Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘SMIRLARDA DAXLDORLIK FAZILATLARINI RIVOJLANTIRUVCHI IJTIMOIY-PSIXOTRENING DASTURI
PSIXOTRENING DASTURI · Bekkulova Dilfuza Mannonovna
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqola o‘smir yoshdagilar uchun ijtimoiy-psixotrening dasturini ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, daxldorlik, empatiya va ijtimoiy mas‘uliyat kabi fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Dasturda ijtimoiy-psixologik yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘smirlarning o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va ijtimoiy muhitga moslashish qobiliyatlari oshiriladi. Maqolada treningning tuzilishi, maqsadlari va asosiy mashg‘ulotlari haqida batafsil ma‘lumot beriladi. Kalit so‘zlar: Daxldorlik, O‘smir psixologiyasi, Ijtimoiy moslashuv, Psixotrening, Shaxsiy rivojlanish, Emotsional intellekt, Jamoaviy o‘zaro munosabatlar, O‘zini anglash, Kompetensiyalarni rivojlantirish, Motivatsiya va ishtirok, Rivojlanish strategiyalari, O‘smir davrida shaxsiy fazilatlar, Ijtimoiy ko‘nikmalar. Kirish. Jahonda kundan kunga jadallashib, integrallashib borayotgan globallashuv jarayonlari fuqarolik jamiyati, jamoatchilik nazorati, ma’rifatli jamiyat, ma’naviyatli jamiyat, demokratik jamiyat, daxldor fuqaro, fidoyi fuqaro, madaniyatli fuqaro, erkin fuqaro kabilarni kuchaytirish orqali yoshlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatini shakllantirish, ularni mustaqil fikrlashga, ijtimoiy faollikka, mafkuraviy kurashchanlikka rag‘batlantirishning ijtimoiy- psixologik omillarini aniqlash va ularning yechimlarini yaratishni taqozo etmoqda. Turli ichki va tashqi tahdidlarga nisbatan ogoh bo‘lish, asl milliy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarashini shakllantirishni ijtimoiy-psixologik tahlil qilib, ilmiy asoslash dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Respublikamizda yosh barkamol, istiqbolli avlodning jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish, ularni qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ustuvor yo‘nalishlarni keng targ‘ib qilishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mazkur masalada zamonamizda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurash kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda turli xil ichki va tashqi, ochiq va yashirin tahdidlarga nisbatan o‘smirlarda daxldorlik fazilatini shakllantirish ishlarini yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishning psixologik omillarini tadqiq qilish, o‘smirlarda yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga nisbatan daxldorlik fazilatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzu bo‘yicha boshqa olimlar ilmiy asarlari qisqacha tahlili: Daxldorlik masalasi Sharq mutafakkirlari Alisher Navoiy, Abu Nasr Forobiy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriylarning asarlari o‘rganilgan. Mahalliy tadqiqotchilar E.G‘oziev, M.Quronov, N.Safaev, F.Nabiev, Q.Nazarov, Sh.To‘raev, A.Xolbekov, S.Mamashokirov, V.M.Karimova, A.Jabborov, A.Erkaev, O.Bozorov, N.Majidov, Sh.Abdullaeva, O.Musurmonova, S.Nishonova, U.Mahkamov, F.Ravshanov, X.Jabborov va E.Shermonov kabilarni tadqiqotlarida daxldorlik fazilating g‘oyaviy, siyosiy, falsafiy, pedagogik va psixologik jihatlari o‘rganilgan. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari olimlaridan, E.B.Pirogova, L.I.Sokolova, Y.S. Mishenko, S.V. Ponomarev, A.T.Kamzanova, Ye.Koloskova, Z.A. Semenova, T.P. Nesterova, R.A. Doljenko, T.Karapetyan, S.Maddi, D.A.Leontev, T.Yu.Bazarov, B.L.Eremin, O.B.Antonov, 27 N.I.Shatalova, G.Latfullin, O.Gromova, S.Ogursov, A.N.Suxov, A.A.Derkach, N.G.Maloshonoklarning tadqiqotlarida yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy dunyoqarashi xususiyatlarini ilmiy pedagogik- psixologik jihatdan o‘rganganlar. Daxldorlik fazilatini shakllanishi muammosiga oid ilmiy manbalarni tahlil qilish va tadqiqot maqsadiga mos ravishda tizimlashtirish; o‘smirlarda islohotlarga daxldorlik fazilatini shakllanishiga ta’sir qiluvchi psixologik xususiyat va omillarni aniqlash (yosh, jins, hudud kesimida); o‘smirlarning islohotlarga daxldorlik fazilatlariga bog‘liq bo‘lgan shaxsliylik xususiyatlari, irodaviy sifatlar, kognitiv jarayonlarning rivojlanganlik darajasi, shaxs yo‘nalganligi, refleksiya darajalari bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish; o‘smirlarda islohotlarga nisbatan daxldorlik fazilatini shakllanganlik darajalarini aniqlash; o‘smirlarda daxldorlik fazilatini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy-psixologik trening dasturlarini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholash; o‘smirlarda daxldorlik fazilatini shakllanishi bo‘yicha ilmiy- amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. O‘smirlik davri shaxs rivojlanishidagi eng muhim bosqichlardan biri bo‘lib, bu davrda ularning psixologik va ijtimoiy ko‘nikmalari shakllanadi. Daxldorlik, empatiya, va boshqalarga yordam berishga tayyorlik kabi fazilatlar ijtimoiy o‘zaro aloqalarda muhim ahamiyatga ega. Ushbu fazilatlarning rivojlanishi o‘smirlarning jamoada samarali faoliyat ko‘rsatishi va kelgusida mas‘uliyatli fuqaro bo‘lib shakllanishi uchun muhimdir. Ijtimoiy-psixotrening – bu o‘smirlar bilan ishlashda innovatsion va samarali usul bo‘lib, u o‘z-o‘zini anglash, boshqalarni tushunish va samarali muloqotni rivojlantirishni maqsad qiladi. Ushbu maqolada
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola o‘smir yoshdagilar uchun ijtimoiy-psixotrening dasturini ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, daxldorlik, empatiya va ijtimoiy mas‘uliyat kabi fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola o‘smir yoshdagilar uchun ijtimoiy-psixotrening dasturini ishlab chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, daxldorlik, empatiya va ijtimoiy mas‘uliyat kabi fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- O‘smir davrida shaxsiy fazilatlar, Psixotrening, Shaxsiy rivojlanish, O‘smir psixologiyasi, O‘zini anglash, Ijtimoiy moslashuv, Jamoaviy o‘zaro munosabatlar, Rivojlanish strategiyalari, Daxldorlik, Motivatsiya va ishtirok, Emotsional intellekt, Ijtimoiy ko‘nikmalar., Kompetensiyalarni rivojlantirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025