К содержанию
РецензированоEN2026

PEDAGOGLARDA BADIIY-TARIXIY ASARLAR VOSITASIDA SHAXSIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Mavluda Qodirova

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Today, in order to form the pedagogical skills of future teachers, it is necessary to select and apply to the content of education and upbringing, paying attention to the important aspects of the pedagogical heritage created over a long period of time. It is necessary to extract and integrate into the content of education approaches that serve to develop students' educational and cognitive activities from the heritage of great thinkers. Keywords: reading, culture, circulation, development, literacy, work of art, pedagogical consciousness, education, mental, spiritual, religious, physical, theoretical-pedagogical, social. Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan. Talaba-yoshlarning mutolaaga qiziqishi susayishi, o‘z navbatida, aholi savodxonligi darajasining pasayishi jamiyat taraqqiyotining barqaror rivojlanishi uchun katta tahdidlardan sanaladi. Shuning uchun ham ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda bu salbiy holatning oldini olishga qarshi qat’iy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda [1]. Xorijiy davlatlar tajribasida uzoq aholi punktlarida yashaydigan hamda kutubxonalarga borish imkoniyati cheklangan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ko‘chma kutubxona xizmatini rivojlantirish, kutubxonalararo abonoment va hujjatlarni yelektron yetkazib berish, kutubxona resurslaridan masofaviy foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda individual, guruh hamda ommaviy kitobxonlikni tizimli ravishda tashkil qilishni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini tarbiyalash, yuksak badiiy 30 asarlarga oshno qilish, kutubxonalar imijini yuksaltirish bo‘yicha aniq mexanizmlarning [2] yaratilishi kabi takliflar ilgari surilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim” [3]ligi borasidagi yondashuviga tayangan holda bo‘lajak pedagoglarda badiiy-tarixiy asarlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishga tadqiqot davomida alohida e’tibor qaratildi. Ishning asosiy negizi bo‘lgan badiiy asar, uning sifatlari haqida talqin qilingan milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini talabalar ixtiyoriga havola etish bilan tadqiqot ishonchli va samarali bo‘lishi ta’minlandi. Shu jihatlardan ham, oliy ta’lim negizida talabalarda shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratishda tarixiy-badiiy asarlardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Pedagogik g‘oyalar turli davrda jamiyat va shaxs taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liq holda vujudga kelgan va muayyan davrning ijtimoiy buyurtmasini o‘zida mujassamlashtirgan. Bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini maqsadga muvofiq holda shakllantirish uchun uzoq davrlar mobaynida yaratilgan pedagogik merosning muhim jihatlariga e’tibor qaratgan holda saralash va ta’lim-tarbiya mazmuniga tadbiq etish lozim. Ta’lim mazmuniga buyuk mutaffakkirlar merosidan talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan yondashuvlarni ajratib olib, singdirish taqozo qilinmoqda. Ma’lumki, qaysi davrda bo‘lmasin inson harakatlarining asosini bilim tashkil etadi. Zardushtning ta’biri bilan aytganda, hayotning asosini ma’rifat tashkil etadi. Zardushtiylar ushbu qoidaga amal qilgan holda o‘z farzandlariga aqliy, ma’naviy, diniy, jismoniy yo‘nalishlarda ta’lim-tarbiya berganlar. Zardushtiylik dinida yoshlarning jismoniy, aqliy ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilib, u ma’naviy poklik bilan uyg‘un tarzda talqin etilgan. Yoshlarga ma’naviy poklikning asoslari haqida zarur bilimlar berilgan. Ta’limda ko‘rgazmali qurollardan, hikoya, suhbat, muloqot usullaridan keng foydalanilgan. O‘tilgan mavzularni mustaqil takrorlab tushunib olishga alohida e’tibor qaratilgan. Ustoz-shogird munosabatlarining me’yorlari hamda o‘qitish usullari qat’iy belgilab qo‘yilgan. Ustozlar donishmandlik sirlarini egallashi lozimligi haqida Avestoda alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Avestoda yoshlarning aql-zakovatini o‘stirishga alohida talablar qo‘yilgan. Zardusht o‘z xalqi, farzandlari uchun yomon muallimlar bo‘lmasligini istaydi. Ushbu fikr bugungi kunda bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash sifatini takomillashtirish uchun ham muhim ahamiyatga ega[4]. Har qanday ish-harakat, faoliyat faolliklarini o‘zlashtirishda uni tashkil etishga qanchalik ko‘p kuch sarflash emas, balki jarayonning davomli, izchil, uzluksiz bo‘lishi samarali sanaladi. Badiiy - tarixiy vositasida talabalarni shaxsiy shaxsiy sifatlarini takomillashtirishda badiiy - tarixiyasarni mutolaa qilishda uning kichik teatr tomoshasiga aylantirish, talabalarning o‘zlarini ham unda

Доказательный фрагмент

«Today, in order to form the pedagogical skills of future teachers, it is necessary to select and apply to the content of education and upbringing, paying attention to the important aspects of the pedagogical heritage…»

Образец извлечения

Демо-превью

Today, in order to form the pedagogical skills of future teachers, it is necessary to select and apply to the content of education and upbringing, paying attention to the important aspects of the pedagogical heritage… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
reading, culture, circulation, development, literacy, work of art, pedagogical, badiiy asar, ma’naviy, savodxonlik, rivojlanish, ta’lim, ijtimoiy., Kitobxonlik, aqliy, jismoniy, nazariy-pedagogik, tarqqiyot, pedagogik ong, diniy, madaniyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники