К содержанию
РецензированоUZ2024

Yoshlarda ma’naviy- ahloqiy tarbiyani shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari

UZBEKISTAN” JURNALI · podpolkovnik Vapayev Sarvarbek Rajabbayevich

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Ushbu tadqiqotda yoshlarda ma'naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari tahlil etiladi. Yoshlik davri inson hayotidagi muhim bosqich bo'lib, bu davrda shaxsning ichki dunyosi, ijtimoiy munosabatlari va ahloqiy qadriyatlari shakllanadi. Tadqiqotda yoshlarning ma'naviy-axloqiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, shu jumladan oilaning roli, ta'lim muassasalari va jamiyatdagi ijtimoiy normativlar o'rganiladi. Shuningdek, yoshlarda o'z-o'zini anglash, empatiya rivojlantirish va axloqiy qarorlar qabul qilish jarayonlari ko'rib chiqiladi. Kalit so’zlar: ma’naviyat, ahlok, tarbiyaning ijtimoiy aspektlari, ijtimoiy munosabatlar, psixologik rivojlanish, o'z-o'zini anglash, shaxsiy qiymatlar, etika, ijtimoiy identifikatsiya, emotsional intellect, motivatsiya Jamiyatning ta’lim-tarbiya sohasidagi asosiy ehtiyojlaridan biri bu – har tomonlama barkamol, yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlashdan iborat. Shunday ekan, boʻlajak mutaxassislarni intellektual salohiyatli, ma’naviy-kasbiy barkamol shaxs sifatida tarbiyalash davr talabi hisoblanadi. Bunda esa yoshlarning ma’naviy- axloqiy jihatdan yetukligi ham muhim oʻrin tutadi. Insonning ma’naviy- axloqiy tarbiyalanganligi uning tevarak-atrofdagi munosabatlaridan namoyon boʻladi. U insonning hislarida, kechinmalarida ifodalanadi , hamda xulq-atvorida, xatti-harakatida koʻrinadi. Ma’naviy- axloqiy tarbiyaning maqsadi -shaxsni axloqiy jihatdan yetuk qilib shakllantirishdir. Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari boʻlgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish; vatanparvarlik, vatanga muhabbat, Oʻzbekiston gerbi, bayrogʻi, madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, mehnatga munosabat, jamoa bilan birgalikda qilinadigan izlanishlarga munosabat, ongli intizom va boshqa tuygʻularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridir . Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining ahamiyati beqiyos. Bunda insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin- asta koʻnikmaga aylantirib borish lozim. Bu esa insonning mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi, mushohada qilish aqlni peshlaydi, aql ongni saqlaydi, ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Inson tarbiyasi uzoq muddatli, uzluksiz davom etadigan murakkab jarayon. U tarbiyachi (ota-ona, ustoz-murabbiy, pedagog)lardan doimo xushyorlik, 720 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 sergaklik, mahorat, bilim talab qiladi. Shu tarzda insonning asta-sekin aqliy salohiyati takomillashib, u komillikka intilib boradi. Bularni amalga oshirish uchun esa tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyatli munosabat (muloqat), sharafli mehnat, qunt, iroda va shu kabi axloqiy xislatlar talab etiladi. Insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi (mahalla, koʻcha, bogʻcha, maktab, oliy oʻquv yurti), ijtimoiy (jamiyatdagi) muhit va bolaga (tarbiyalanuvchiga) boʻlgan munosabat muhim rol oʻynaydi. Axloqiy tarbiyaning mazmuni, avvalo, yoshlarning amaliy faoliyatlarida, oʻqish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida, oʻzaro ta’sir koʻrsatish usullari, xulq-atvor me’yorlarini oʻzlashtirishlarida namoyon boʻladi. Ushbu sohada olib borilgan koʻp yillik ilmiy izlanishlar natijalarining koʻrsatishicha, ma’naviy- axloqiy tarbiyaning uzluksizligini quyidagi koʻrinishda olib borish maqsadga muvofiq ekan: ona qornida → oilada → maktabgacha ta’lim muassasasida («Xonadon bogʻchasi», «Fermer xoʻjaligi bogʻchasi», «Bolalar bogʻchasi – maktabgacha ta’lim muassasasi» majmualari) → boshlangʻich maktabda → oʻrta maktabda → oʻrta maxsus kasb-hunar t’limida → oliy oʻquv yurtida → oliy oʻquv yurtidan keyingi faoliyatda. Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon boʻlib (inson umrining oxirigacha oʻrganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), inson doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Quyida uzluksiz ravishda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning har bir bosqichi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni keltiramiz. 1. Oilada ma’naviy- axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq boʻladi. Ushbu fikrni bir qator Sharq mutafakkirlari ham ta’kidlab oʻtishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning oʻzi tarbiyalangan boʻlishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham ma’nan sogʻlom ota-onadan sogʻlom farzand dunyoga keladi. Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda boʻlishi, bolaning sogʻlom oʻsishiga, odob-axloqli boʻlishiga olib keladi. Bolani lozim boʻlganda maqtash, diqqatini ijobiy faoliyatga tortish, yomon ishlardan ehtiyot boʻlishini uqtirish, axloqsiz soʻz va gaplardan uzoqroqda boʻlishini ta’minlash, oʻrtoqlari bilan urishmaslik yoʻllarini oʻrgatish – ularga axloqiy tarbiya berishda ijobiy ta’sir hisoblanadi. 2. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiya. Maktabgacha boʻlgan t

Доказательный фрагмент

«Ushbu tadqiqotda yoshlarda ma'naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tadqiqotda yoshlarda ma'naviy-ahloqiy tarbiyani shakllantirishning ijtimoiy psixologik xususiyatlari tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ahlok, o'z-o'zini anglash, ijtimoiy identifikatsiya, psixologik rivojlanish, ijtimoiy munosabatlar, ma’naviyat, emotsional intellect, tarbiyaning ijtimoiy aspektlari, motivatsiya, shaxsiy qiymatlar, etika
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники