К содержанию
РецензированоUZ2024

Boshlang’ich sinfda bolalar o‘yinlari tasnifi

UZBEKISTAN” JURNALI · G.I. Shuhratova (Buxoro davlat pedagogika instituti professori.)

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda bolalar o‘yinlari tasnifi va o‘yinlar vositasida boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish xususida so‘z yuritiladi. Kalit so’zlar: boshlang’ich sinf , ijodiy faoliyat, o‘yinlar, o‘yinlar tasnifi, harakatli va rolli o‘yinlar, ishbop o‘yinlar, milliy o‘yinlar Boshlang’ich ta’limda o‘yinlar o‘quvchilarning ijodiy faoliyatining bir qismi hisoblanadi. O‘yinlar - ularning inson taraqqiyotidagi o‘rnini anglashi uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. O‘yinlarda bolaning xulqi erkin shakllanadi va ijtimoiylashadi. O‘yinlarning eng muhim jihati uning ikki tomonlama xarakterga ega ekanligi bo‘lib, uning drammatik san’atga ham mosligidir. Bir tomondan o‘yin ishtirokchilari uni amalga oshirishda muayyan nostandart vaziyatlar va vazifalar bilan bog’liq haqiqiy faoliyatni bajarsalar, ikkinchi tomondan esa o‘yinlar bu faoliyatning aksariyat paytlarida mas’uliyatni his etgan holda haqiqiy vaziyatlardan chetga chiquvchi shartli xususiyat ham kasb etadilar. O‘yin boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun shunday bosqichi, bunda ular yangi bilim va tushunchalarni egallashga qaratilgan mustaqil faoliyatni boshlaydilar. Bolalar maktab hovlisida bo‘sh paytlarining bir qismini turli o‘yin va ermaklarga sarflaydilar. Bunday qilish ularga o‘z ehtiyojlarini qondirish va yaxshi dam olish imkonini beradi. Demak, o‘yinlarning ikki tomonlama vazifani bajarishi uchun uning rivojlantiruvchi maqsadga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘yin faoliyati elementlaridan ta’lim jarayonida ko‘plab foydalaniladi. Masalan: rolli o‘yinlar, didaktik o‘yinlar, harakatli o‘yinlar va milliy o‘yin. O‘zbek xalq milliy o‘yinlariga o‘z ichida quyidagilarga bo‘linadi: 1. Harakat sifatlarini rivojlantiruvchi o‘yinlar; 2. Darsni ayrim qismlarida qo‘llaniladigan o‘yinlar; 3. Turli yoshdagi bolalar faoliyatida qo‘llaniladigan o‘yinlar; 4. Bolalar jinsiga qarab qo‘llaniladigan o‘yinlar; 239 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 5. Ruhiy hissiyotlarni rivojlantiruvchi o‘yinlar; 6. Yorug’ va qorong‘u sharoitlarda qo‘llaniladiga o‘yinlar; Harakat sifatlari (jismoniy sifatlar)ni rivojlantiruvchi o‘yinlarga quyidagilar kiradi: “Tortishmachoq”, “Kun va tun”, “To‘p uchun kurash”, “Qirqtosh” , “Quvib yet” va boshqalar. Darsning ayrim qismlarida qo‘llaniladigan o‘yinlar: “Kun va tun”, “Daqiqa”, “Jami”, “Kimning ovozi?”. Turli yoshdagi bolalar o‘rtasida o‘tkaziladigan o‘yinlar: “Quvlashmachoq”, “Bekinmachoq”, “Oq terakmi, ko’k terak”. Bolalar jinsiga qarab o‘tkaziladigan o’yinlar: “ Besh tosh”, “Xo‘rozlar jangi”, “Xola-xola”, “Ovqat pishirish”, “ Soqqa”, “Mindi”. Aqliy-ruhiy qobiliyatlarni rivojlantiruvchi o‘yinlar: “Shaxmat”, “Ta’qiqlangan harakat”, “To‘xta”, “Daqiqa”. Kunduz va tunda o‘tkaziladigan o‘yinlar: “Oq suyak”, “Cho‘loq qarg’a”. Undan tashqari qo‘shiqlar bilan ijro etiladigan o‘yinlar ham mavjud bo‘lib, ular o’quvchilarning san’at sohasiga bo‘lgan qobiliyatlarini ko‘rsatish va rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Ularga misol qilib: “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Quyonim”, “Tez aytish”, “Guldurgup” va “Lapkar” kabi o‘yinlarni aytishimiz mumkin. “Tortishmachoq” O‘yinchilar aniq ikki jamoaga bo‘linadi. Har qaysi jamoada o‘zaro bir-birini belini ushlab turadi. Jamoalar o‘rtasidan o‘rta chiziq chiziladi. O‘qituvchining signali bo‘yicha har ikki jamoa bir vaqtda tortishni boshlaydi. Qaysi jamoa ilgari chiziqdan qarshi komandani tortib o‘tsa shu jamoa o’yinda yutib chiqadi. O‘yinni shu tarzda 3-4 marotaba qaytarish mumkin. Bu orqali o‘quvchilar kuchi rivojlanadi. O‘qituvchi har bir darsda bola organizmiga har tomonlama ta’sir etib, turli mashq va harakatli o‘yinlarni tanlashi, shuningdek, o‘yinlarni o‘tkazish metodikasini o‘zgartirib turishi zarur. Darsda, shuningdek turli o‘yinlarni o o‘tkazish jarayonida o‘rganiladigan materialning metodik jihatdan izchil bo’lishiga e’tibor berilishi lozim. Bu, birinchidan, darsning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini to’g’ri hal qilish, ikkinchidan, dars materiallarining to’la o’tilishiga erishish, uchinchidan, butun dars davomida har bir mashqni muayyan me’yorda to’gri olib boorish imkonini beradi.Agar dars boshida yoki o’rtalarida zo’r e’tibor berishni va moslashtirilgan murakkab harakatlar qilishni talab etadigan o’yin va mashqlar o‘tkazilgan bo’lsa, dars oxirida o’quvchilarning charchagan organizmini birmuncha tinch holatga keltirishga yordam beradigan o’yin va mashqlarni o’tkazish kerak. Masalan, dars 240 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 boshida bolalar diqqatini to’plash uchun “O’ylab top” yoki “Tezda hamma joy- joyiga”, “Man qilingan harakat” singari o’yinlar o’ynalgan bo’lsa, darsning asosiy qismida yanada harakatchanroq o’yinlarni – “Quvnoq bolalar”, “Qoch bola, kalxat keldi” kabi o’yinlarni o’tkazish tavsiya etiladi.O’rta yoshdagi o’quvchilar bilan d

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda bolalar o‘yinlari tasnifi va o‘yinlar vositasida boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish xususida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda bolalar o‘yinlari tasnifi va o‘yinlar vositasida boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faoliyatini rivojlantirish xususida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijodiy faoliyat, o‘yinlar, boshlang’ich sinf
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники