Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA XORIJ TAJRIBASI VA UNING AMALIY AHAMIYATI (YAPONIYANING “TOSHIBA” KORPORATSIYASI MISOLIDA)
UZBEKISTAN” JURNALI · Otakuzieva Zuxra Maratdaevna · Xakimova (Isayeva) Lobar Baxodirovna
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
This article is devoted to foreign experience in the development of the digital economy in modern world practice, in particular, their significant aspects for Uzbekistan. Key words: digitalization, digitalization of the economy, digital technologies, transaction sector, financial and banking system, transactions, financial technologies, digital banking, digital financial assets, operating income Taraqqiy etgan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va korxonalar faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida strategik takomillashtirish borasida katta tajriba to‘plangan. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi 10-15-yil ichida raqamli iqtisodiyot rivojlanishi tez va intensiv kechmoqda. Bu, avvalo, iqtisodiyotda axborot sektorining muttasil va nisbiy o‘sishida, uning doimiy diversifikatsiyasi bilan birga namoyon bo‘ladi. Bu barcha aniq iqtisodiy ko‘rsatkichlarda o‘z aksini topadi: umumiy xizmat ko‘rsatish va axborot sohasida band bo‘lganlar sonining oshishi, xususan, tegishlicha ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) tuzilishining miqdoriy qiymati va moddiy jihatidan o‘zgarishi, milliy iqtisodiyotda band bo‘lganlar kasb-hunar va malaka tuzilmasining o‘zgarishi va boshqalar. Raqamli iqtisodiyot amaliy va nazariy muammolarini ko‘rib chiqish u yoki bu darajada axborot nazariyasi sohasidagi tadqiqotlarga asoslangan. XX asr boshida, axborot texnologiyalari bozorlarida mamlakatlarning ikki guruhi: 1) fundamental fani rivojlangan ilg‘or mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya va boshqalar); 2) birinchi guruh mamlakatlar (Tayvan, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqalar)ning innovatsiya va texnologiyalaridan foydalanadigan mamlakatlar samarali faoliyat yuritganlar. Keyinchalik uchinchi guruh mamlakatlar ham paydo bo‘ldi: Finlyandiya, Shvesiya, Norvegiya, Irlandiya va Isroil, ular ta’lim, ilm-fan va axborot texnologiyalari tizimlarini samarali modernizatsiya qilish orqali jahon bozorlariga chiqishga muvaffaq bo‘ldilar. Bugungi kunda, raqamli iqtisodiyotda ilg‘or va yetakchi mamlakatlarga Norvegiya, Shvesiya va Shveysariyani kiritish mumkin. TOP 10 talikka AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya va Gonkong ham kiradi. AQShda raqamli iqtisodiyotning ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Yevropa Ittifoqida 8,2 foiz, Braziliyada 6,2 foiz, Rossiyada esa 3,9 foizni tashkil etadi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida bir qator mamlakatlar, jumladan 2000-yilda – Daniya, 2005-yilda – Singapur, 2008-yilda – Avstraliya, Gonkong, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, 2009-yilda – YeI, 2010-yilda – Kanada, 2012- 488 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 yilda – Malayziya, 2013-yilda – Janubiy Koreya, Meksika, 2014-yilda – Kanada, Kolumbiya, Chili, Isroil, Singapur, Estoniya, 2015-yilda – Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, 2017-yilda – Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston o‘z dasturlarini qabul qildilar. Hozirda iqtisodiyotni raqamlashtirishga o‘tishi shartlari va mexanizmlarini aniqlash dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu esa, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlarini aniqroq baholashni taqozo etadi. AQSh iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning uchdan bir qismi (33 foizi) raqamli texnologiyalar ta’siri ostida va AQSh moliya sektorining katta ulushi (60 foizi) raqamli asosga o‘tkazilgan, shuning uchun AQSh moliya sektori dunyoda eng rivojlangan hisoblanadi. Unga yaqin aloqa sohasi bo‘lib, u uzoq muddatli rivojlanish uchun zamonaviy, barqaror raqamli platformani yaratishga va uning ahamiyatini sezilarli darajada oshirishga intilmoqda. Raqamlashtirish sohasida Amerika Qo‘shma Shtatlarining asosiy raqobatchisi Xitoy hisoblanadi, 2018-yilda uning B2C (Business-to-consumer) raqamli bozori daromadi 765 mlrd. dollardan ortiqni tashkil etdi va shu tariqa mamlakat jahon bozori yetakchisiga aylandi. 2018-yilda raqamli bozor AQShda 700 mlrd. dollardan ortiq daromad keltirdi, yevropaning 5 ta mamlakati (Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya)da esa raqamli bozor daromadi 500 mlrd. dollardan ortiq bo‘ldi. Internet foydalanuvchilarining asosiy ulushi Osiyoda joylashgan, ammo aholi orasida internetdan foydalanuvchilar ulushi bo‘yicha Osiyo ikkinchi o‘rinda turadi, aholining faqat yarmi internetdan foydalanadi (49,7 foiz). Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Shimoliy Amerika birinchilardan bo‘lib, uning internet foydalanuvchilari mintaqa aholisining 88 foizini tashkil etadi. Internetdan foydalanuvchilarning eng yuqori darajada o‘sishi Shimoliy Yevropa (94 foiz), G‘arbiy Yevropa (90 foiz) va Shimoliy Amerikada (88 foiz) kuzatilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda, xususan, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Yaponiyada internetdan foydalanuvchilar aholining o‘rtacha 81 foizini, rivojlanayotgan mamlakatlarda internetdan foydalanish ulushi esa 40 foizni, Rossiya, MDH va Sharqiy Yevropa kabi o‘tish iqtisodiyotini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda 15 foizni tashkil etmoqda. Xitoyg
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to foreign experience in the development of the digital economy in modern world practice, in particular, their significant aspects for Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to foreign experience in the development of the digital economy in modern world practice, in particular, their significant aspects for Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digitalization, digitalization of the economy, digital technologies, tranzaksiyalar, raqamlashtirish, raqamli texnologiyalar, transaksion sektor, raqamli moliyaviy aktivlar, moliyaviy texnologiyalar, iqtisodiyotni raqamlashtirish, moliya-bank tizimi, raqamli banking, operatsion daromadlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025