К содержанию
РецензированоUZ2025

EKOLOGIYA SOHASIDAGI JINOYATLAR YUZASIDAN HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISH

Ubaydullayev Ilxomjon Raxmatovich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

In this thesis, the author reflects on the importance and criminalistic aspects of inspecting the crime scene, which is considered one of the important and urgent investigative actions in the investigation of crimes in the field of ecology. Key concepts: scene, inspection, evidence, versioning, tactical methods of inspection, contaminated objects, damage. Maʼlumki, jinoyatlarni tergov qilishda eng muhim va dastlabki, kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakati bu hodisa joyini ko‘zdan kechirishdir. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish ish bo‘yicha dalillarni qo‘lga kiritish, sodir etilgan voqea yuzasidan muayyan tasavvur hosil qilish - versiya yuritish, tergovni rejalashtirish, yaʼni tergov - taktik harakatlarini to‘g‘ri, tezkor, samarali tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Shu sababdan ushbu tergov harakati kechiktirilmasdan o‘tkaziladigan tergov yoki surishtiruv jarayonidagi dastlabki bosqich harakat hisoblanadi. Hodisa joyini va boshqa ifloslangan obyektlarni ko‘zdan kechirishni ekologik jinoyatlarni fosh etishdagi majburiy tavsifga ega bo‘lgan tergov harakati sifatida baholash o‘rinlidir. 199 Yanvar, 2025-Yil Hodisa joyini ko‘zdan kechirish har bir tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Tergovchi ushbu xususiyatlardan kelib chiqib, o‘tkazilayotgan tergov harakatini sodir etilgan muayyan holatga qarab hal qiladi. Ayni chog‘da ko‘zdan kechirishning o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishi hodisa joyi holatini to‘liq tekshirish hamda biror bir ashyoviy dalilning nazardan chetda qoldirmaslikni taʼminlaydi. Hodisa joyini ko‘zdan kechirishni shunday tashkil qilish kerakki, har bir predmet - obyekt takroran tekshirilmasligi uchun avval statik, so‘ng dinamik usul bilan tekshirilishi va ishga ahamiyatli bo‘lgan boshqa predmetlar esa nazardan chetda qolmasligi lozim.1 Ekologiyaga oid jinoyatlarning ko‘p turlari ashyoviy dalillarni to‘plash nuqtai nazardan qiyinchilik tug‘dirmaydi: masalan, neft mahsulotlarining yerga (tuproqqa) to‘qilishi. Biroq shunday holatlar ham bo‘ladiki, ular xatto maxsus ilmiy - texnik vositalar bilan qurollangan tergovchi uchun ham qiyinchilik tug‘diradi. Bunga misol qilib, muayyan yer uchastkasida dov - daraxt, o‘simliklarining nobud bo‘lishi sabablarini aniqlash ancha mushkul: daraxtlarning nobud bo‘lishiga jismonan taʼsir ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin, shuningdek, ularning nobud bo‘lishiga atmosferaning ifloslanishi ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ushbu holatlarda muhim kriminalistik ahamiyatga ega bo‘lgan maʼlumotlarni olishning amaliy chorasi sifatida tergov va sud harakatlariga mutaxassislarni jalb etish talab qilinadi. Taʼkidlash lozimkn, ko‘zdan kechirish paytida ko‘zdan kechirilayotgan obyektning turi va ish uchun ahamiyatli barcha holatlarni aniqlash hamda batafsil qayd etish kerak. Mutaxassisning voqea joyini ko‘zdan kechirishni amalga oshirishdagi asosiy vazifalari jumlasiga: tergovchiga voqea joyini professional to‘g‘ri tasvirlab yozish, shu bilan birga jinoyat oqibatida yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini belgilashda yordam ko‘rsatish; turli namuna va nusxalarni (suv, havo, tuproq, nobud bo‘lgan flora va fauna) izlash, olish va ularning saqlanishini taʼminlashda ko‘maklashish; zararli moddalarning tezkor tahlilini o‘tkazishda ko‘maklashish (bu asosan ifloslanish manbai haqidagi versiyalarning oldinga surilishiga imkoniyat beradi) singari vazifalarni kiritish mumkin. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazish chog‘ida ko‘zlangan maqsadga erishishning samarali taktik usullari ishlab chiqilgan bo‘lib, bular: markazdan atrofga; atrofdan markazga; muayyan hududlarga bo‘lib ko‘zdan kechirish usullaridir. Mazkur usullarning qay birini tanlashni tergovchi hodisa sodir etilgan joyning xususiyati, sharoiti va boshqa holatlardan kelib chiqib hal qiladi. 1 A.Norboyev. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish. Uslubiy qo‘llanma. “Kamolot-Qatortol”, T.: 1999. 11-bet. 200 Yanvar, 2025-Yil Ifloslangan qishloq xo‘jalik ekinlarini ko‘zdan kechirishda ularning turi hamda navlari aniqlanishi lozim. Bunda ekin maydoni, ekinlarga qay darajada zarar yetkazilgani, ifloslantiruvchi moddalar, ularning qanchalik yoyilganligi kabilar qayd etilishi kerak. Atrof muhitning ifloslanishi natijasida nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadlari topilganda, avvalo, ularning turi, tur bo‘yicha miqdori, ularning ifloslanish manbaiga nisbatan qayerda joylashganligi kabilarga eʼtibor qaratiladi. Ifloslanish manbaini ko‘zdan kechirish jarayonida, yuqorida aytilganidek, tegishli mutaxassis hamda ko‘zdan kechirilayotgan obyektda ishlovchi, yaʼni faoliyati ifloslanish hodisasi bilan bog‘liq bo‘lgan xodimning ishtirok etishi zarur. Jumladan, tozalash inshootini ko‘zdan kechirishda inshootning turi, faoliyat sohasi, suv tozalash inshootining eng yaqin aholi joyiga nisbatan joylashgan o‘rni, tozalash uslubi, inshootning konstruksiya, asbob - uskunalarning ishga yaroqlilik holati, obyektning loyihaga, texnologik reglamentga qanchalik muvofiq kelishi, tozalanayotgan suvning inshoot va

Доказательный фрагмент

«In this thesis, the author reflects on the importance and criminalistic aspects of inspecting the crime scene, which is considered one of the important and urgent investigative actions in the investigation of crimes i…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this thesis, the author reflects on the importance and criminalistic aspects of inspecting the crime scene, which is considered one of the important and urgent investigative actions in the investigation of crimes i… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Место происшествия, осмотр, доказательства, версия, versiya yuritish, dalil, ko‘zdan kechirish, hodisa joyi, yetkazilgan zarar., ifloslangan obyektlar, ko‘zdan kechirishning taktik usullari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники