Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yapon tilidagi gap bo‘laklari va ularning turlari
UZBEKISTAN” JURNALI · Saidaxmedova Nilufar Maxmud qizi
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Mazkur maqola Yapon tilining sintaktik tuzilishi va gap bo‘laklarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada yapon tilida gap bo‘laklarining turlari, ularning vazifalari va xususiyatlari haqida batafsil ma’lumot beradi. Xususan, ega tushunchasining lingvistik va psixologik yondashuvlari tahlil qilinadi. Turli olimlarning qarashlari taqdim etilgan, jumladan, ega va kesim o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ega tushib qolishi holatlari ham muhokama qilingan. Kalit so’zlar: Gap bo'laklari, ega (shugo 主語), kesim (jutsugo 述語), Yapon grammatikasi, Subyekt pozitsiyasi (shukaku 主格), Gap strukturalari. Ega (yaponcha shugo 主語) gap bo‘laklaridan biri hisoblanadi. Eganing pozitsiyasi subyekt pozitsiyasi (yaponcha shukaku 主格) deb ataladi. Shunday qilib, "ega" ga gapdagi so‘zning subyekt pozitsiyasida turgan bo‘lak sifatida qaralishi kerak. Ega tushunchasini izohlashda turli olimlar har xil fikr bildirgan. Otsuki Fumitsuko ega haqda quyidagilarni ta’kidlaydi: "Inson tafakkurida avval asosiy narsalar paydo bo‘ladi — predmet, hodisa, so‘ngra unga tegishli harakat, jarayon, holat va sifat keladi." Masalan, 花 咲く "gullar ochilyapti" gapida avval predmet, so‘ngra jarayon kelayapti. Bu yerda "gullar" - predmet sifatida, "ochilyapti" - jarayon sifatida ko‘rsatilgan. Bunda predmet "shugo" (主 語) jarayon esa "jutsugo" (述 語) (kesim) deb ataladi. Shundan kelib chiqadiki, ega deb predmet yoki hodisani ifodalovchi, ongda birinchi bo‘lib asosiy narsa sifatida paydo bo‘ladigan so‘zga aytiladi. Biroq, psixologik va tartib nuqtai nazaridan qo‘shimcha talablarga ehtiyoj ham paydo bo‘ladi. Ba’zi olimlar ega butun gapning mavzusi, ya’ni gapning tematik subyekti ekanini ta’kidlashadi. Bu qarashga ko‘ra, gap yakunlangan fikrni ifodalaydi, va shu bois u fikrning mavzusini, markazini, ya’ni subyektni ifodalaydi. Boshqa olimlar bu nazariyani tan olishmaydi. Ular so‘z subyektni ifodalaydi, lekin bu doim ham ega bo‘lmasligi mumkin deb hisoblashadi. Ularning fikricha, gap har doim ham subyekt bilan bog‘lanmagan shaklda ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ega doim ham mavjud bo‘lmaydi, bu subyekt va predikatning o‘zaro bog‘lanishiga bog‘liq emas. Daimyo Kaku quyidagicha fikr bildiradi: “Grammatikada uzoq vaqtdan beri ega (Subject) va kesim (Predicate) haqida fikr yuritiladi. "Verbum finitum" (so‘zlar ketma-ketligi) kesimni ifodalaydi va undan keyin kelgan so‘zlar esa subyekt sifatida qaraladi [2; 64]. Gap bo‘lagi - bu gap ma’nosi buzilmasdan bo‘laklarga ajratishdir. Gapda 「ネ」 “ne” yoki 「ヨ」“yo” kabi qo‘shimchalar qo‘shilib, tabiiy ko‘rinishda bo‘lmaydigan joylar gap bo‘lagi chegarasi hisoblanadi. Ot, sifat, fe’l kabi mustaqil so‘zlar oldidan gap bo‘lagi ajratiladi. 108 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Gap bo‘laklari 5 turga bo‘linadi: ega, kesim, aniqlovchi, bog‘lovchi va mustaqil so‘zlar. Ega - bu gapda "kim" yoki "nima" so‘roqlariga javob bo‘ladigan gap bo‘lagidir. Ko‘pincha otga “は” (wa), “が” (ga), “も” (mo) kabi yordamchi so‘zlar qo‘shilib, ega sifatida ishlatiladi. Masalan: - 私たちは、お金が足りなかったので2 駅先まで歩いた。 - Bizda pul yetarli emas edi, shuning uchun ikkita stansiya oldinga piyoda yurdik. - 向こうに見える古い建物は区役所です。 - Uzoqdan ko‘rinayotgan eski bino - tuman hokimiyati. Kesim - bu gapda “nima qilyapti”, “qanday”, “qandaydir” yoki “mavjud” (“bor”, “yo‘q”)ga so‘roqlariga javob bo‘ladigan gap bo‘lagidir. Ko‘pincha gap oxirida bo‘ladi va egani izohlaydi. Masalan: - 森本さんが走る。 - Morimoto yugurmoqda. - 森本さんは大食いだ。 - Morimoto katta ovqatlanadi. Aniqlovchi so‘z - bu boshqa gap bo‘lagini batafsil aniqlab keladigan gap bo‘lagi hisoblanadi. Aniqlovchi so‘z orqali batafsil tushuntirilayotgan gap bo‘lagi aniqlanmish deb ataladi. Masalan: - 母は、赤い車に乗っていた。 - Onam qizil mashinada yurardi. - 非常に美しい。 - Juda go‘zal. Bog‘lovchi so‘z - bu oldingi va keyingi gap yoki gap bo‘laklarini bog‘lash vazifasini bajaradigan gap bo‘lagidir. Masalan: 急いで歩いた。だから、遅刻しなかった。 - Shoshilib yurdi. Shu sababli, kechikmadi. 急いで歩いた。しかし、遅刻した。 - Shoshilib yurdi. Biroq, kech qoldi. Mustaqil so‘zlar – bu boshqa gap bo‘laklari bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan gap bo‘laklaridir. Mustaqil so‘zlar va boshqa gap bo‘laklari o‘rtasidagi munosabat mustaqil munosabat deb ataladi. Masalan: あら、ここにいたの。 - Oh, bu yerda ekansiz. こんにちは、よい天気ですね。 - Assalomu alaykum, ob-havo yaxshi ekan. Gap bo‘laklari vazifalarini ko‘rib chiqish orqali, matnda ega tushib qolganini yoki aniqlovchi so‘zlar juda uzunligini sezishimiz mumkin [1; 7]. 109 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 12, 2024. DECEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Leksik ma’no grammatik ma’no va so‘z funksiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, "食べる" ("yemoq") fe’lining leksik ma’nosi: "ovqatni og‘izga olib, chaynab yutmoq" bo‘lib "食べる" fe’lining grammatik ma’no va funksiyasi quyidagilardan iborat: "hozirgi zamon yoki kelasi zamonni ifodalaydi", "tasdiq", "oddiy shaklda", va "kim, nima yeyayotgani haqida m
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqola Yapon tilining sintaktik tuzilishi va gap bo‘laklarini o‘rganishga bag‘ishlangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqola Yapon tilining sintaktik tuzilishi va gap bo‘laklarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yapon grammatikasi, kesim (jutsugo 述語), ega (shugo 主語), Gap strukturalari., Subyekt pozitsiyasi (shukaku 主格), Gap bo'laklari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014