Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TAJRIBA ISHLARI NATIJALARIGA STATISTIK ISHLOV BERISHDA STYUDENT KRITERIYSIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
UZBEKISTAN” JURNALI · Israilov М.
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
this article is devoted to statistical processing of the results of experimental work, determination of the reliability interval, completion of experimental work based on graphs of functional dependencies of physical quantities included in the topic under study. Key words: statistics, scientific and experimental, practical and experimental, confidence interval, Student's criteria, Gaussian distribution, normal distribution, probability, monotonicity, dispersion, Student's coefficient, abnormal result, gyroscopic effects, scientific conclusion. 271 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Maqola tajriba ishlari natijalariga statistik ishlov berish va bunda Styudent kriteriysidan foydalangan holda ishonchlilik intervalini aniqlash, tajriba ishi mavzusi va tajriba ishi natijalari asosida, tajriba ishlarini ilmiy xulosalar bilan yakunlashga bag‘ishlangan. Odatda tabiiy fanlar quyidagi uchta turga bo‘lib o‘qitiladi, bular: ma’ruza, amaliy mashg‘ulot va laboratoriya mashg‘ulotlari. Bulardan laboratoriya mashg‘ulotlari, ishchi fan dasturlari asosida, laboratoriya ishlarini, ya’ni tajriba ishlarini bajarishga hamda tajriba ishlarini bajarishga ko‘nikmani shakllantirishga bag‘ishlanadi. Zero, aynan mana shu mashg‘ulot turida yoshlar tajriba ishlari bilan shug‘ullanishadi, shu bilan birgalikda, tajriba ishlarini bajarishga, ularning bajarish qoidalariga rioya qilishga o‘zlarida ko‘nikmani shakllantirib borishadi. Tajriba ishlarini olib borish tartibiga yoki qoidalariga nimalar kiradi? Tajriba ishi mavzusi asosida uning nazariyasi bilan puxta tanishish, tajriba ishida foydalaniladigan asbob-uskunalar yoki tajriba ishi qurilmasi bilan tanishish, tajriba ishida elektr sxema bo‘lsa, uni yig‘ish, yig‘ilgan elektr sxemani o‘qituvchiga tekshirtirish, ishni bajarish tartibi bo‘yicha tajriba ishini, aniqlikka rioya qilingan holda, bajarish, tajriba natijalariga statistik ishlov berish va shu asosda ishonchlilik intervalini keltirib chiqarish, tajriba ishi mavzusi va olingan natijalar asosida tajriba ishini xulosalar bilan yakunlashlar kiradi. Huddi shundan kelib chiqib har qanday tajribaviy tadqiqot ishlari natijalarga statistik ishlov berilib, unda aniqlanishi talab qilingan kattalikning ishonchlilik interpali, ma'lum bir ehtimollik bilan, aniqalanadi. Faqat shundagina olingan natija biror-bir ilmiy-tajribaviy ishning natijasi sifatida foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi. Undan boshqa, bundan boshqa tadqiqot ishlarida foydalanish mumkin biladi. Shu bilan birgalikda, natijalar asosida gauss taqsimotini chisish bilan anomal qiymatlarni tashlab yuborish mumkinligi asoslanadi. Biror bir kattalikni aniqlash maqsadida tajribani ko‘p sonda bajarish olingan natijaning ishonchliligi va aniqligini orttiradi, statistik ishlov berish maqsadida kompyuter imkoniyatlaridan foidalanishga majbur bo‘linadi. Ko‘pchilik hollarda esa, aynan laboratory ishlarini bajarishda tadqiqot ishini ko‘p sonda bajarishga imkon bo‘lmaydi, natijada ko‘p sondagi natijalar statistik ishlov berishga mo‘ljallangan statistic nazariya biroz buziladi. Aynan mana shu joyda Styudent kriteriysidan foidalanishga to‘g‘ri kelinadi. [1] 272 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Tadqiqot natijalarining xatoligi ikkiga: ya’ni muttasil va tasodifiy xatoliklarga bo‘linib, bulardan muttasil xatolik tadqiqot ishlarini boshlash paytidagi asbob- uskunalarini ishga tayyorlab olish jarayoniga bog‘liq bo‘lsa, tasodifiy xatolik tadqiqot ishini olib borishdagi diqqat va e’tiborga bog‘liq bo‘ladi. Bulardan muttasil xatolik o‘lchovlar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Tasodifiy xatolik esa o‘lchovlar soni ortishi bilan kamayib boradi. Bu degani o‘lchovlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, olingan natija shunchalik o‘zining haqiqiy qitmatiga yaqinlashib boradi. Tasodifiy qiymatlarning taqsimot qonuniyati Gaussning normal taqsimot qonuniga bo‘ysinadi. Biror-bir o‘lchanayotgan kattalikning tasodifiy xatoligi y bo‘lsin, bu aniq bir taqsimot qonuniga bo‘ysinadigan uzluksiz tasodifiy kattalik bo‘ladi. у xatolikning ehtimollik taqsimoti zichligi φ(y) bo‘lib, uni xatolik intervali dу ga ko‘paytirsak у ning у+dy oralig‘ida yotish ehtimolligi dP ni beradi. Demak dP = ϕ(y)dy , ushbu ehtimollikdan olingan integral va tasodifiy xatoliklarning barchasi normal taqsimot Ichida yotadi. Odatda har ikkala ishora xatoliklari bir xil. Ya’ni φ(y) = φ(-у). Xatolik absolyut qiymati jihatidan qancha katta bo‘lsa, shunchalik uning ehtimolligi kamayadi, ya’ni u ortishi bilan monoton kamayadi. Taqsimot qonuniyatida - 𝝋(у)𝝈𝟐 у kattalikning sochilish xarakteristikasini beradi. Dispersiya qancha katta bo‘lsa, taqsimot shunchalik yoyiq bo‘ladi. Xatolikning kattaligi qancha kichik bo‘lsa, o‘lchanayotgan kattalikning xuddi shu xatolik bilan aniqlangan intervalda topilish ehtimolligi kamayadi. O‘lchanayotgan kattalikn
Доказательный фрагмент
«this article is devoted to statistical processing of the results of experimental work, determination of the reliability interval, completion of experimental work based on graphs of functional dependencies of physical…»
Образец извлечения
Демо-превьюthis article is devoted to statistical processing of the results of experimental work, determination of the reliability interval, completion of experimental work based on graphs of functional dependencies of physical… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- statistics, scientific and experimental, practical and experimental, Styudent mezonlari, amaliy-tajribaviy, ishonchlilik oralig'i, ilmiy-tajribaviy, Gauss taqsimoti, statistika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026