К содержанию
РецензированоUZ1920

XIX ASR OXIRI XX ASR 30 YILLARIDA BUXORODA TA’LIM VA TARBIYANI ZAMONAVIYLASHTIRISH UCHUN KURASH

ZAMONAVIYLASHTIRISH UCHUN KURASH · Dilafruz Kamolova

Современная наука и исследования · 1 · 1920

Аннотация

This article examines the problems of education in Bukhara in the first quarter of the 20th century. In this regard, after the overthrow of the Emirati system in Bukhara on September 2, 1920 (a coup against the monarchy), measures were taken to create a modern education system from the first months of the existence of the Republic. The leaders of the Bukhara Republic addressed this issue: “Education is necessary, because not a single country, not a single 589 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 nation, not a single revolution can live without education, schools are needed for learning, education is needed, books are needed - these facts are scientifically confirmed.” analyzed. Key words: Source, source studiers, education-upbringing, chain education, study, article, program, system, nontraditional education, school, madrassa. Buxoroda asrlar davomida ta’lim-tarbiyada o‘ziga xos yo‘nalish va an’analar vujudga kelib, ular yashovchan bo‘lib qolmoqda. Buxoro Xalq Savet Respublikasi davrida (1920-1924 yillar) zamonaviy dunyoviy ta’lim-tarbiya asoslarini yaratish uchun kurash boshlandi. Shu tufayli 1920 yil 2 sentabrda Buxoroda amirlik tartibi ag‘darilganidan so‘ng (monarxiyaga qarshi to‘ntarish), Respublikaning dastlabki oylaridanoq zamonaviy maorif tizimini vujudga keltirish choralari ko‘rildi. Buxoro Respublikasi rahbarlari ushbu masalaga: «Maorif kerak, chunki hech bir mamlakat, hech bir millat va hech bir inqilob maorifsiz yashamas, o‘qimok uchun maktab kerak, maorif kerak kitob kerak-bular haqiqat»[1] aqidalari tarzida qaradilar. BXSRning 10 nafardan iborat milliy hukumat tarkibi jadidlar ya’ni taraqqiyparvarvakillardan iborat bo‘lib, ular jamiyat azolarini yoppasiga savodli qilish orqali mamlakatni jaholat va qoloqlik botqog‘idan xalos qilish mumkindegan qat’iy fikirga egalar va ezgu orzu-umidlarining ro‘yobga chiqish vaqti yetdi, deb hisobladilar. Mazkur yo‘nalishda BXSR hukumatining dastlabki yilida ishlab chikilgan va «Buxoro axbori»2 gazetasida BXSRning birinchi maorif noziri Qori Yo‘ldosh Po‘latov (1890-1965) va maktab sho‘basi mudiri imzosi ostida chop qilingan «Maktablar haqida umumiy qoidalar» («Qoidalar»[2] alohida ahamiyatga molik bo‘ldi. Mazkur «Qoidalar» Buxoroda amirlik tartibi tugatilganidan uch oy o‘tib, ya’ni 1820 yilning noyabr oyi ohirgi haftasida ishlab chiqilgan va matbuotda bosilgan tarixiy hujjat: «Umumiy qoidalar», «Ta’lim-tarbiya ishlariga oid», «Maktab idorasi hay’ati vazifasi», «Maktab sho‘rosining vazifasi», «Maktab xodimlari uchun kategoriyalar» kabi besh bo‘limdan iborat. BXSRda ta’lim tizimini zamonaviylashtirishga kirishishi ushbu “Qoidalar”ni joriy etishdan boshladi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. “Koidalarida, amirlik zamonida mavjud bo‘lgan eskicha ta’lim tizimini tubdan isloh kilish, aholini yoppasiga savodini chiqarish masalasi kun tartibiga dolzar qilib quyiladi. Maktab ishlarida: 8-16 yoshli bolalarni maktabga jalb qilish avvalo ibtidoiy (boshlang‘ich) maktablar ochish, savodsizlikni tugatish kurslari hamda muallim va murabbiylar tayyorlaydigan maxsus o‘quv yurtlarini tashkil etish ko‘zda tutiladi. Matbuot sahifalarida «Qoidalar» e’lon qilinganidan keyin, bu keng jamoatchilik muhokamasida munozaralarga sabab bo‘lgandi. Jumladan, «Qoidalar»da boshlang‘ich maktablarda o‘kuv muddati 7-8 yil davom etishi qayd qilingandi. 590 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Keyinchalik bu masalada munozaralar kuchayib «Buxoro axbori» gazetasining bir qator sonlarida bosilgan maqola va bildirishlarda ushbu muddatni 4-5 yilga kamaytirilishi bilan bog‘liq taklif va muloxazalar bildirilgan. Maorif noziri Qori Yo‘ldosh Po‘latov: «Buxoroning boshlang‘ich maktablarida o‘qish muddatini Bekboy («Buxoro axbori» muxbirlaridan biri) o‘rtoq 4 yil bo‘lsun deydur. Maorif nazorati bu masalani obdon qarab chiqib 6 va 7 yillik emas, boshlang‘ich o‘qish muddatini 5 yillik o‘laroq qabul kilgan edi» deb yozgandi. «Qoidalar»da eski maktablarni isloh qilish, yangi maktablarda ta’lim tarbiyani yo‘lga qo‘yishda vaqtincha avvallari madrasada ta’lim bergan muallimlardan foydalanib turish, qizlar maktablarini tashkil etish, bolalar bog‘cha va yaslilarini ochish, ta’lim majburiyligini joriy etish, o‘quvchilarni hukumat hisobidan bepul o‘qitish va maktabda ovqatlantirish masalalari sanab o‘tiladi. «Qoidalar»ning 1-bo‘lim 11-bandida: «Maktablarning har qaysisida tarbiya olmoq bilan birga, bolalar uchun mumkin bo‘lg‘on ravishda osh, choy, kiyim ham berilur» –deb yozilganligi etiborni tortadi. Maktablarda bolalar sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun doimiy tibbiy nazorat ko‘rigini tashkil etish uchun maxsus tibbiy xodim faoliyat yuritishi kerakligi bilan bog‘liq tavsiya xozirgi zamon uchun hamohangdir. Ta’lim-tarbiyada «bolalarni so‘qmoq, urmoq, jazo bermoq bitirilib, o‘git-nasihat, tanbeh, o‘rnak ko‘rsatish (ibrat-namuna)» usullarini qo‘llash «Qoidalar»matnidan o‘rin olgan. Ta’lim «axloqiy, faniy, siyosiy (mafkuraviy)» ravishda bo‘lishi, har bir sinfdagi o‘quvchilar soni 30-35 tagacha q

Доказательный фрагмент

«This article examines the problems of education in Bukhara in the first quarter of the 20th century.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the problems of education in Bukhara in the first quarter of the 20th century. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Source, source studiers, education-upbringing, chain education, study, article, tarbiya, maktab, manba, manbashunoslik, tadqiqot, ta’lim, tizim, maqola, dastur, uzluksiz ta’lim, an’anaviy ta’lim, madrasa.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники