Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
DESTRUKTIV XULQ ATVOR TUSHUNCHASI VA KO‘RINISHLARI
Sayfulloyev Qodirjon Botir oʻgʻli
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada shaxs og‘ishgan xulqining ko‘rinishlari hamda ularning tavsiflari, turlari, xulqiy-og‘ishlarning salbiy oqibatlari va ijtimoiy me’yor ko‘rinishlari kabi yetakchi mezonlar ochib berishga harakat qilingan. Kalit so‘zlar: Deviant xulq, delinkvent xulq, destruktiv xulq, biologik nazariya, destruktiv ustanovka. Ma’lumki, maxsus adabiyotlarda “og‘ishgan xulq” atamasi ko‘pincha deviant axloq(deviatio- lotin tilida og‘ishgan) sinonimi bilan almashtiriladi. Kelgusida biz o‘zaro bir-birining o‘rnini to‘ldiruvchi sifatida harikkalaatamani qo‘llaymiz-“og‘ishgan”, “deviant”, bunda birinchi atama aniq va o‘rganilgan bo‘lgani sababli afzal ko‘riladi. O‘rganilayotgan tushunchaning yaqqol ko‘rinib turgan murakkabligiga hammadan avvaluning fanlararo xarakteri sababdir. Yovuzlikning tabiati haqidagi nazariyalar, S.P. Ivanov, Z. Freyd, V.V. Boyko va Erich Fromm kabi faylasuflar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ekstremizmning ijtimoiy-psixologik omillari yoritilgan, o‘quvchining ekstremistik va terroristik tashkilotga a’zo bo‘lish belgilari bayon etilgan. Insondagi destruktiv xulq tabiati hozirga qadar psixologiya fanida hali yaxshi o‘rganilmagan muammolardan biri sanaladi Bu muammo 20-asrning o‘rtalarida shakllangan. Psixologik yondoshuv shaxsning og‘ishgan xulqidagi alohida ko‘rinishlarini ijtimoiy-psixologik tafovutini ajratishga asoslangan. Psixologik tasniflar quyidagi mezonlar asosida quriladi: • buzilgan me’yor turi; • axloq va uning motivatsiyada psixologik maqsad; • ushbu axloq oqibati va u keltirgan zarar; • axloqning shaxsiy-uslubiy tavsifnomasi; Shuni ta’kidlash zarurki, “og‘ishgan xulq” atamasini 5 yoshdan kichik bo‘lmagan bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin, qat’iy ma’noda esa 9 yoshdan keyin qo‘llashimiz mumkin. 5 yoshdan oldin bolaning ongida ijtimoiy me’yorlar haqidagi zaruriy tasavvurlar bo‘lmaydi, o‘z-o‘zini nazorat qilish esa kattalar yordamida amalga oshiriladi. Faqat 9-10 yoshidagina bolada ijtimoiy me’yorlarga mustaqil rioya qilish qobiliyatining mavjudligi haqida gapirish mumkin. Agar 5 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda axloqi yosh me’yoridan ahamiyatli tarzda og‘sa, bunda uni yetilmaganlikning, asabiy reaksiya yoki psixik rivojlanish buzilishining bir ko‘rinishi sifatida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Deviant xulq-atvor o‘zi nima? Deviant xulq-atvor lotincha “deviation” — og‘ish, ya’ni ijtimoiy normativlardan og‘ib ketuvchi xatti-harakat bo‘lib, jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat, ijtimoiy hodisa sanaladi. XX asr Amerika sotsiologlaridan biri Robert King Merton bunga quyidagicha ta’rif beradi: “Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarning bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir”. Jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlardan chetga chiqish holatlari sotsiologiyada “deviantlik holatlari”, undan hosil bo‘ladigan xulq-atvor esa “deviant xulq-atvor” deb ataladi. 42 Odatda, deviatsiya hodisasi va uning ko‘rinishi ko‘p hollarda yoshlarning o‘smirlik davrida yuzaga keladi. Zotan, bu nihoyatda murakkab davr bo‘lib, xalqona tilda “o‘tish davri” deb ham yuritiladi. Darhaqiqat, bu paytda o‘smir hayoti va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar, xususan, fiziologik, aqliy, ruhiy jihatlardan rivojlanish yuz beradi. Zerikishdan, yolg‘izlikdan, hayot qiyinchiliklaridan qochish uchun o‘smirlar kompyuter o‘yinlariga tez-tez murojaat qilishni bosh- laydi. Barcha tobelik vositalari, hattoki, kompyuter o‘yinlari ham ularda ijobiy hissiyotlarni paydo qiladi (xursandchilik, baxtiyorlik, rohat, ruhiy va jismoniy yengillikni sezish) va salbiy hissiyotlarni (xavotir, xafalik, aybdorlik hissi, o‘zini yolg‘iz his etish) bartaraf etadi. Ular kompyuter o‘yinlarini o‘ynagan sari real hayot va virtual dunyo orasidagi farqni taqqoslay boshlaydi. Natijada real hayotdan uzoqlashish yanada kuchayadi. U kundalik hayotdagi muammolarini kompyuter o‘yinlari orqali kompensatsiya qilishga intiladi. Bugun har bir yoshda o‘ziga xos deviant xulq-atvorning vujudga kelishida “ommaviy madaniyat” salbiy oqimlarning ta’siri ham juda katta. O‘zbek xalqi azaldan o‘zining chiroyli andishasi, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, sharqona qarashlari bilan g‘arb mamlakatlaridan ajralib turadi. Biroq bugun aksar hollarda g‘arbona madaniyat sari og‘ib ketyapmiz. Bu illatning ildizi esa oiladagi nosog‘lom muhit va kattalarning yoshlar tarbiyasiga befarqligida, deb o‘ylayman. Deviant xulq - muayyan jamoadagi ijtimoiy xulq-atvor me’yorlariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarni sodir etish. Deviant xulq-atvorning asosiy turlariga, birinchi navbatda, jinoyatchilik, alkogolizm va giyohvandlik, shuningdek, o‘z joniga qasd qilish va fohishalik kiradi. E.Dyurkgeymning fikriga ko‘ra, jamiyat darajasida me’yoriy nazoratning zaiflashishi bilan xatti-harakatlarning og‘ish ehtimoli sezilarli darajada oshadi. R.Mertonning anomiya nazariyasiga ko‘ra, deviant xulq-atvor, birinchi navbatda, jamiyat tomonidan qabul qilingan va belgilan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada shaxs og‘ishgan xulqining ko‘rinishlari hamda ularning tavsiflari, turlari, xulqiy-og‘ishlarning salbiy oqibatlari va ijtimoiy me’yor ko‘rinishlari kabi yetakchi mezonlar ochib berishga harakat qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada shaxs og‘ishgan xulqining ko‘rinishlari hamda ularning tavsiflari, turlari, xulqiy-og‘ishlarning salbiy oqibatlari va ijtimoiy me’yor ko‘rinishlari kabi yetakchi mezonlar ochib berishga harakat qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- destruktiv xulq, delinkvent xulq, biologik nazariya, Deviant xulq, destruktiv ustanovka.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026