Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT TEXNALOGIYALARNI O’RNI
Qodirov Farrux Ergash o’g’li · To’ymurodova Sevinchxon Ergash qizi (Shahrisabz davlat pedagogika institute)
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
This article describes the development of information technology today, which opens a wide way for legal entities and individuals around the world to conduct trade through electronic channels. The Internet as a single information system allowed business to move to a single stage of development. As a result, e-business and e-commerce have entered the lives of large and small firms and companies, as well as iindividuals. Key words: information technology, Internet, high-tech services, e-commerce, electronic media. Kirish. Аxbоrоt tеxnоlоgiyаlаrining rivоjlаnishi bugungi kundа butun dunyо bо‘ylаb yuridik vа jismоniy shаxslаrning о‘zаrо еlеktrоn kаnаllаr оrqаli sаvdоlаrni аmаlgа оshirishgа kеng yо‘l оchmоqdа. Intеrnеt yаgоnа аxbоrоt tizimi sifаtidа biznеsni yаgоnа rivоjlаnish bоsqichgа о‘tishigа imkоn bеrdi. Nаtijаdа, еlеktrоn biznеs vа еlеktrоn tijоrаt yirik vа kichik firmа vа kоmpаniyаlаr, jismоniy shаxslаr hаyоtigа kirib kеldi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarning ham elektron tijorat yo‘li bilan boshqa davlatlarga jo‘natish mexanizmlarini ham ishlab chiqish lozim. Albatta, bu masalalarni mutaxassislar ishtirokida sinchkovlik bilan o‘rganib chiqish va, lozim bo‘lganda, mavjud normativ hujjatlarga tuzatishlar kiritish orqali amalga oshirish zarur. Rivojlangan davlatlar tomonidan elektron tijoratga katta e’tibor qaratilayotgani, bunday savdolar hajmi hozirgi kunda 6,5 trillion dollargacha o‘sgani O‘zbekistonda ham ushbu sohani yanada taraqqiy ettirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, O‘zbekistonda tayyorlangan iste’mol mollari va tovarlarini elektron tijorat tizimi orqali boshqa mamlakatlarga tez, oson va qulay sotish juda katta yutuqlarga erishishga, mamlakat iqtisodiyotining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Buning uchun, albatta, mutaxassislar tayyorlash, aholi va tadbirkorlarni elektron tijoratdan keng foydalanish bo‘yicha o‘qitish, sohani rivojlantirishga xizmat qiladigan tizimlarni ishlab chiqish zarur. Jahon savdo aylanmasi yaqin kelajakda tez, qulay va arzon elektron tijorat tizimiga to‘liq o‘tishga hozirlik ko‘rmoqda. Uni o‘ziga to‘liq moslashtirgan, uning qulaylik va afzalliklaridan foydalangan mamlakatlar katta yutuqlarga ega bo‘lishi, juda ko‘p aholini ish bilan ta’minlashi mumkin. Elektron tijorat bozorining mahsuli — chegarabilmas turli posilkalar va mayda paketlar almashinuvining kundan-kun o‘sib borishi turli mamlakatlar pochta va bojxona xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni har qachongidan ham 76 mukammal qilishni talab qilmoqda. Bojxona tartibi va tartibga solish mexanizmlari elektron tijoratning jadal o‘sishiga mos kelmay qolmoqda. Yangi bozor global logistika tarmog‘ining uzluksiz, muvofiqlashtirilgan va ishonchli ishlashini ta’minlash masalasida Jahon pochta ittifoqi (JPI)ning Xalqaro bojxona va transport idoralari — Jahon bojxona tashkiloti (JBT), Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi assotsiatsiyasi (IKAO) bilan o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishni talab qilmoqda. Biroq Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi hozirgi vaqtda YeOII mamlakatlari uchun onlayn-xaridlarni amalga oshirishda bojsiz olib kirish me’yorini tushirishni maqbul deb hisoblamaydi. Yevroosiyo Iqtisodiy komissiyasi may oyida, pandemiya avjiga chiqqan paytda bu mavzu muhokamasini to‘xtatdi. Bungacha Rossiya tomoni 2021-yilning o‘rtalariga qadar cheklovni 200 yevrodan 100 yevroga tushirish muddatini kechiktirish ilgari surgan edi. O‘zbekiston fuqarolari — jismoniy shaxslar ham shaxsiy foydalanishlari uchun chet eldan tovarlarga buyurtmalar berishlari mumkin. Internet va mobil ilovalarning rivojlanishi bu imkoniyatlarni osonlashtiradi (so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilarning soni 23,9 million, foydalanuvdagi smartfonlarning soni esa 19 milliondan ortiq). JBT—JPIning pochta jo‘natmalarini bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha qo‘shma qo‘llanmasiga binoan, bojxona ma’muriyati tayinlangan operator bilan hamkorlikda bojxona orqali o‘tadigan pochta jo‘natmalarini chiqarish tartib-qoidalarini soddalashtirish, amalda standartlar/protseduralarni muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirilishida amaliy yordam berishi kerak. Masalan, Bojxona hamkorlik kengashi qiymati 30 SPZ (41 AQSh dollari)dan oshmaydigan sovg‘alarni Bojsiz qabul qilish bo‘yicha tavsiya etilgan tovarlar ro‘yxatiga kiritgan. Bundan tashqari, ushbu tavsiyaviy ro‘yxatda qaysi tovarlar sovg‘alar toifasiga kirishi mumkinligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Elektron tijoratni rivojlantirishga bizning mamlakatimizda ham keng e'tibor berilayapti. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining 2014-yilning 17 yanvardagi yig'ilishida «Elektron tijoratni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni joriy etish muhim ushbu sohani rivojlanishiga qonuiy asos bo'lib xizmat qila boshlagan. O'zbekiston Respublikasining 29.09.2022-yildagi "Elektron tijorat to'
Доказательный фрагмент
«This article describes the development of information technology today, which opens a wide way for legal entities and individuals around the world to conduct trade through electronic channels.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the development of information technology today, which opens a wide way for legal entities and individuals around the world to conduct trade through electronic channels. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information technology, Internet, high-tech services, e-commerce, elektron tijorat, elektron ommaviy axborot vositalari., yuqori texnologiyali xizmatlar, axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024