К содержанию
РецензированоUZ2024

Talabalarda stressga qarshi barqarorlikni o`rganishning ilmiy-nazariy asoslari

UZBEKISTAN” JURNALI · Rasulov Isomiddin Ravshanjon o‘g‘li · E- mail: Uzbekistan.andijon@gmail.com

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

The article describes the psychological processes of stressful situations (complicated life and educational situations that cause a person to become stressed) and the reactions to them that occur in the course of educational activities of students of a higher educational institution. Also, psychologically, the importance of behavioral characteristics of a person in getting out of stressful situations is revealed. 181 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Key words: stress, stressful situation, psychological strain, frustration, optimism, pessimism, physiological process, behavior. Kirish. Yangi O‘zbekistonda yoshlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash masalasi dolzarb bo‘lib, ularga maqsadli yordam ko‘rsatish xizmatlarini rivojlantirish tizimining zaruriy me’yoriy-huquqiy asoslari yaratildi: «Yoshlarda muammolarni hal etish, qaror qabul qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, muloqot qilish, moslashuvchanlik, stressni yengish kabi hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha maxsus o‘quvlarni rivojlantirish»2ga ustuvor vazifa sifatida qaralib, bu borada yoshlarning stressga barqarorligini oshirishga ta’sir etuvchi psixologik omillarning differensial va dinamik xususiyatlarini aniqlash, optimistik pozitsiyani shakllantirish hamda konstruktiv koping mexanizmlarni qo‘llash orqali stressga barqarorlikni oshirishga qaratilgan yangicha yechimlarni ilmiy tadqiq etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 1 maydagi O`RQ-837-son «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida» Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 senyabrdagi PF-158-son «O‘zbekiston - 2030 Strategiyasi to‘g‘risida», 2022 yil 28 yanvardagi PF - 60-son «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasi to‘g‘risida», 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmonlari, 2021 yil 18 yanvardagi PQ-23son «O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida», 2018 yil 14 avgustdagi PQ- 3907-son «Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’limtarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora- tadbirlari to‘g‘risida» Qarorlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 472-son «Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda huquqbuzarlikning oldini olish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori hamda boshqa me’yoriy hujjatlar doirasida belgilangan keng koʻlamli strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishda mazkur ilmiy tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.[1] Stress – og‘ir, mushkul yoki murakkab sharoitlarda yuzaga keluvchi psixikaning zo‘riqishidir. Stressning vujudga kelish sabablari quyidagicha: inson shug‘ullanadigan faoliyatning turi, mazmuni, mavjud shart-sharoitlar, faoliyatning tashkiliy qismi va ekstremal omillar, shuningdek, tashqi muhit insonning bor 182 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 11, 2024. NOVEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 imkoniyatlaridan ortig‘ini talab qilishi. Masalan, xizmat faoliyatida talabning ko‘payishi ham kuchli stressor hisoblanadi. Stressning yuzaga kelish sabablari ilmiy nuqtai nazardan turlicha izohlanadi. Jumladan, eng mashhur qarash sifatida G. Selyening stress nazariyasini olish mumkin. Unga ko‘ra, dunyodagi jamiki biologik mavjudotlar muhim mexanizm – muvozanatni taʼminlovchi qurilmaga ega. Ichki va tashqi stressorlarning kuchli hamda davomiy taʼsirlari muvozanatning buzilishiga olib keladi. Organizm ushbu vaziyatda o‘zining yuqori darajadagi himoya – moslashuv reaksiyasini namoyon qiladi. Qo‘zg‘alish yordamida organizm tashqi taʼsirga moslashishga urinadi. Aynan shu taʼsir stress holati hisoblanadi. Taʼsir yo‘qolmasa, stress kuchayadi, rivojlanadi va organizmda bir qancha o‘zgarishlarga olib keladi. Xavotirlikning turg‘unligi hamda davomiyligi inson xatti-harakatida quyidagi holatlarni keltirib chiqaradi: – ishtahaning buzilishi; – uyqusizlik; – xatti-harakatlardagi sustlik. Bunday fiziologik buzilishlarning davomiyligi insonda stressni paydo qiladi. Organizm esa o‘zini himoyalashga, taʼsirni so‘ndirishga harakat qiladi. Ammo, maʼlumki, organizmning kuchi cheksiz emas va jiddiy stress vaziyati vujudga kelganda, inson buni ko‘tara olmaydi. Natijada turli xastaliklar paydo bo‘ladi, stress o‘ta kuchli bo‘lganda, o‘lim holati ham kuzatiladi. Insonlar stressining muhim jihati shundan iboratki, “individuum-tashqi muhit” tizimida yani o’zaro adekvat munosabatlarni saqlab turish jarayonida psixik adaptatsiya juda muhim rol o’ynaydi. Psixik adaptatsiyaga o’z-o’zini to’liq boshqarish faoliyati natijasi sifatida qaraladi. (“operativ hotirjamlik” darajasida). Ammo bunda uning

Доказательный фрагмент

«The article describes the psychological processes of stressful situations (complicated life and educational situations that cause a person to become stressed) and the reactions to them that occur in the course of educ…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article describes the psychological processes of stressful situations (complicated life and educational situations that cause a person to become stressed) and the reactions to them that occur in the course of educ… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
stress, stressful situation, psychological strain, frustration, stressogen vaziyat, psixologik zo’riqish, frustrasiya, pessimizm, optimizm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники