К содержанию
РецензированоEN2025

EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLARNING KRIMINALISTIK JIHATLARI

NEW RENAISSANCE · Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

In this thesis, the author thought about the criminal aspects of crimes and some investigative issues, which are important in the fight against crime in the field of ecology, which is considered one of the urgent issues of today. Key concepts: ecology, environment, crime, criminal description, investigation, organization of investigation, planning. Maʼlumki, 2022 yilning 20 dekabr kuni Muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston halqiga murojaat qildi. Ushbu murojaatnoma butun O‘zbekiston halqi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ushbu murojaatnomada kelgusi 2023 yilda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar va islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshqa sohalar singari bugungi kunning nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida global muammolardan biriga aylangan ekologiya sohasidagi yechimini kutayotgan muammolarga ham alohida e’tibor qaratib, “Hozirgi vaqtda butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo‘lmoqda. Aksariyat hududlarimizda tuproq tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib borayotgani, cho‘llanish, suv yetishmasligi, qurg‘oqchilik, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash shular jumlasidandir”1,- deya taʼkidladi. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2022-yil 20-dekabr. https://review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat- mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi. 393 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Bunday ustivor vazifalardan kelib chiqib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, milliy boyliklarimiz hisoblangan barcha tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish, ularni ehtiyot qilish, saqlash, mazkur sohada sodir etiladigan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish hamda qarshi kurashda fuqarolar o‘zlarining konstitutsiyaviy burchlariga so‘zsiz rioya qilishlari, huquqni muhofaza qilish organlari ham o‘z vazifalariga vijdonan yondoshmoqlari lozim. Dunyoning tabiiy manzarasi o‘z ranglari boyligini shiddat bilan va tiklab bo‘lmas tarzda yo‘qotib borayapti. Agar biologik rang-baranglik hozirgidek o‘ta jadallik bilan yo‘qolib boraversa, hech kim hozircha ekologik va maʼnaviy halokatlar miqyosini taxminan ham baholay olmaydi.2 Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, yuzaga kelgan holat faol maqsadga yo‘naltirilgan aralashuvni, hech bo‘lmasa ekologik vaziyatning barqarorligini taʼminlashga qaratilgan aniq choralar ko‘rilishini talab qiladi. Shu munosabat bilan ekologiya sohasidagi huquqbuzarlik va jinoyatlarga umumiy va huquqiy baho berish ham o‘zgardi. Atrof muhitni muhofaza qilishda ekologiya sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashga katta eʼtibor berilmoqda. Sodir etiladigan barcha jinoyatlar maʼlum bir ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiladi. Bugungi fan - texnika kundan kunga jadal surʼatda taraqqiy etib, jinoyatlarning ham yangicha ko‘rinishlari paydo bo‘layotgan davrda jinoyatlarni tez va to‘liq ochish, ularning oldini olish uchun jinoiy ish yuzasidan tergovni tashkil etish, rejalashtirish, tezkor - qidiruv xodimlari bilan hamkorlik, o‘tkaziladigan tergov harakatlarining taktik usullarini, umuman, jinoyatlarning tergov qilish uslubiyotlarini ham ilmiy - amaliy jihatdan takomillashtirib borish talab qilinadi. Shu sabab ekologiya sohasidagi jinoyatlarning ham sodir etilishiga qarshi kurash masalasi yangi asrning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha ham sayyoramizning tabiiy boyliklari behisob, tabiiy muhitning zahiralaridan har qancha foydalanish mumkin degan fikr mavjud edi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan - texnikaning jadal surʼatlarda rivoj topib borishi makon va zamonda tobora kuchayib borayotgan ifloslanish jarayoni va tabiatga bo‘lgan antropogen salbiy taʼsirlar ushbu fikrning noto‘g‘riligini ko‘rsatdi. Bugungi kunga kelib insoniyat barcha mavjud tabiiy boyliklarning uchdan bir qismini sarflab bo‘ldi. Qisqa vaqt ichida atrof - muhitni himoya qilish muammosi bugungi va kelajak avlodning hayoti va sog‘lig‘iga aloqador bo‘lgan umuminsoniy global muammolardan biriga aylandi. Zero O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida aynan shu masalaga alohida modda ajratilib (50-modda), unda fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majbur ekanliklari burch sifatida belgilab qo‘yildi3. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasi insonning yashash uchun qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqi va bu muhitni saqlab qolish borasidagi burchi deb nomlanib, unda O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘z salomatligi va kelajak avlodning salomatligi uchun qulay tabiiy muhitda yashash, o‘z salomatligini atrof muhitning zararli taʼsiridan muhofaza qilish huquqiga ega ekanligi, ana shu maqsadda O‘zbekiston 2 O.Narzullayev Hayvonot dunyos

Доказательный фрагмент

«In this thesis, the author thought about the criminal aspects of crimes and some investigative issues, which are important in the fight against crime in the field of ecology, which is considered one of the urgent issu…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, the author thought about the criminal aspects of crimes and some investigative issues, which are important in the fight against crime in the field of ecology, which is considered one of the urgent issu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
jinoyat, tergovni tashkil etish, rejalashtirish., tergov, atrof-muhit, kriminalistik tavsif, ekologiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники