К содержанию
РецензированоUZ2024

KONSTITUTSIYA – FAXRIMIZ , G‘URURIMIZ

UZBEKISTAN” JURNALI · Normo‘minov Muhiddin Ekin o‘g‘li

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

In this article, you can learn about the general essence and significance of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, and the fact that our Constitution is an important basis for strengthening our independence, ensuring a peaceful and prosperous life for our people, and is also our pride and joy. Keywords: Constitution of the Republic of Uzbekistan, state and society, democracy” and “democratic”, referendum, New Constitution, humanism, Ancient Rome, etc. КОНСТИТУЦИЯ – НАША ГОРДОСТЬ Аннотация: В данной статье вы сможете получить информацию об общем характере и значении Конституции Республики Узбекистан и о том, что наша Конституция является важной основой укрепления нашей независимости, обеспечения мирной и благополучной жизни нашего народа, это также наша гордость. Ключевые слова: Конституция Республики Узбекистан, государство и общество, демократия» и «демократический», референдум, Новая Конституция, гуманизм, Древний Рим и др. 660 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan uchrashuv, davra suhbati, ochiq muloqot va boshqa madaniy- ma’rifiy tadbirlar yuksak samaralar bermoqda. Odatda ko‘p davlatlar Konstitutsiyasi nufuzli ekspertlar, deputatlar tomonidan ishlab chiqilib, so‘ngra parlamentda qabul qilinadi. Bunday hujjatlar mutaxassis nuqtai nazaridan yuqori baholarga sazovor bo‘lsa-da, unda xalqchillik, xalq ruhiyati yetishmaydi. Ayrim davlatlar hatto o‘z asosiy qonunlarining referendumda, xalq ishtirokida qabul qilingani bilan faxrlanishadi. Albatta, bu eng oliy darajadagi qaror. Biroq bu jarayonda xalq oldida faqat ikki savoldan biriga javob berish imkonigina bo‘ladi: Konstitutsiya matnini tasdiqlash yoki rad etish. O’zbekiston Konstitutsiyasining o‘ziga xosligi shundaki, u ikki marotaba xalq muhokamasida yurtdoshlarimiz xohish-irodasi bilan boyitildi. Umumxalq muhokamasi davomida Konstitutsiya loyihasi yuzasidan jami 6 mingdan ortiq taklif va mulohaza bildirilgan. Ma’lumki, davlat va jamiyat hayotida ba’zi bir narsalar bo‘ladiki, u Vatanimiz kabi yagonadir: bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz, shuningdek Konstitutsiyamiz ham yagonadir. Bularning har biri o‘z timsolida ona Vatanimiz, xalqimizning ezgu- maqsadlarini o‘zida aks ettiradi. Shu ma’noda Konstitutsiyamiz har bir fuqaro uchun bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz kabi muqaddasdir. Bosh qomusimiz muqaddimasida mamlakatimiz fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilinganligi qayd etilgan. Ya’ni Konstitutsiyamizning asosiy mohiyati insonga munosib hayot sharoitlari yaratish, uni baxtli qilishdan iborat. Yana muhim hamda xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etiladigan xususiyat – bu Konstitutsiyaning “O‘zbekiston xalqi” deb boshlanishidir. Bunday jumlalarni boshqa biron bir qonunda uchratmaymiz. Buning o‘zi ham xalq hokimiyatchiligining yorqin dalolati. Konstitutsiyamizning yana bir eng muhim xususiyati – bu xalq suvereniteti e’tirof etilganligidadir. Asosiy qonunimizning 7-moddasida xalq davlat 661 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 hokimiyatining birdan bir manbai ekani muhrlangan. Asosiy qonunimizda “demokratiya” va “demokratik” so‘zlari 7 marta, “xalq” so‘zi 24 marta qo‘llangan. G‘arb olimlari dunyo konstitutsiyalari tahlili natijasida 70 ta asosiy mavzuning qamrab olinishi bo‘yicha 190 davlat konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy ahamiyatdagi boshqa hujjatlarni o‘rganganda davlatimiz Asosiy qonuni 0,59 natijani ko’rsatib, nisbatan ko‘proq mavzularni qamrab olgani ayon bo‘ldi. Bu jihatdan Avstriya Konstitutsiyasi 0,57, AQSH Konstitutsiyasi 0,49, Buyuk Britaniyaning konstitutsiyaviy ahamiyatdagi hujjatlari 0,43 natijani ko‘rsatgan. Konstitutsiyamizda inson manfaatlari ustun qo’yilgan. Asosiy qonunimizni sinchiklab o‘rgangan har bir shaxs bevosita guvohi bo‘ladiki, uning butun mazmun- mohiyati insonga xizmat qilishga qaratilgan. Konstitutsiyamizning biron bir joyida “davlatning huquqi” yoki “fuqarolar davlat hoxish-irodasini bajarishi shart” qabilidagi qoidalar uchramaydi. Aksincha, Asosiy qonunimizda “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”, “Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi” kabi davlatning majburiyatlarini uchratamiz. Konstitutsiyamiz o‘zining insonparvarligi bilan ham ajralib turadi. Unga ko

Доказательный фрагмент

«In this article, you can learn about the general essence and significance of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, and the fact that our Constitution is an important basis for strengthening our independence,…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, you can learn about the general essence and significance of the Constitution of the Republic of Uzbekistan, and the fact that our Constitution is an important basis for strengthening our independence,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Constitution of the Republic of Uzbekistan, state and society, Qadimgi Rim va boshqalar., O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Yangi Konstitutsiya, insonparvarlik, referendum, davlat va jamiyat, demokratiya” va “demokratik”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники