Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OBYEKT MUVOZANATINI ROSTLASHDA DASTURIY VOSITA ARXITEKTURASINING SINFLARI VA FUNKSIONAL VAZIFALARI
Buriyev Bobur Erkinovich
Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2026
Аннотация
This thesis discusses the classes and functional tasks of software architecture in object balancing. It provides information on the main tasks of software architecture development, the importance of its division into classes, principles and some of its features. Key words: interface, pipeline, software, message port, object balance. Dasturiy vosita arxitekturasi – bu dasturiy vositani o`zaro ish ko`ruvchi ichki bo`limlarning qandaydir bir to`plami sifatida ifodalashdir. Bunday ichki tizimlar sifatida odatda alohida dasturlar ish ko`radi. Arxitekturani ishlab chiqish dasturiy vositaning murakkabligi bilan bo`ladigan kurashning birinchi bosqichidir, unda bog’liqmas tashkil etuvchilarga nisbatan ajratish tamoyili amalga oshiriladi. Dasturiy vosita arxitekturasini ishlab chiqishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: dasturiy ichki tizimlarni ajratish va ularda dasturiy vositaning tashqi (tashqi bayonda berilgan) funksiyalarini ifodalash; ajratilgan dasturiy ichki tizimlar o`rtasida o`zaro ish ko`rish usullarini aniqlash. Bu bosqichda qabul qilinadigan yechimlar hisobga olinib, keyingi funksional spetsifikatsiyaning aniqlanishi amalga oshiriladi. Dasturiy vosita arxitekturasining asosiy sinflari sifatida quyidagi dasturlar asosiy mezon sanaladi: yaxlit dastur; avtonom bajariladigan dasturlar kompleksi; qatlamli dasturiy tizim; parallel bajariladigan dasturlar jamoasi. Yaxlit dastur dasturiy vosita arxitekturasining ifodali hodisasini ifodalaydi: Dasturiy vosita tarkibiga faqat bitta dastur kiradi. Bunday arxitektura odatda, dasturiy vosita qandaydir bir aniq yorqin ifodalangan funksiyani bajarishi kerak bo`lgan va uning amalga oshirilishi juda murakkab bo`lmagan holda tanlanadi. Avtonom bajariladigan dasturlar kompleksi shunday dasturlar majmuidan iborat bo`ladiki: bu dasturlardan ixtiyoriy bittasi foydalanuvchi tomonidan faollashtirilishi (ishga tushirilishi) mumkin; faollashtirilgan dasturni bajarishda shu majmuaning boshqa dasturlari, faollashtirilgan dastur o`z ishini tugatmagunicha, faollashtirilishi mumkin emas; bu majmuaning hamma dasturlari bitta axborot muhitida qo`llaniladi. 99 Shunday qilib, bu majmuaning dasturlari boshqarishi bo`yicha o`zaro ish ko`rishmaydi, ular o`rtasida o`zaro ish ko`rish faqat umumiy axborot muhiti orqali amalga oshiriladi. Qatlamli dasturiy tizim qatlamlar deb ataluvchi, tartibga solingan dasturlar ichki tizimining qandaydir bir to`plamidan iborat, bunda: har bir qatlamda keyin keladigan (ancha yuqori) qatlamlarning xossalari (va mavjud bo`lishi) haqida hech narsa ma`lum emas; har bir qatlam boshqarish (komponentga murojaat qilish) bo`yicha bevosita undan oldin kelgan (ancha past) qatlam bilan, oldindan aniqlangan interfeys orqali, oldin keladigan hamma qatlamlarning ichki tuzilishi haqida hech narsa bilmasdan, o`zaro ish ko`rishi mumkin; Har bir qatlam ma`lum resurslarga ega, qatlam uni boshqa qatlamlardan berkitadi, yoki ularning ba`zi bir mavhumlarini bevosta keyingi qatlamga (ko`rsatilgan interfeys orqali) taklif etadi. Bundan tashqari, dasturiy tizimda har bir qatlam ma`lumotlarning qandaydir mavhumligini amalga oshirishi mumkin. Qatlamlar o`rtasidagi aloqalar har bir qatlam murojaat parametrlari qiymatlarini pastdan aralash bo`lgan qatlamga uzatish va bu murojaat natijasini quyi qatlamdan yuqorisiga uzatish bilan cheklangan. Global ma`lumotlarni bir necha qatlamlar bilan ishlatish mumkin emas. Parallel ish ko`ruvchi dasturlar jamoasi bajarilish bosqichida bo`la turib, bir vaqtda o`zaro ish ko`rishga qobiliyatli dasturlar majmuasini ifodalaydi. Bunday dasturlar, birinchidan, tezkor xotiraga chaqirilganligini, faollashtirilganligini va navbat bilan vaqt bo`yicha bitta yoki bir nechta markaziy protsessorlarni bo`lishib olishi, ikkinchidan esa, bazasida sinxronizatsiyasi hosil qilinadigan o`zaro dinamik (bajarilish jarayonida) ish ko`rishlarni amalga oshirish mumkinligini bildiradi. Odatda bunday jarayonlar o`rtasida o`zaro ish ko`rishlar bir-biriga qandaydir bir xabarni uzatish yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunday arxitekturaning eng oddiy ko`rinishi konveyerdir. Konveyerni tashkil qilish imkoniyatlari mavjud, masalan, UNIH operatsion tizimida. Konveyer dasturlar ketma-ketligini ifodalaydi, unda har bir dasturning standart chiqishi, eng oxirgisidan tashqari, shu ketma- ketlikning navbatdagi dasturining standart kirishi bilan bog’liq bo`ladi (1-rasm): P1 P2 . . . Pn 1-rasm. Parallel ishlovchi dasturlar konveyeri Umumiy holda parallel ish ko`ruvchi dasturlar jamoasi tizimga xabar portlari bilan tashkil qilinishi mumkin. Xabar porti xabarlarning qandaydir bir navbatiga xizmat qiluvchi dasturiy ichki tizimni ifodalaydi. U dasturdan saqlash uchun, qandaydir bir xabarni, uni navbatga qo`yib turib, qabul qilishi va navbatdagi xabarni boshqa dasturga, uning talabiga ko`ra berishi mumkin. Qandaydir bir dastur tomonidan ma`lum bir portga uzatilgan xabar, endi bu dasturga tegishli bo`lmay qoladi va uning resurslarini ishlata olmaydi, ammo u,
Доказательный фрагмент
«This thesis discusses the classes and functional tasks of software architecture in object balancing.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis thesis discusses the classes and functional tasks of software architecture in object balancing. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- interface, pipeline, software, message port, object balance, dasturiy vosita, xabar porti, interfeys, konveyer, obyekt muvozanti.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026