Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUV TURISTIK SAYOHATLARI VA TURIZMNING TEXNIKASI
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
В данной статье раскрываются такие вопросы, как рассмотрение туризма как средства физического воспитания и совмещение преодоления естественных препятствий и поднятия тяжестей с физическими упражнениями. Ключевые слова. Туризм, средства физического воспитания, физические упражнения, физическое воспитание, использование форм и методов туризма в походе, средства физического воспитания, силовые испытания в туризме, соревнования. Annotation. This article examines tourism as a means of physical education and discusses issues such as overcoming natural obstacles, combining lifting with physical exercises. Keywords. Tourism, means of physical education, physical exercises, physical education, the use of forms and methods in tourism, means of physical education, competition in tourism, competition. Turizm aholining uyg’un rivojlanishi, ularning sog’lig’ini mustahkamlash va zamonaviy insonni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Turizmni ijtimoiy hodisa sifatida rivojlantirishning dolzarbligi odamlarining sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga, mamlakat aholisi uchun mazmunli dam olishni ta’minlashga qaratilgan boshqa vositalar qatoriga kiritilishi bilan ko‘rinadi. 280 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g’risida»gi Farmonining 2-ilovasida 2021 - 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Unda mamlakatda sport turizmining bugungi kundagi holatini tahlil qilish, sport turizmini yanada rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifalari belgilab berilgan. Turizmning mamlakatlar yalpi ichki mahsulotidagi oʻrni muttasil oshib bormoqda, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoev, - Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot sur'atlarini jadallashtirishga intilayotgan yangi Oʻzbekistonda ham turizmni rivojlantirish ustuvor iqtisodiy vazifalardan biri boʻlmogʻi lozim1. Oʻzbekistonda milliy turizmning rivojlanishi jamiyat hayotining turli sohalari bilan oʻzaro uygʻun holatda rivojlanuvchi jarayon sifatida tahlil qilingan. Tadqiqotda turizm tizimi oʻziga xos xususiyat, maqsad, vazifa va strukturadan iborat boʻlgan ochiq, yaxlit, izchil tizim sifatida koʻrib oʻtilgan. Huddi shu yo‘nalishda, jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida odamlarni jismoniy sog’lomlashtirishning eng ommabop va arzon vositalaridan biri sifatida turizmning ahamiyati katta ekanligini ham aytishimiz mumkin. Turizmga bunday e’tibor bejiz emas. Jamiyatni rivojlantirishning qoidalaridan biri har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni tarbiyalashdir, bu esa insonning ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini diversifikatsiyalash maqsadida turli faoliyat sohalarida ishtirok etish zarurligini belgilaydi. Turizmni shaxsni tarbiyalashning faol vositasi sifatida qo‘llash insonga zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarning shakllanishiga, uning harakat qobiliyatini 1 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси.-Тошкент:“Ўзбекистон”, 2021. 172-173 бетлар. 281 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 yaxshilashga, axloqiy irodaviy va intellektual fazilatlarni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga imkon beradi. Bundan tashqari, turizm turli xil ijtimoiy foydali ishlarda ishtirok etuvchilarni jalb qilishni o‘z ichiga oladi. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya - uzluksiz ta’limning ajralmas tarkibiy qismi - insonning barkamol shaxs sifatida shakllanishi bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun jismoniy tarbiya tizimining barcha vositalari, shakllari va usullari jismoniy tarbiyaning insonning mehnat va mudofaa faoliyati amaliyoti bilan dialektik aloqasini ta’minlashga, jismoniy tarbiya bo‘yicha chora-tadbirlar sog’lomlashtirishga, har tomonlama barkamol rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilishi kerak. Dmitriy Kirsanovning fikriga koʻra, “milliy turizm oʻzida ichki (mamlakat ichidagi) va milliy ishlab chiqishga tegishli boʻlgan kirish turizmini oʻzida ifodalaydi”2. V.A.Kvartalnov esa milliy turizmga, “milliy turizm – ichki va kirish turizmi sohasidagi faoliyat majmui, turistlarga oʻz davlati fuqarolari tomonidan xizmat koʻrsatishdir” 3 , deb ta'rif beradi. M.Q.Pardaev, R.Atabaev, B.R.Pardaevlar, “milliy turizm deganda bir mamlakat turistlarining boshqa xorijiy mamlakatlarga borib kelishi va oʻz mamlakatining ichida bir joydan ikkinchi joyga turistik maqsadlar bilan harakat qilishi tushiniladi”4, deb hisoblashadi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan ma’lumki, turizmni qisqa muddatli ko‘ngil ochish deb bo‘lmaydi, avvalambor insonning shaxsiy manfaatlarini, aqliy, mehnat, axloqiy va estetik ta’limdan
Доказательный фрагмент
«В данной статье раскрываются такие вопросы, как рассмотрение туризма как средства физического воспитания и совмещение преодоления естественных препятствий и поднятия тяжестей с физическими упражнениями.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье раскрываются такие вопросы, как рассмотрение туризма как средства физического воспитания и совмещение преодоления естественных препятствий и поднятия тяжестей с физическими упражнениями. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Tourism, means of physical education, physical exercises, physical, jismoniy tarbiya vositasi, Turizm, jismoniy tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025