Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDUQAYUM YO‘LDOSH HIKOYALARIDA JAMIYAT VA INSON MUNOSABATLARI TALQINI
UZBEKISTAN” JURNALI · MUNOSABATLARI TALQINI · Davronova Shohsanam G‘aybulloyevna · UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Maqolada hozirgi o‘zbek nasrining taniqli vakillaridan biri Abduqayum Yo‘ldosh hikoyalarida jamiyat va inson munosabatlari, ijtimoiy muammolar talqini masalasi o‘rganilgan. Kalit so‘zlar. Hikoya, Abduqayum Yo‘ldosh hikoyalari, badiiy talqin, badiiy obraz, poetik mahorat, ruhiyat tasviri, jamiyat va inson talqini. Adabiyotda inson va uning atrof muhit, jamiyat bilan munosabati, kishilarning o‘zlari mansub bo‘lgan sharoit bilan aloqalari masalasi azaldan talqin etib kelingan. Bu, albatta, tabiiy. Chunki inson yakka o‘zi mavjud bo‘la olmagani qatorida, bir o‘zi hayot kechirib ham bilmaydi. Tabiiyki, u umri davomida tabiat va jamiyat bilan bog‘liqlikda bo‘ladi. Kishilarning yashash sharoiti, harakat qilayotgan zamini, tug‘ilib o‘sgan yoki turmush kechirayotgan hududi, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sharoiti ular hayotining mazmuniga muayyan iz qoldiradi. Insonning ma’naviy dunyosi, ruhiy olami, borliq haqidagi tasavvurlari va qarashlarida yashash tarzi va o‘zaro aloqada bo‘lgan odamlarning sezilarli ta’siri bo‘ladi. Zamonaviy o‘zbek adabiyotida jamiyat va inson munosabatlarining turli- tuman murakkab qirralari yoritilgan asarlarni uchratishimiz mumkin. Hikoya janrida barakali qalam tebratib kelayotgan ijodkorlar Xurshid Do‘stmuhammad, Abduqayum Yo‘ldoshev, Nabi Jaloliddin, Nazar Eshonqul, Zulfiya Qurolboy qizi, Isajon Sulton, Ulug‘bek Hamdam singari ijodkorlar asarlarida jamiyat muammolari 405 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 va inson shaxsiyati, xarakteri, ruhiyati turli tomonlama talqin etib kelinmoqda. Bu borada Abduqayum Yo‘ldoshev hikoyalari alohida e’tiborni tortadi. Yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshevning “Osmon og‘ushi” (2018), “Qaydasan mo‘'jiza...” (2019), “Puankare” (2019), “Mashaqqatlar osha yulduzlar sari” (2021) kabi to‘plamlaridan o‘rin olgan ko‘plab hikoyalarida yangi davrning muammolari, insonlarning o‘zaro munosabatlari jarayonida yuzaga keladigan ixtiloflar, ma’naviyat, milliylik masalalari qalamga olinadi. Adibning hikoyalarida yangi zamon o‘zgarishlari va bularni turlicha qabul qilgan odamlarni ham, shaxsiy manfaatlari yo‘lida o‘zgalarni qurbon qilishdan qaytmaydigan shafqatsiz kimsalarni ham, o‘zgalarga ishonib, hammani o‘ziday deb bilib, pand yegan kishilarni ham uchratishimiz mumkin. Bularning bari hayotdagiday murakkab va hayotdagiday haqqoniy qilib ko‘rsatiladi. Aytish mumkinki, adib hikoyalarida turmushning achchiq haqiqatlarini ochiq-oydin, boricha ko‘rsatish va talqin etish harakati kuzatiladi. “Bozor”, “Quduq”, “Boy”, “Aybdor”, “Otasining qizi”, “Hayot endi boshlanadi”, “Hayot shafqatsiz”, “Alvido, go‘zallik” kabi bir qator hikoyalar misolida bunga amin bo‘lish mumkin. Insonning o‘zi yashab turgan sharoitga tez moslashib ketishi, odamlar bilan iliq munosabat o‘rnatishi, albatta, ijobiy holat. Lekin jamiyat va inson munosabatlarida ko‘zga tashlanadigan ayrim ziddiyatlar ham mavjudki, Abduqayum Yo‘ldosh hikoyalarida aks etgan voqeliklar asosida bu borada xilma- xil fikr va qarashlarning yuzaga kelishiga bois bo‘ladi. Inson yon-atrofidagi kishilar bilan mustahkam aloqaga kirishishi va yurtining rivojiga munosib hissasini qo‘shishi bu – e’tirofga loyiq jihat. Ammo atrof-muhit ta’sirida insonning o‘zligi, e’tiqodi, qarashlari, ma’naviyati o‘zgarishi esa o‘yga toldiradigan masaladir. Bu, albatta, masalaning qay tarafga evrilgani bilan bog‘liqdir. Har bir inson o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatning muhim bir uzvi sifatida uning taraqqiysi uchun mas’ul. Biroq bunda 406 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 ijtimoiy holatning qay ahvolda ekanligi bilan bog‘liq jihat muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu muammolar, tabiiyki, jamiyat va inson munosabatlari talqinida murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Ijtimoiy muhit ta’siriga tushgan va bu jarayonda qiyinchiliklarga uchragan qahramonlar yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshevning ko‘plab hikoyalarida uchratiladi. Iqtisodiy sharotning og‘irligi va jamiyatdagi adolatsizliklar sabab orzulari ushalmagan, kelajakka umidvor bo‘lib hayot kechirgan Toshkentboy (“Hayot endi boshlanadi”); yon-atrofdagilarning shafqatsizligi, ko‘ngliga ozor berishi tufayli tushkunlikka tushib qolgan Tirkash muallim (“Quduq”); o‘z manfaati yo‘lida hech narsadan qaytmaydigan pastkash kimsalar ta'sirida qalbi ozorlangan Asrorqul (“Bandi”) kabi qahramonlar adibning turmush mashaqqatlarini, hayotning murakkabligini o‘z taqdirida namoyon qilgan insonlarning yorqin timsollaridir. Yozuvchining “Alvido, go‘zallik” hikoyasi “Saksoninchi yillarning oxirlari edi” [3.79] degan jumla bilan boshlanadi. Asar hikoyachisi voqealar silsilasida muhim o‘rin tutmaydi, biroq o‘sha ovulning bir vakili sifatida bo‘lib o‘tgan hodisalarni kuzatuvchi va bayon qilib beruvchi vazifasini o‘taydi. Qahramon dastlab ovul odamlarini, ya’ni jamoani tasvirlaydi. Asar qahramonlari sahroda dehqonchilik bilan
Доказательный фрагмент
«Maqolada hozirgi o‘zbek nasrining taniqli vakillaridan biri Abduqayum Yo‘ldosh hikoyalarida jamiyat va inson munosabatlari, ijtimoiy muammolar talqini masalasi o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada hozirgi o‘zbek nasrining taniqli vakillaridan biri Abduqayum Yo‘ldosh hikoyalarida jamiyat va inson munosabatlari, ijtimoiy muammolar talqini masalasi o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- badiiy talqin, badiiy obraz, ruhiyat tasviri, Hikoya, poetik mahorat, jamiyat va inson talqini., Abduqayum Yo‘ldosh hikoyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026