Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHDA MUSTAQIL TA’LIMDAN FOYDALANISHNING METODIK MAZMUNI VA UNDA AXBOROTLASHGAN MUHIT TUSHUNCHASI
AXBOROTLASHGAN MUHIT TUSHUNCHASI · Ostonayev Nabi To‘raqulovich · Rizayev Sayfiddin Abdunazarovich
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
Kasbiy faoliyat – bu maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida olingan maxsus nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar majmuasiga ega bo‘lgan shaxsning mehnat faoliyati turi. Insonda ma’lum bir kasbning mavjudligi uning ushbu turdagi ishlarni malakali bajarishi mumkinligini anglatadi. Ushbu maqolada o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda mustaqil ta’limdan foydalanishning metodik mazmuni va unda axborotlashgan muhit tushunchasi haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘z: mustaqil ta’lim, kasbiy faoliyat. Prezidentimiz “Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir” deb, alohida ta’kidlab, ta’lim-tarbiya jarayonining uchinchi Renesansni yaratishdagi ahamiyatini “biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy xalqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz” deya, o‘qituvchi-murabbiylarni mehnati, jamiyat rivojidagi o‘rnini yana bir bor e’tirof etdilar. Kasbiy faoliyatda eng xarakterli jihat – uning harkatchanligi, axborot resurslari, texnologiyalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lib, avvalgi kasbiy ko‘nikma va malakalarning tezda eskirib qolishi, yangi ish shakllari va metodlarining talab etilishi, kasbiy faoliyat bilan bog‘liq zamonaviy yangi fanlarning vujudga kelishi, yangi soha tarmoqlari rivojlanishi yuzaga kelishi va ulardan boxabar bo‘lish mustaqil ta’lim ehtiyojining ortishi bilan bog‘liq1. Bu jarayonlarga ulgurish uchun albatta, inson mustaqil ravishda doimiy izlanishi, o‘qishi, o‘rganishi zarur. Talaba mustaqil ta’limi (TMT)ning asosiy maqsadi – o‘rgangan nazariy bilim, amaliy ko'nikmalarini tizimlashtirish va mustahkamlash, nazariy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, psixologik hamda pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantirish, kompetentsiyalarni shakllantirish (xususiy va kasbiy), me’yoriy, huquqiy hujjatlar, ma’lumotlar va maxsus adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Muayyan muammo va vazifalar bo‘yicha ma’lum yechimga kelish, uning optimal variantini tanlash uchun kerakli bo‘lgan mustaqil fikrlash ko‘nikmasi shaxsning mustaqil ishlashi jarayonida shakllanadi va mustahkamlanadi. 1 Гура В.В. Теория педагогического проектирования личностно-ориентированных электронных медиаобразовательных ресурсов. //Научная мысль Кавказа. 2006. Спецвып. №1. 2006. ̶С.53-56. 19 Ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, ta’lim jarayoni modernizatsiyalash, ta’lim tizimi sifat darajasini oshirishda bo‘lg‘usi kadrlarning kasbiy komponentligini shakllantirish, ularni kasbiy faoliyatga yo‘naltirish biz pedagoglarni o‘z faoliyatiga yondoshishni talab etadi. Har qanday o‘qitish tizimi foydalaniladigan ta’lim konsepsiyasi xususiyati, tanlangan fan sohasi xususiyati, ta’lim shakllari, ta’lim muassasasining maqsadi, ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlarini aks ettiruvchi muayyan bir tamoyilga tayanadi. Shu bois o‘qitish tamoyillarining quyidagi muayyan shajarasi ajratiladi: 1) ta’limning muayyan darajasidagi o'qitish kontsepsiyasining xususiyatlari va maqsadlarini aks ettiruvchi didaktik tamoyillar; 2) fan sohasi xususiyatlarini aks ettiruvchi metodik tamoyillar. Adabiyotlarning nazariy tahlili natijasida insonparvarlik pedagogikasining asosiy kontseptual qoidalari hamda talabalarning mustaqil ta’limini takomillashtirish axborot- kommunikasiya ta’lim muhitini (AKT) loyihalashtirish negizida yotgan tamoyillarni ajratish imkonini berdi. Axborot-kommunikasiya ta’lim muhiti deganda – “Internet global tarmog‘i orqali ta’lim oluvchilarning o‘quv ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan turli xil axborot resurslari, elektron ta’lim resurslari, o‘quv-uslubiy ta’minot shaklida o‘qituvchidan o‘quvchilarga ma’lumotni tizimlashtirilgan holatda uzatish va qayta aloqani o‘rnatish” jarayonini tushunish lozim2. AKTni belgilashda biz bir vaqtning o‘zida diqqat-e’tiborimizni quyidagilarga qaratamiz: - ma’lumotlar bilan ishlashning yangi texnologiyalarini nazarda tutadigan axborot maydoniga; - shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida talabalar mustaqil ta’lim topshiriqlari(TMTT)ni amalga oshirish uchun ta’lim jarayoni ishtirokchilari va o‘qitishning interfaol vositalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish; - ta’lim tizimining turli bosqichlarida mustaqil ta’limni sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishga3.
Доказательный фрагмент
«Kasbiy faoliyat – bu maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida olingan maxsus nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar majmuasiga ega bo‘lgan shaxsning mehnat faoliyati turi.»
Образец извлечения
Демо-превьюKasbiy faoliyat – bu maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida olingan maxsus nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar majmuasiga ega bo‘lgan shaxsning mehnat faoliyati turi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kasbiy faoliyat., mustaqil ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Современная наука и исследованияNEW RENAISSANCE, HUJJATLARDA AKS ETISHI +22025