Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ODAM SAVDOSI JINOYATINING TUSHUNCHASI VA UNING IJTIMOIY XAVFLI KO‘RINISHLARI.
UZBEKISTAN” JURNALI · IJTIMOIY XAVFLI KO‘RINISHLARI. · Subanov Olimjon Suyarkul o‘g‘li · Bizga ma’lumki (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish Instituti) · O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining -moddasida (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish Instituti)
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Mazkur maqolada odam savdosi jinoyatining tushunchasi va uning ijtimoiy xavfli ko‘rinishlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: Odam savdosi, jinoyat kodeksi, jinoyatchilik, profilaktika, Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonuni, ekspluatatsiya. Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida, “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi” deyilgan. Ularning huquq va erkinliklari davlat muhofazasida ekanligi belgilab berilgan. O‘zbekistonda odamlardan qonunga xilof tarzda foydalanishga, ularning g‘ayriqonuniy mehnat migratsiyasiga va odam savdosiga qarshi kurash yuzasidan davlatimiz tomonidan tadrijiy, aniq chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ammo bugungi kunda tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan uyushgan transmilliy jinoyatchilik ko‘rinishlaridan biri, odamlardan qonunga xilof tarzda foydalanish va odam savdosidir. Mazkur muammo ko‘pqirrali bo‘lib uning yechimini topish ko‘p qirrali yondashuvni talab qiladi. Odamlardan xalqaro miqyosda foydalanish uchun ularni yollash, ya’ni odam savdosi deb ataladigan bu jinoyat ham qurol-yarog‘ va giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalari bilan bog‘liq serdaromad jinoyatlarga o‘xshash bo‘lib, bu boradagi uyushgan jinoiy faoliyat mo‘may daromad keltirishi, amalga oshirish usullari esa o‘ta maxfiy va xavfli ekanligi bilan ajralib turadi. Odam savdosi inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, osoyishta turmushi hamda kelajagiga tahdid solayotgan transmilliy uyushgan jinoyatchilik ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, o‘zining chegara tanlamasligi hamda girdobiga asosan yoshlarni va ayollarni tortayotganligi bilan barchada katta tashvish va xavotir uyg‘otmoqda. Shu o‘rinda Shu o‘rinda huquqshunos A.Sharofutdinovning ushbu jinoyatlarni sodir etilish nafaqat bir shaxsning sha’ni va qadrqimmatini poymol qiladi, balki u davlatimizni xalqaro miqyosida obro‘-e’tiboriga ham katta putur yetkazadi, degan fikrlariga qo‘shilamiz. Ta’kidlash joizki, odam savdosi – bugungi kunda eng katta global 501 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 muammolardan biridir. Huquqshunos M.A.Rajabovaning fikricha, o‘tgan asrdan yigirma birinchi asrga transmilliy tashkiliy jinoyatchilikning uchta eng xavfli turi “meros” bo‘lib o‘tdi, ular terrorizm va din niqobi ostidagi zo‘ravonlik ruhi kuch ishlatish, ya’ni, estremistik, fundamentalisti, separatistik xurujlar turadi. Keyingisi esa narkobiznes va eng so‘nggisi odam savdosi, traffik bilan shug‘ullanuvchi yirik- yirik jinoyatchi tashkilotlardir. Odam savdosi keng tarqalgan jinoyat bo‘lib, dunyoda mavjud barcha mamlakatlarda sodir etiladi. Sababi ushbu jinoyat tufayli dunyoda daromadi yuzasidan uchunchi o‘rinni egallaydigan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etiladi. Bu orqali inson deb atalmish mavjudodning erkinligi cheklanadi, sha’ni qadr – qimmati toptaladi. Shu tufayli odam savdosi jinoyatini aniqlash, ushbu jinoyatni sodir etganlarni jinoiy javobgarlikka tortish orqali jazoning muqarrarligini ko‘rsatish, uni oldini olish, oqibatlarini imkon qadar kamaytirish, odam savdosidan jabrlanganlarga nisbatan profilaktik choralarni ko‘rish zarur hisoblanadi. Odam savdosi jinoiy faoliyatning o‘ta xavfli va shaxsni tahqirlovchi turidir. Tahqirlanish shunda namoyon bo‘ladiki, mazkur jinoyat qullikka o‘xshash shakllarda sodir qilinadi. Bundan tashqari, insonni ekspluatatsiya qilish, “tovar” sifatida sotish, inson omilidan foydalanish yo‘li bilan daromad orttirish bilan bog‘liqligi sababli tahqirlovchi mazmun kasb etadi. Bunday faoliyatning ingliz tilidagi nomi dunyoning ko‘p tillariga o‘zgarishsiz o‘tib kelgan. Xususan, xalqaro jinoyat huquqida jinoiy faoliyatning bu turiga nisbatan “traffik” atamasi ishlatiladi. Aslida, “Traffik” lotin tilidagi “traffiso” so‘zidan olingan bo‘lib, dastlab uni italiyaliklar muomalaga kiritgan. “Traffiko” – italyancha “tijorat”, “savdo” ma’nosida ishlatilgan. Dastlab bu atama “tabak traffik” shaklida qo‘llanilib, tamaki savdosi, tamaki bilan tijorat qilish ma’nosida ishlatilgan. Keyinchalik italiyaliklar uni qisqacha “traffik” deb atashgan. Darhaqiqat, shu so‘z o‘zagi asosida traffikant, ya’ni savdo qiladigan do‘kon egasi, do‘kondor so‘zi kelib chiqqan. Odam savdosi tushunchasiga ta’rif va ushbu jinoyat uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasida berilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-apreldagi “Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan ushbu modda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga yangi tahrirda berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-154-son Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi hamda 2020-yil 17-avgustda O‘zbekiston Respublikasining 502 “JOURNA
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada odam savdosi jinoyatining tushunchasi va uning ijtimoiy xavfli ko‘rinishlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada odam savdosi jinoyatining tushunchasi va uning ijtimoiy xavfli ko‘rinishlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Odam savdosiga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonuni, profilaktika, ekspluatatsiya., jinoyat kodeksi, Odam savdosi, jinoyatchilik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025