Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
3-sinf oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq ogʻzaki ijodi namunalari
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada 3-sinf oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq ogʻzaki ijodi namulari va ular nima maqsadda berilgani haqida soʻz yuritiladi Kalit soʻzlar: maqol,topishmoq, rivoyat,xalq ogʻzaki ijodi, boshlangʻich sinf Boshlang‘ich ta’lim bola aqliy tarbiyasini kuchaytiradigan, tarbiyaning boshqa yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liqlikda olib boriladigan, bilim va dunyoqarashning ko‘lamini kengaytiradigan, eng asosiysi, yuqori sinflarda muvaffaqiyatli ta’lim olishini ta’minlaydigan bosqichdir. Shu tufayli boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fanlar, ularning bo‘limlari, har bir mavzu va tushunchalar alohida e’tibor bilan tanlanadi. O‘quvchining bilim saviyasi va darajasiga mos holda aqlining o‘sib borishini ta’minlaydigan, kundalik turmush amaliyotida foydalanadigan, hayotda sodir bo‘lgan voqea va hodisalarning mohiyatini anglatuvchi materiallar o‘tiladi. Mana shu jarayonda xalq og‘zaki ijodi namunalari ham o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Xalq ogʻzaki ijodiga, xalq dostonlari, maqollar, matallar, topishmoqlar, hikmatli so‘zlar, afsona va rivoyatlar, kiradi.Boshlangʻich sinf darsliklarida asosan maqol,topishmoq va rivoyatlar koʻproq keltirilgan. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga kuchli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi turlariga maqollar, ertak va rivoyatlar, qo‘shiqlarni kiritish mumkin. Topishmoqlar ko‘proq aqliy tarbiya va bilim olishning vositasi deb tahlil qilinadi. Maqol bu xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli. Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, 297 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqol tarbiyaviy ahamiyatga ega.U oʻquvchilarni tarbiyalaydi. Topishmoq narsaning nima ekanligini bilishni tinglovchi yoki o'quvchining ixtiyoriga qoldiradigan o'yin bo'lib, uning xususiyatlarini ismini tilga olmay, bilvosita aytib beradi Topishmoq esa oʻquvchilarning aqliy faoliyatini oʻstirishga yordam beradi. 3-sinf 1-qism oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq ogʻzaki ijodi namulari: Tilingni botir qilma, oʻzingni botir qil.(maqol) Nomard yovga yalinar,mard kuchiga suyanar(maqol) Onaning koʻngli bolada,bolaning koʻngli dalada(maqol) Ikki otim bor,bir-biridan chopagʻon.(Oyoqlar) Oʻquvchi toʻplar,Oʻqituvchi sochar.Dangasa esa topolmay qochar.(Bilim) Likopchaning akasi,oilaning kattasi.Palovtoʻra joy olgan uning nomidir...(Lagan) 3-sinf 2-qism Yaxshiga aytsang bilar, Yomonga aytsang kular. (maqol) Kamtarga kamol, manmanga zavol. (maqol) Yaxshi-el gʻamida,Yomon-oʻz gʻamida. (maqol) Yoʻlni kesib oʻtishda yordam berar yoʻl-yoʻl chiziq. (Peshoxot) Ustma-ust uchta chiroq, Koʻzlariga sergak boq. Harakatni kuzatar, Xatolarni tuzatar. (Svetafor) Turli rang-u shaklda, turadi yoʻl chetida. Tartib qoida mujassam, sodiq doʻstdir har joyda. (Yoʻl belgilari) Urdim gup etdi, yer tagiga kirib ketdi. (Ketmon) Tishlagan yerini uzar. (Ombur) Ogʻzi yoʻq, tishi koʻp. (taroq) Bir koʻzli kampir, koʻylakka gul tikar. (igna) 3-sinf 3-qism "Tabiat zanjiri" rivoyati 298 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 "Bogʻbon va nihol" rivoyati Har mevaning poʻchogʻi bor, har soʻzning oʻlchovi bor o Suvga tupurma,suvsiz qolasan. (maqol) o Har kim oʻz yerini gulzor qilsa, butun olam gulga burkanadi. (maqol) 3-sinf 4-qism "Merosga kim munosib?" rivoyati "Mehr urugʻi" rivoyati "Aql va davlat" ertagi "Orol"rivoyati Til bilan tugulgan tugun tish bilan yechilmas. (maqol) Chiroyli maqtovdan, xunuk haqiqat yaxshi. (maqol) Rost soʻzni ayt, yolgʻon soʻzdan qayt. (maqol) Gur-gur etar,uchar ketar, Yurtdan yurtga odam eltar. (samalyot) Choʻzilib yotar narvon, undan oʻtar uy-karvon. (poyezd) Togʻdan kelar toshlar kabi,Egarlangan otlar kabi. (suv) Uzun-uzun iz ketdi, Uzun boʻyli qiz ketdi. (ariq) Oʻyib oldim,izi yoʻq. (daryo) Qozonda emas qaynaydi, Qishin-yozin tinmaydi. (buloq) Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, 3-sinf darsligida umumiy 34 ta xalq ogʻzaki ijodi namulari bor ekan. Bulardan eng koʻpi maqol va topishmoqlar soʻngra rivoyatlar. Maqollarning berilganidan maqsad,uni oʻqib,yodlagan oʻquvchi oʻziga albatta tarbiyaviy xulosa oladi. Masalan:"Rost soʻzni ayt, yolgʻon soʻzdan qayt" maqolida oʻquvchilar faqat rostgoʻy boʻlish, yolgon gapirmaslik kerakligini bilib olishadi. "Kamtarga kamol, manmanga zavol" maqolidan esa kamtar inson doim kamol topishi,rivojlanishi,doim maqtovlar,yaxshi soʻzlar eshitishi, manman inson esa hechqachon kamol topmasligi balki zavol topishi,doim uyatga qolishini bilib oladilar. Va oʻquvchilarga manman emas, balki kamt
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada 3-sinf oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq ogʻzaki ijodi namulari va ular nima maqsadda berilgani haqida soʻz yuritiladi Kalit soʻzlar: maqol,topishmoq, rivoyat,xalq ogʻzaki ijodi, boshlangʻich sinf B…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada 3-sinf oʻqish savodxonligi darsligidagi xalq ogʻzaki ijodi namulari va ular nima maqsadda berilgani haqida soʻz yuritiladi Kalit soʻzlar: maqol,topishmoq, rivoyat,xalq ogʻzaki ijodi, boshlangʻich sinf B… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- maqol, rivoyat, topishmoq, boshlangʻich sinf, xalq ogʻzaki ijodi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024