Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURIZM INDUSTRIYASIDA MARKETINGDAN FOYDALANISH XUSUSIYATLARI
UZBEKISTAN” JURNALI · Utepbergenova Miyassar
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Bu maqolada turizm industriyasida marketingdan foydalanish xususiyatlari haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: xizmat ko’rsatish bozori, xizmat, aymaq, marketing, turizm, mehmonxona xizmatlari, madaniy xizmatlar, maishiy xizmatlar, kommunal xizmat. Turizm hozirgi vaqtda xalq xo‘jaligining muhim qismi bo‘lib, u milliy iqtisodiyotning barcha jabhalariga amaliy ta’sir etib kelmoqda shu bilan bir qatorda, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati tabora ortib bormoqda. Turizmning mahalliy aholi hamda xorijiy fuqarolarning mazkur mamlakat(mintaqa)larning tarixi, tarixiy arxitektura obektlarlari, mahalliy aholining urf-odatlari, an'analari bo‘yicha intellektual salohiyatini oshirishi, ularning dam olish, davolanishi bilan bir qatorda mamlakat iqtisodiyotiga bevosita ijobiy ta’sir etib kelmoqda. Shunday ekan ushbu sohani rivojlantirishga katta e’tibor berib, sohadagi mavjud muammolarni aniqlash vaularni bartaraf etish lozim [1]. Turizmning O'zbekiston YaIM ga bevosita hissasi 2015 – yilda 1 810,7 mlrd. so’mni (YaIM ning 1,1%) tashkil etdi. 2016-yilda ushbu ko’rsatkich 3,2% ga o’sdi. 2017- 2026-yillar oralig’ida esa 6,2% oshishi rejalashtirilmoqda hamda 2026-yilga kelib bu ko’rsatkich 3 404,2 mlrd. so’mni tashkil etadi deb taxmin qilishmoqda. Jahonga o‘zining qadimiy yodgorliklari bilan tanilgan Buxoroning turistik salohiyati nihoyatda yuqori. Bu zaminda turizmni yanada rivojlantirish, uning infratuzilmasini takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Ayni paytda viloyatda sayyohlarni yuqori saviyada kutib oladigan 130 ga yaqin mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda, aeroportning yangi terminali foydalanishga topshirildi, turistik markazlarga eltuvchi yo‘llar rekonstruksiya qilinib, madaniy va tarixiy ob’yektlarda ta’mirlash ishlari jadal olib borilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, shaharning iftixori 495 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 sanaluvchi aksariyat tarixiy obidalarning to‘liq bir ansambl tarzida ekanligi xorijiy va mahalliy turistlarni doimo o‘ziga jalb- 415 - © Qaraqalpaq mámleketlik universiteti, Ekonomika fakulteti “Ilim hám ekonomikanıń óz-ara baylanısı – modernizaciyalıq hám innovaciyalıq rawajlanıw tiykarı» atamasında xalıqaralıq ilimiy-ámeliy konferenciya, 15-oktyabr 2024-jıl etib kelmoqda. Kelayotgan sayyohlar sonining o`sib borishi, ularning Buxoroga qiziqishi natijasida shahrimizda qadimiy hunarmandchilik, noyob kasblar qayta tiklandi. 1991 yilgacha o`zbek xonadoni, tarixi, madaniyati haqida butunlay tuShunchaga ega bo`lmagan sayyohlar bugungi kunda yurtimizning uziga xos, ming yillik tarixi, madaniyati tugrisida tasavvurga ega bulib, milliy bayramlarimiz va to`y-marosimlarimizda ishtirok etib, xalqimiz azaliy urfodatlarining butun dunyoga yoyilishiga hissa qo`shmoqdalar. Bunda har yili o`tkazilayotgan “Ipak va ziravorlar” festivali, “Palov sayli” singari madaniy tadbirlar alohida o`rin egallaydi. O`z navbatida viloyatimiz fuqarolari ham dunyo kezib, xorijiy mamlakatlar bilan do`stona aloqalarni tobora kengaytirmoqdalar. Tadbirkorlikda faoliyat ko‘rsatayotgan hamma xodimlar marketing tadqiqotlarini olib borishni yaxshi bilishlari va tuShunishlari hozirgi kun talabi bo‘lib qolmoqda. Chunki, uzoq muddatli faoliyat ko‘rsatish maqsadida marketing sohasini bilish orqaligina biznesni to‘liq amalga oshirish mumkin [2]. Hozirgi kunda esa har bir turistik korxona o`zining har bir zarar keltirgan operatsiyasi uchun o`zi moddiy javobgarlikni oladi. Shu sabab ham tadbirkorlik faoliyatining xavfiga turistik firma har doim tayyor bo`lishi lozim. Ushbu xavf tushish darajasiga marketing konsepsiyasini to`g`ri va aniq foydalanish yo`li bilan erishish mumkin. Albatta, bozorda nafaqat raqobat kurashi marketing mohiyatini anglatadi. Turfirma uchun yanada muhim maqsad bo`lib tur mahsulotni ishlab chiqish va sotish hajmining, daromad va foydaning oshishi, rentabellikning ko`tarilishi 496 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 hisoblanadi. Zamonaviy marketing turistik firmalarning har bir faoliyati, funksional strukturalariga aloqador, marketingning sotish usullari turfirmalar jamoalari jarayonlarining kunlik ishi bo’ladi. Marketing – bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish shakllarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yechish, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondoshish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, bozor konyunkturasini o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Turfirmalarga nima uchun marketing kerak degan savolga javob beradigan bo`lsak, ularning bozordagi faoliyat shartlari kichik yoki katta xavf bilan bog`liq bo`lib hisoblanadi, ular darajasi es
Доказательный фрагмент
«Bu maqolada turizm industriyasida marketingdan foydalanish xususiyatlari haqida so’z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюBu maqolada turizm industriyasida marketingdan foydalanish xususiyatlari haqida so’z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- turizm, marketing, aymaq, xizmat ko’rsatish bozori, mehmonxona, xizmat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024