Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VIGNA RADIATA TARKIBIDAGI BIOFERMENTLARNING AHAMIYATI
UZBEKISTAN” JURNALI · Z. Sh. Ro’zmetova · Biologiya mutaxassisligi magistranti · Urganch davlat · Y. A. Djumaniyazova · Biologiya kafedrasi dotsenti · Urganch davlat
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 104-108 · 2024
Аннотация
Mosh butun dunyo bo`ylab sevib iste’mol qilinadigan, o’zida bioaktiv faol moddalarni saqlagan dukkakli-don mahsulotlariga kiruvchi muhum ekinlardandir. Anan`aviy va zamonaviy tibbiyotda moshning ko`plab hastaliklar uchun davollovchi, oldini oluvchi sifatida foydalanilishi ko`plab tadqiqotlar orqali hujjatlashtirilgan. Moshning bunday xususiyatlari uning tarkibidagi moddalarning miqdori, tarkibi va kansentratsiyasi natijasida kelib chiqadi. Quydagi maqolada ham moshning ba`zi bir biokimyoviy tarkibi va xususiyatlari haqida keltirib o`tilgan. Kalit so’zlar: Vigna radiata, mosh, biologik faol moddalar, biologik faol birikmalar, uglevodlar, meteorism, antibakterial, antioksidant, antiallergik, vitamin, oqsil, flavonoidlar, xun tolasi, yog’lar, klechatka. Kirish. Mosh (Vigna radiata) uzoq o’tmishdan hozirgi kungacha sifatli, yuqori ozuqabobligi, to’yimli va yengil hazm bo’luvchi ekin sifatida iste’mol qilinib kelinadi. Uning kelib chiqishi Janubiy Osiyo mamlakatlariga borib taqaladi. Ammo hozirgi kunda butun dunyo bo’ylab iste’mol qilinayotgan dukkakli-donli ekindir. Uzoq yillardan beri ko’pchilik ma’daniyatlarda asosiy va sevimli mahsulot bo’lib kelayotgan mosh o’simligi o’zining ozuqaviyligi, yem-xashakliligi bilan bir qatorda, 647 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 sog’liq uchun ham foydali ozuqalarga boy bo’lib, an’anaviy tibbiyotda ham o’z o’rniga ega. Buni ayniqsa Xitoy xalq tabobatidagi ahamiyatida ko’rishimiz mumkin. Adabiyotlar tahlili. Xitoyliklarning falsafaviy ozuqlanishiga ko’ra barcha organizimga kiruvchi oziq-ovqatlar tanaga ta’siriga ko’ra Ying va Yang oziq- ovqatlariga bo’lingan. Dengiz o’tlari, shakar, asal, barg sabzavotlari, tropik mevalar, sut mahsulotlari bilan bir qatorda mosh (Vigna radiata) ham Ying energiyasini beruvchi mahsulotlarga kiritilgan. Xitoy tibbiyoti nazariyasida, odamdagi turli xil kasalliklarni yoki sog’liq muammolarini Yin va Yang fazilatlarining ortishi yoki yetishmasligi bilan bog’lashadi. Yin mahsulotlarini asosan yoz mavsumida iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Sababi, ular tanani namlaydi, issiqlik urishini yumshatadi, nisbatan kam kaloriyali, ularning tarkibida kaliyning (K) yuqori foizlar borligi aytiladi. Xitoyliklar shu sababli yoz faslida tana issiqligini sovutish uchun har kuni yozda bir piyoladan salqin, shirin moshli sho’rva ichishga odatlanishgan [15]. Qizig`i shundaki, qadimgi tavsifdan tashqari, yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlar ham moshni boshqa ko`plab potensial, sog`liq uchun foydali ta’sirga ega ekanligini Liyange X., Xie J., Gupta N.. va Lapes L.. kabi bir necha tadqiqotlar natijasida aniqlangan [7,11,12,19]. Masalan, gipoglikemik va gipolipidemik ta’siri mavjudligini yana, antigipertenziv, saratonga qarshi, melanogenezga qarshi, gepatoprotektiv hamda immunomodulyatorlikda asosiy oziq moddalar talablarini qondirishda qo`llanishi mumkunligi aniqlangan [7,11,12,19]. Moshning antioksidant ta`siri, mikroblarga qarshi, yallig`lanishga qarshi, antidiabetik faolligi, lipid metabolizimining joylashuvi, antitumor, antiseptik ta’siri, spirtli degidrogenaza va tirozinazni oldini olish va boshqa ko’plab bilogik faolliklari haqida aytiladi. Bu kasalliklarni davolovchi mahsulot va dori-darmonlarga alternativ ravishda foydalanish imkoniyatini beradi [9]. 648 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Quyidagi jadvalda mosh (Vigna radiata) ning biologik faolliklarga, tarkibidagi biologik birikmalarning ta`siri haqida qisqacha keltirib o`tilgan. Jadval. Vigna radiataning biologik faolliklarga, tarkibidagi biologik birikmalarning ta`siri Biologik faoliyat Biologik birikmalar Oqsillar, polipeptidlar, polisaxaridlar, Antioksidant ta'siri polifenollar Mikroblarga qarshi faollik Peptidlar, polifenollar Yallig'lanishga qarshi faollik Polifenollar Antidiyabetik faoliyat Polifenollar Lipid metabolizmining joylashuvi Fitosterol Antigipertenziv ta'sir Oqsillar Antitumor ta'siri Polifenollar, tripsin fragmentlari Antiseptik ta'siri Polifenollar, suvli ekstraktlar Gepatoprotektiv Polifenollar Antioksidant ta’siri. Moshning urug`i, qobig`i va niholi ham antioksidant ta’sirga ega ekanligi Kim va boshqalar, 2012 ilmiy tadqiqotlarida ko`rsatilgan. Mosh urug`idan tayyorlangan sho’rvaning erkin radikallarni tozalash xususiyati ko’k choy va vitamin C bilan solishtirilganda, 100 gr moshning erkin radikallarni tozalash faoliyati 36,3gr quritilgan choy va 1462 mg vitamin C ga teng ekanligi aniqlangan [4,9]. Bunday yuqori antioksidantlik xususiyati ikkita asosiy antioksidant birikmalar viteksin va izoviteksinlar mavjudligi bilan bog`liq. Mikroblarga qarshi faollik. Mosh (Vigna radiata) ning mikroblarga qarshi vosita sifatida potensialini ko`rsatadigan bir nechta tadqiqotlar mavjud [6,14,18]. Siklofilinga o`xshash “mungin” oqsili antifungal ta’sirga ega bo’lib mosh urug`la
Доказательный фрагмент
«Mosh butun dunyo bo`ylab sevib iste’mol qilinadigan, o’zida bioaktiv faol moddalarni saqlagan dukkakli-don mahsulotlariga kiruvchi muhum ekinlardandir.»
Образец извлечения
Демо-превьюMosh butun dunyo bo`ylab sevib iste’mol qilinadigan, o’zida bioaktiv faol moddalarni saqlagan dukkakli-don mahsulotlariga kiruvchi muhum ekinlardandir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- biologik faol moddalar, meteorism, mosh, Vigna radiata, antioksidant, biologik faol birikmalar, klechatka, xun tolasi, antiallergik, flavonoidlar, antibakterial, yog’lar, uglevodlar, vitamin, oqsil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024