К содержанию
РецензированоUZ2024

Xotira jarayonining yosh davrlarida rivojlanish omillari

UZBEKISTAN” JURNALI · Rajabova Xolida Matnazar qizi

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Maqolada xotira haqida nazariyalar, uning mexanizmlari, nerv- fiziologik asoslari, yosh davrlarida xotira xususiyatlari haqida yoritilgan Kalit so`zlar: xotira, harakat, obraz, amneziya, kichik maktab yosh davri, rivojlanish, tasavvur, mexanik xotira, mantiqiy xotira, esda saqlash, assotsiativ va logik esda qoldirish, Insonning butun aqliy taraqqiyoti asosan xotiraning taraqqiyotidan iborat ekan, xotira bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlaboq rivojlana boshlaydi. Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin atrofidagi odamlarni va narsalarni tanishida ko‘rina boshlaydi. Buni biz bola o‘ziga tanish bo‘lgan narsani ko‘rganida qiladigan harakatlardan bilishimiz mumkin. Masalan, bola o‘ziga yaqin odamlarnni ko‘rganida unga talpinadi yo notanish odamdan yotsiraydi. Kichik yoshli bolalarda tanib olish qobiliyatining borligi, idrok qilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish imkonini beradi. Yoshiga to‘lgach, bolada xotiraning murakkab turlari, ya’ni eslash vujudga kela boshlaydi. Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni eslay oladigan bo‘ladilar. Bunda bolalar tasavvurlarining roli nihoyatda kattadir. Tasavvurlari tufayli bolalar o‘tgan narsalarni bemalol eslay oladilar, masalan, bolaga ko‘z o‘ngida bo‘lmagan narsaning nomini aytsangiz, u ko‘zlari bilan chor atrofga qarab shu narsani izlay boshlaydi. Bola xotirasining rivojlanishida nutqining o‘sishi juda katta ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va hodisalarni faqat bevosita ko‘rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalarning nomlari orqali ham idrok qila oladigan bo‘ladi. Bundan tashqari ular kattalardan so‘rab bilib olish, eshitish orqali ham o‘z xotiralarini boyitadilar Xotira - idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarini va esda qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira eng yaxshi damlarni esda qoldiradi. U nerv sistemasi xususiyatlaridan biri bo`lib, tashqi olam voqealari va organizm reaksiyalari haqidagi axborotni uzoq saqlash hamda uni ong faoliyatida va xulq, xatti harakati doirasida takror chiqarish qobiliyatida namoyon bòladi. Ilk bolalik davridagi bolalarda xotiraning barcha jarayonlari ko‘rina boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bola dastavval mexanik ravishda, ya’ni ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi. Buning o‘ziga xos jihati bor, albatta. 267 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Birinchidan, yuqorida aytib o‘tganimiz kabi bolalarda turmush tajribasi juda oz bo‘ladi, ular ko‘p nomlarni hali mutlaqo bilmaydilar, lekin hayotda to‘qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar asab tizimining plastikligi, ya’ni juda egiluvchanligi kattalarnikidan ham ustunroq bo‘ladi. Assotsiativ psixologiya maktabining vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi bo`lib oliy ruhiy jarayon bo`lgan xotirani tajriba metodi negizida tekshirgan va keng ko`lamda turmushga tatbiq etgan. Xotira jarayonini tajriba orqali tekshirishning asosiy yo`nalishini ishlab chiqdi. German Ebbingauz o`z “sof” xotira qonunlarini o`rganish imkonini beruvchi, boshqacha so`z bilan aytganda tafakkurga bog`liq bo`lmagan holda izlarning esda qolish jarayonini tadqiq etishning yangi uslubini taklif qilgan, ya`ni ma`nosiz bo`ginlarni yod olishdan iborat bo`lgan bu uslub materialni esda olib qolishning egri chiziqiga oid qonunni kashf qilishga, uning asosiy qoidalarini bayon etishga va ana shularning asosida izlarni xotirada saqlanish muddatini hamda asta-sekin so`nish holatini tekshirishga imkoniyat yaratdi. G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog`liqligini tajriba orqali o`rganagan. To`plangan natijalarning ko`rsatishicha, materialni yod olgandan so`ng unutishning sur`ati tez keyinchalik esa u birmuncha sekinlashadi. G.Ebbingauz izdoshlari va shogirdlari tomonidan o`tkazilgan juda ko`p tadqiqotlarlarning ko`rsatishicha unutish sur`ati materialning ma`noli yoki ma`nosizligiga, uning qanchalik anglanilganligiga bog`liqdir. Rus psixologlari tadqiqotlarining natijalari ma`noga ega bo`lgan materialni o`zlashtirishda esda olib qolish uchun turli xil yo`nalish, ko`rsatma berish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda xotiraning yuksak(yuqori) shakllarini birinchi marta tadrijiy ravishda tadqiq qilish taniqli psixolog L.S.Vigotskiyga nasib etgan. U maxsus tekshirishlarning predmeti qilib, xotiraning yuksak shakllarining rivojlanishi muammosini tanlagan va o`z shogirdlari A.N.Leontev va A.V.Zankov bilan birgalikda xotiraning yuksak shakllarini ruhiy faoliyatning murakkabshakli ekanligini, kelib chiqish jihatidan ijtimoiyligini ko`rsatadi. Shuning bilan birga u murakkab, mohiyatiga ko`ra esda olib qolishning asosiy bosqichlari rivojlanishini isbotlab bergan. A.N.Leontev, S.L.Rubinshteyn, P.A.Ribnikovlar bolalar xotira faoliyatini o`rganganlar. Shuningdek ular o`qish faoliyatiga asoslangan holda maktab o`quvchilarida tekshirish ishlarini olib borganlar. Ular tomonid

Доказательный фрагмент

«Maqolada xotira haqida nazariyalar, uning mexanizmlari, nerv- fiziologik asoslari, yosh davrlarida xotira xususiyatlari haqida yoritilgan Kalit so`zlar: xotira, harakat, obraz, amneziya, kichik maktab yosh davri, rivo…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada xotira haqida nazariyalar, uning mexanizmlari, nerv- fiziologik asoslari, yosh davrlarida xotira xususiyatlari haqida yoritilgan Kalit so`zlar: xotira, harakat, obraz, amneziya, kichik maktab yosh davri, rivo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
amneziya, assotsiativ va logik esda qoldirish, rivojlanish, kichik maktab yosh davri, mexanik xotira, tasavvur, harakat, xotira, esda saqlash, obraz, mantiqiy xotira
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники