnashadi. Tarixchi V.P.Nalivkinning yozishicha, Olimbek Andijon viloyati hokimi boʻlgan. Bu vaqtda ruslar birin-ketin xonlik shaharlarini egallab kelayotgan edi. 1860-yili Mallaxon ularga qarshi lashkar yuboradi va Olimbek ham qirgʻizlarga bosh boʻlib jangga ketadi. Ammo qattiq qish sabab qoʻshin talafotga uchraydi. Keyingi yilgi yurishda esa Olimbek qatnashishdan bosh tortadi. Bunga javoban Mallaxon uni qoʻlga olishni buyuradi. Olimbek Gʻulchaga chekinishga muvaffaq boʻladi. Ammo uning mol-mulki tortib olinadi. 1862-yili saroydagi oʻyinlar oqibatida tuzoqqa tushirilib, oʻldiriladi. Kurmanjon esa beva boʻlib qoladi. Bu vaqtda Buxoro amiri Sayyid Muzaffar Xudoyorxonga yordam berish uchun Qoʻqonga qoʻshin tortib keladi. Oʻsh shahrida Kurmanjon bilan tanishib, uning qirgʻizlar orasidagi nufuzini koʻrgach, dodxoh unvonini beradi. Olimbekning vorisi hisoblangan to‘ng‘ich oʻgʻli Jarqinboy o‘gay onasining foydasiga lavozimdan chekinadi. Shundan keyin qirgʻizlar boshqaruvi Kurmanjon qoʻliga oʻtadi. Jarqinboy esa 1864-yili Oʻshga hokim etib tayinlanadi. Ammo ruslarga qarshi janglardan birida vafot etadi. Shunday bir davrda Xudoyorxon Qoʻqon taxtiga oʻtiradi va Kurmanjon dodxoh uning huzuriga kelganda dodxoh lavozimini tasdiqlab beradi. To‘ng‘ich oʻgʻli Abdullabek esa Jarqinboy oʻrniga Oʻshga hokim boʻladi. Zamondoshlarining fikricha, Kurmanjon dodxoh boshqaruvni oqillik bilan olib borgan va uning dovrugʻi Qoʻqon tashqarisiga ham yoyilgan. Buxoro, Qashqar amir va xonlari alohida ehtirom koʻrsatib, turli sovgʻa-salomlar yuborib turgan. Oloyga safar qilgan rus olimi Fedchenko barcha qirgʻizlar unga yuksak hurmat bildirishini, yuqori mulozamat bilan murojaat qilishini yozib qoldirgan. Dodxohning tashqi koʻrinishi haqida deyarli maʼlumotlar saqlanmagan. Rossiya armiyasi ofitseri Boris Tageyev uning Skobelev bilan suhbatida ishtirok etgan va shunday taʼriflagan: “Boʻyi uncha baland emas, yoshi katta boʻlishiga qaramasdan, goʻzal ayol, moʻyna bilan bezatilgan broker xalat kiyib olgan”. Tashqi siyosat bobida ham Qurbonjon dodxoh anchayin iste'dod sohibasi sifatida tanilgan. Xususan, Qashqardagi Yettishahar uyg'ur davlati hukumdori Yoqubbek bilan yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini o'rnatgan. Qalqib turgan zamon, Сhor Rossiyasi mustamlakachilik 345 ResearchBib IF-2023: 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 1 Issue 8 ISSN: 3030-3753. VOLUME 1, ISSUE 2 siyosati va xonlikdagi chirish Oloy malikasini ham qo'liga qurol tutishga majbur etgandi. “Po'latxon” qo'zg'oloni maqomida tarixga muhrlangan tengsiz mahorabaga Qurbonjon dodxoh ham qo'shiladi Kurmanjon dodxohning Qoʻqon xonligidagi faoliyati 1976-yilgacha, yaʼni Qoʻqon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan anneksiya qilinishi va xonlikning tugatilishigacha davom etdi. Biroq qirgʻizlar boʻysunishdan bosh tortdi va togʻlarga chekinib qarshilik koʻrsatish harakatini boshladi. Ularga Kurmanjon dodxoh va oʻgʻillari yetakchilik qildi. 1,5 ming qirgʻiz yigitlari dodxoh oʻgʻillari boshchiligida Oloy togʻlaridagi qishloqlarga joylashdi. 1876-yil 25- aprel kuni ikki tomon oʻrtasida ilk jiddiy toʻqnashuv yuz berdi. Bir kun davom etgan jangda ruslar q
Доказательный фрагмент
«This article talks about the heroic struggle of Kurbanjon Dodkhoh, known as the governor of the Olay oasis and the Queen of Olay, in the people's uprising against the colonial oppression of Tsarist Russia, the heroic…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the heroic struggle of Kurbanjon Dodkhoh, known as the governor of the Olay oasis and the Queen of Olay, in the people's uprising against the colonial oppression of Tsarist Russia, the heroic… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Olai oasis, Kokhan Khanate, colonialism, Tsarist Russia, Governor General of, Qo`qon xonligi, mustamlakachilik, Olay vohasi, Chor Rossiyasi, Turkiston general gubernatori.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026