Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GLOBAL KASBIY SOG‘LIQ VA XAVFSIZLIK KOALITSIYASI HAMKORLIGIDA SANOAT ISHLAB CHIQARISHDA IJTIMOIY-IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
UZBEKISTAN” JURNALI · Karakulov Muzaffar Abduvaliyevich
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Global kasbiy sog‘liq va xavfsizlik koalitsiyasi hamkorligida sanoat ishlab chiqarishda ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollari tahlil qilingan. Kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni ta’minlash hamda uning oqibatida kelib chiqadigan xarajatlardan saqlanish bilan yuqori iqtisodiy o‘sishga erishishning ijtimoiy-iqtisodiy yechimlari o’rganilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida mehnat muhofazasi jarayonlarini raqamlashtirishga oid tegishlicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: samaradorlik, korxona, mehnat muhofazasi, shikastlanish, baxtsiz hodisa, hodim, salomatlik, kasb kasalliklari. Hozirgi kunda jahon YaIMning 33 foizi aynan qurilish, sanoat va ishlab chiqarishda yaratilmoqda. 2030 yilga kelib jami yaratilgan ish hajmi 65 foizga ortib (8 trln. AQSh dollari) umumiy aylanma 15,5 trln. AQSh dollarini tashkil etishi kutilmoqda1. 2024 yilda jahon sanoatida 780 million nafar ishchi-xodim band bo‘lib umumiy ish kuchining 7,9 foizini tashkil etmoqda2. Bevosita mehnat faoliyati bilan 2 mln. nafar xodim ish joylarida bevaqt hayotdan ko‘z yummoqda. Shuningdek, 160 million nafar xodim ish jarayonida turli xil kasb kasalliklariga chalingan3. MDH mamlakatlarida esa halokatli kasb kasalliklari soni 11 mingdan ortiq holatni tashkil etgan. Kasbiy sog‘liq va xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatlar yiliga 65 ming nafar xodimning o‘limga sabab bo‘lgan4. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, dunyo bo‘yicha umumiy zarar yiliga jahon YaIMning o‘rtacha 4 foiz (1,25 trln. AQSh 1 1http://www.globalconstruction2030.com/assets/press/2030/GC2030_Press_Release 2 ttps://constructionblog.autodesk.com/construction-industry-statistics/ https://data.worldbank.org/indicator/SL.TLF.TOTL.IN 3 https://www.ilo.org/global/about-the-ilo/newsroom/news/WCMS_007969/lang--en/index.htm 4 http://www.ilo.org/moscow/areas-of-work/occupational-safety-and-ealth/WCMS_249278/lang--en/index.htm 413 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 dollari)yo‘qotilishiga olib kelmoqda. Shu jumladan, qurilish sanoatida yiliga 337 million baxtsiz hodisalar yuz berib umumiy zarar 890 mln. AQSh dollarini tashkil etgan5. Bugunki kunda jahon miqyosida kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni ta’minlash tizimining xalqaro integratsiyalashuvini tubdan takomillashtirish maqsadida o‘tish davri iqtisodiyoti va rivojlanayotgan mamlakatlar sanoat ishlab chiqarishida xavfsiz ish muhiti va madaniyatini shakllantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldini olish va aniqlashda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, ishchilarning mushak taranglashuvi va ruhiy zo‘riqish muammolarini hal qilish natijasida inson kapitalini rivojlantirishga oid xalqaro ilmiy tadqiqotlar muhim islohotlardan biriga aylangan[8]. O‘zbekistonda ham barcha soha tashkilotlarida baxtsiz hodisalar sonining ortib borishi nafaqat ish beruvchiga iqtisodiy zarar keltirishi balki, ishchilar hayotining yuqori xavf ostida qolishida ijtimoiy yo‘qotishlar hatto, hayotdan bevaqt ko‘z yumish holatlari muntazam uchrab turibdi. Shunga ko‘ra, mehnat muhofaza jarayonlarida xalqaro standartlarni joriy etish va baxtsiz hodisalarni oldini olishda raqamli tehnologiyalarni qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan Respublikamizdagi barcha sohaviy tashkilotlar va sanoat ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasi jarayonlarini samarali boshqarishda raqamli texnologiyalardan foydalanish dolzarb hisoblanadi[7]. Sanoat ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi va uni xavfsizligini ta’minlash borasida ilmiy-tadqiqotlar olib borgan xorijiy iqtisodchi olimlardan K. Sulaymon, P Xages, E. Ferett, D.Valterz, S. Villiams, N. Alkanam, M. Kxeni, K. Koji, J. Serbitzer, X. Vua, K. Liu, L. Zang, J. Skebnevskiy, Yu.Vang kabilarning izlanishlari diqqatga sazovor6. 5 Bilal Kaassis and Adel Badri. Development of a Preliminary Model for Evaluating Organizational Health and Safety in small and medium-sized enterprises. Safety journal February 1.2023. 6 Khairuddin Sulaiman. A study of building Procurement Process as a potential tool to Enhance safety practice In the construction industry Malaysia, 2008.; Phil Hughes, Ed Ferrett. Introduction to Health and Safety in Construction. Second edition, Oxford, UK, 2008.; Stephen Williams. Health and safety in construction, London, UK, 2006.; Nongiba Alkanam Kheni. Impact of health and safety management on safety performance of small and medium-sized construction businesses in Ghana. Loughborough University, London, UK, 2008.; J. Serbitzer, X. Wua, Q.Liu, L. Zhang, J. Skibniewski, Y. Wang. Prospective safety performance evaluation on construction sites. Accident Analysis and Prevention, 2015.; Occupational health and safetyan annotated bibliography of research and related literature (1998 - 2003). 414 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact
Доказательный фрагмент
«Global kasbiy sog‘liq va xavfsizlik koalitsiyasi hamkorligida sanoat ishlab chiqarishda ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюGlobal kasbiy sog‘liq va xavfsizlik koalitsiyasi hamkorligida sanoat ishlab chiqarishda ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini oshirish istiqbollari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- korxona, mehnat muhofazasi, shikastlanish, samaradorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026