К содержанию
РецензированоUZ2024

Ekstragenital kasalliklar va homiladorlik.

UZBEKISTAN” JURNALI

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada homiladorlik davrida ekstragenital kasalliklarning turlari, ularning homiladorlikka ta'siri va boshqarish usullari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, homilador ayollar uchun ekstragenital kasalliklarni aniqlash va davolashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan diagnostika usullari ham tahlil qilingan. Kalit so’zlar: ekstragenital kasalliklar, diagnostika, ovulyatsiya, genetik maslahatlashuv, monitoring, Ayol organizmidagi ekstragenital kasalliklar homiladorlik va tug’ruq davrlarida turli hil asoratlarga , salbiy oqibatlarga olib keladi. Jumladan: Yurak-tomir kasalliklari: Homiladorlik va tug'ruq vaqtida ayol sog'lom bo'lsa, organizm o'z vazifasini bajaradi, yurak-tomir tizimi kasalliklarida esa ko'pincha qon aylanishi buzilib ko'ngilsiz hodisalar ro'y beradi. Homiladorlik, tug'ruq va chilla davri aksari yurak-tomir kasalliklarining kechishini og'irlashtiradi. Yurak ikki tavaqali klapanining porogi (mitral kasallik) va bunda mitral stenozining ustun kelishi, yurakning barcha revmatik kasalliklari (endokardit, miokardit), septik endokardit, stenokardiya ko'proq xavfli hisoblanadi. Bu kasalliklar homiladorlik davrida og'ir o'tadi: ko'pincha yurak faoliyatining dekompensatsiyasi ro'y beradi va qon aylanishi buziladi (halloslash, ko'karish, shish), shular sababli homiladorlikni to'xtatishga to'g'ri keladi. Yurak kasalliklarida tug'ruq vaqtida ayniqsa, homila tug'iladigan davrda yurak faoliyati va qon aylanishi osongina buziladi. To'lg'oq tutganda asab va muskul tizimiga juda zo'r kelishi sababli yurak faoliyati buziladi. Homila tug'ilgach, qorin ichidagi bosim pasayishi tufayli kollaps ro'y berishi mumkin. Yurak faoliyati buzilishi oqibatida ayol o'lishi mumkin. Yurakning dekompensatsiyalangan poroklarida homilador ayol chala tug'ishi, tug'ruq vaqtida ko'pincha homila asfiksiyasi ro'y berishi mumkin. Yurak poroklari 75-90% hollarda revmatizm natijasida orttirilib, 6,5-10% ayollarda esa tug'ma holda uchraydi. 610 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Homiladorlik, tug'ruq va chilla davrining qanday o'tishi porokning shakliga, yurak faoliyatining yetishmovchiligi, revmatizm jarayonining faolligiga bog'liqdir. Orttirilgan poroklar shakliga ko'ra mitral stenozi, mitral klapanlarning yetishmovchiligi, kombinatsiyalashgan mitral porogi, aorta klapanlarining yetishmovchiligi va stenozi ko'proq uchraydi. Revmatizm jarayoni faol va nofaol fazalarga bo'linib, asosan homiladorlikning birinchi va uchinchi trimestrida qo'zg'alib, homilador ahvoli og'irlashib qoladi. Bunday holda periferik qonda faol revmatizmga xos o'zgarishlar rivojlanadi.Yurak porogi bor ba'zi ayollarning yurak faoliyati chilla davrida dekompensatsiyaga uchraydi. Yurak-tomir tizimining kasalliklarini o'z vaqtida aniqlash uchun homilador ayollar maslahatxonasida tekshiriladi, hamda terapevt va akusherning muntazam nazoratida bo'ladi. Ayol sog'ligi uchun xavfli holatlar bo'lsa (stenoz, miokardit, dekompensatsiya), homiladorlikning 12 haftalik muddatigacha abort qilinadi. Muddatidan oshib ketgan bo'lsa, homilani olib tashlash o'ta xavfli, shuning uchun ayol vaqti-vaqti bilan statsionarda yotqizilib davolanadi. Homilador ayolning ahvoli dori-darmonga qaramay yomonlashaversa, homila olib tashlanadi. Gipertoniya (xafaqonlik) kasalligi. Gipertoniya kasalligi tug‘ish yoshidagi ayollar orasida keng tarqalgan bo‘lib, davo choralari ko‘rilmagan taqdirda tug‘ish jarayonida turli og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Bularga homilaning vaqtidan oldin tug‘ishi, perinatal o‘lim, og‘ir gestozlar va boshqalar kiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, arterial gipertoniya qator hollarda onalar o‘limining asosiy sabablaridan biridir. Qon bosimining o‘ta yuqori bo‘lishi, ko‘z tubidagi og‘ir o‘zgarishlar (retinopatiya, qon quyilishlar), buyrak yetishmovchiligi paydo bo‘lishi kasallikning og‘ir kechayotganligidan darak beradi. Glomerulonefrit – buyrak koptokchalarining birlamchi immune yallig‘lanishidir. Bu kasallikda ikkala buyrakning ham shikastlanishi ko‘riladi. Kasallik homiladorlik va tug‘ruqda ko‘p asoratlar keltirib chiqaradi. Eklampsiya, ona qornida homilaning o‘lishi va va perina tal o‘limga olib keladi. Ba’zan esa platsentaning barvaqt ko‘chishi,homilani chala hamda giðotrofik tug‘ilishi kuzatiladi. Pirovard natijada, bevosita onalar o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin. Klinik ko‘rinishi bo‘yicha siydik tahlilida mikrogemoturiya, mikroprotenuriya, silindruriya va yuzda, qovoqlarda shishlar bilan xarakterlanadi. Kamqonlik. Kamqonlik deganda gemoglobin umumiy hajmining kamayishi tushuniladi. 80% homilador ayollarda kamqonlik uchraydi. 611 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 1-darajali kamqonlikda qon tarkibidagi gemoglobin 100-91 gl; 2-darajali kamqonlikda 90-71 gl; 3-darajali kamqonlikda 70 gl dan past bo'ladi. Anemiyaning

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada homiladorlik davrida ekstragenital kasalliklarning turlari, ularning homiladorlikka ta'siri va boshqarish usullari ko'rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada homiladorlik davrida ekstragenital kasalliklarning turlari, ularning homiladorlikka ta'siri va boshqarish usullari ko'rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
monitoring, genetik maslahatlashuv, diagnostika, ekstragenital kasalliklar, ovulyatsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники