Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirishning psixologik jihatlari
UZBEKISTAN” JURNALI · Allaberganov Ixtiyor Baxtiyorovich
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish psixologik jihatlari zamonaviy jamiyatda muhim ahamiyatga ega. Axborot asrida yosh avlodning axborot bilan ishlash ko'nikmalari, tanqidiy fikrlash qobiliyati va axborotdan oqilona foydalanish mahoratini rivojlantirish zarur. Ushbu tadqiqotda yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish jarayonida psixologik omillar, shu jumladan, shaxsiy xususiyatlar, motivatsiya va ijtimoiy muhitning roli tahlil qilinadi. Shuningdek, ta'lim muassasalarida axborot madaniyatini oshirish uchun samarali metodlar va strategiyalar taklif etiladi. Kalit so'zlar: axborot madaniyati, psixologik jihatlar, yoshlarda rivojlanish, tanqidiy fikrlash, ta'lim metodlari, ijtimoiy muhit, motivatsiya, axborotni qayta ishlash, shaxsiy xususiyatlar Kishilik jamiyati paydo boʻlgandan beri inson axborot olish, tarqatish va undan foydalanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda koʻrinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning jamiyatdagi oʻrni yanada oshdi. Ayni paytda mutaxassislar har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bilan birga mudofaa qudrati ham axborot tizimi va texnologiyalariga bogʻliqligini ta’kidlashmoqda. Shu oʻrinda jamiyat hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirish, elektron kommunikatsiyalar, elektron koʻrinishdagi ma’lumotlar bazasi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natijalar bilan bir qatorda, axborot tizimlariga buzgʻunchilik maqsadida ta’sir etishni koʻzda tutuvchi yangi "axborot quroli"ning ta’siri kuchayishiga olib kelayotganini aytib oʻtish joiz. Bu esa oʻz navbatida, mamlakatimizning axborot resurslari va telekommunikatsiya tarmoqlarini noqonuniy maqsadlarda ishlatishga qarshi himoya choralarini koʻrish va ularning benuqson faoliyatini ta’minlashga da’vat etmoqda1. Axborot oqimi oʻz mohiyatiga koʻra ma’lum bir maqsadga yoʻnaltirilgan boʻladi. Uning qanchalik yoshlarimizga ta’sir qilishi uning oldiga qoʻyilgan maqsad 1 https://lex.uz/uz/docs/-1106870 716 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 sari puxta yoʻnaltirilganligiga bogʻliq. Tabiiyki, axborot oqimining salbiy ta’siri esa ularda shakllangan mafkuraviy himoya tizimining mukammalligi omiliga bogʻliq. Malakali mutaхassislar tayyorlashning eng muhim talabi, bu ularni aхbоrоtlar bilan ishlash koʻnikmalarining shakllantirish bilan bоgʻliq. Aхbоrоtlarni qabul qilish ta’lim muassasalarida oʻqitilayotgan fanlardan, intеrnеt tarmоgʻi va оmmaviy aхbоrоt vоsitalari оrqali oʻzlashtirishlari mumkin. Shuning uchun ham bu kanallardan kеlayotgan aхbоrоtni yoshlarni ta’lim-tarbiyasiga ta’sirini chuqurrоq oʻrganish muhim sanaladi. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarining axborot xuruji kuchayib, manipulyatsion jarayonlarning keng yoyilishiga sabab boʻlmoqda. Bu kabi tahdidlardan oʻz vaqtida ogoh boʻlib, unga qarshi maxsus immunitetni hosil qilish — davr talabi. Bugungi kunda dunyoda sodir boʻlayotgan urush-talofat, buzgʻunchilik, inqilobiy harakatlar va terrorchilikka axborot xuruji katta ta’sir koʻrsatmoqda. Chunki axborot tom ma’noda yangi asrning eng qimmat materialiga aylanmoqda. OAVning axborot yetkazish imkoniyati va kuchidan gʻarazli niyatda foydalanuvchi egoistlar, buzgʻunchi kuchlar axborotini oʻz manfaatlariga xizmat qildirishga urinmoqda. Ya’ni ba’zi bir materiallar ularning vayronkor mafkurasi bilan yoʻgʻrilmoqda. Bilamizki, globallashuv jarayonida arzimas, ahamiyati katta boʻlmagan bir xabar ham ba’zan katta tarixiy voqea va global hodisaga sabab boʻlishi mumkin. Demak, insonning axborot sohasidagi xavfsizligini ta’minlash uchun fuqarolarning axborot madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularga axborotni saralash va undan ongli foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish zarur. Axborotni tanlash va undan unumli, toʻgri foydalanish esa insonning ong darajasi bilan bogʻliq. Ong darajasi bilim darajasiga, bilim darajasi esa oʻz navbatida bilishga, ya’ni reallik va borllіqdagi voqea-hodisalar mazmun-mohiyati bilan vobastadir. Koʻr-koʻrona yoki atayin qorani oqqa boʻyab koʻrsatish mavjud holatni maqsadli oʻzgartirishga olib keladi. Axborot maydonida ham oʻz shaxsiy manfaatlarini koʻzlab, axborotni noxolis, noaniq yetkazilish axborot xurujining debochasi, desak, xato boʻlmaydi. Shuning uchun birinchi navbatda, axborot yetkazuvchi shaxs xolislik, aniqlik va tezkorlikka tayanishi, axborot oluvchi esa uni mutlaqlashtirmasdan, oʻz shuuri darajasida tahlil qilishi, soʻng qabul qilishi, ishonch bildirishi darkor. Agar biz axborot olish madaniyatini shakllantirsak, milliy gʻoyamiz va ma’naviy merosimizga tayanib faoliyat olib borsak, axborot xurujiga qarshi immunitetni kuchaytirgan boʻlamiz. 717 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Mamlakatimizda bu borada tizimli va izchil ishlar amalga oshirilayotir. Oʻtgan davrda s
Доказательный фрагмент
«Yoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish psixologik jihatlari zamonaviy jamiyatda muhim ahamiyatga ega.»
Образец извлечения
Демо-превьюYoshlarda axborot madaniyatini shakllantirish psixologik jihatlari zamonaviy jamiyatda muhim ahamiyatga ega. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- axborot madaniyati, psixologik jihatlar, yoshlarda rivojlanish, ta'lim metodlari, axborotni qayta ishlash, ijtimoiy muhit, motivatsiya, shaxsiy xususiyatlar, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014