Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘SMIRLARDA AGRESSIV HULQ-ATVOR NAMOYON BO‘LISHINING NAZARIY ASOSLARI
Jabborov X. · Azizova Elnora Adhamjon qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
O‘smirlik davri o‘ziga xos murakkab davr bo‘lib, aksar yoshlar agressiv xulq- atvorga berilib qolishi tabiiy holatga aylangan. Agressiyaning maqsadi xususan jabrlanuvchiga azob yetkazish hamda agressiyani boshqa maqsadlarga erishish vositasi sifatida qo‘llash hisoblanadi. O‘smirlik davrida agressiv xulq ko‘rinishlarining tasnifi, korreksion imkoniyatlari yoritib berilgan . Kalit so‘zlar: agressiya,ijtimoiy vaziyat, oila, emotsional tanglik, «agressor», «qurbon», gender hususiyat, tajovvuzkorlik. Bugungi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hayot oldimizga qo‘yayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o‘ylar ekanmiz, uning yechimini aynan ta'lim va tarbiya bilan yoshlarni shakllantirishimiz kerak ekanligiga amin bo‘lamiz. O‘smirlardagi agressiya nafaqat pedagoglar va psixologlar, balki butun bir jamiyat uchun birmuncha o‘tkir muammolardan biri hisoblanadi. Inson hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari, hayotning yuqori ritmi, shaharlarning zichligi, ortib borayotgan axborot vositalari insonlar psixik holatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. O‘smirlar jinoyatchiligining o‘sib borayotgan oqimi va axloqning tajovuzkor shakliga moyil bolalar sonining ortishi bunday xavfli ko‘rinishlarni uyg‘otuvchi psixologik sharoitni o‘rganishni birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan vazifa sifatida ilgari surdi.Olimlar ta’kidlashicha inson hayotida eng qiyin kechadigan davr bu o‘smirlik davridir.haqiqatdan ham bu davr o’ziga xos qiyinchiliklarga boy davr hisoblanib inson uchun o‘tish davri deb ham ataladi. Bu davrda bolalarga ta’lim tarbiya berish, ularga madaniyat degan tushunchasi singdirish, tanbex berish jarayonlari o’ziga xos qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi. Bu davrda bolalar qayta qurilish davrini yashab o‘tadilar. Biz psixologlar fikrimizcha bu davr gormanal o‘sish, qayta tuzilish davri deb ham ataladi.Agressiya ta’rifini nir nechta olimlar nazaryalari bo‘yicha ko‘rib chiqsak: - R.Beron va D.Richardson bu tushunchaga shunday ta’rif beradi: ‘‘Agressiya- lotin tilida ‘‘agressio‘’ – ‘‘hujum degan ma’noni bildiradi, bu bir jonzotga zarar yetkazishga qaratilgan inson xulq-atvorining har xil formasi’’ -.J.Buss fikricha ‘‘Agressiya oqibatida boshqa organizm qandaydir zararli stimulni qabul etish reaksiyasi’’dir. - N.Zilman tomonidan bildirilgan fikrga ko‘ra agressiya boshqalarga tan jarohati va jismoniy jarohatlar yetkazish demakdir . Agressiyaning namoyon bo‘lishining ko‘plab nazariy asoslari mavjud. - Zigmund Freyd fikricha agressiv xulq o‘z tabiati bo‘yicha g‘ayriixtiyoriy va muqarrar. Insonda ikkita birmuncha qudratli instinkt mavjud: jinsiy (libido) va o‘limga bo‘lgan qiziqish (tanatos). Agar tanatos quvvati sirtga yo‘naltirilmasa, bu tezda individumning o‘zini parchalashiga 47 olib keladi. Shunday qilib, tanatos bilvosita tajovuzning tashqariga chiqishiga va boshqalarga yo‘naltirilishiga ko‘maklashadi. Hissiyotlarning tashqi ko‘rinishi xavfli harakatlarning namoyon bo‘lish ehtimolini kamaytirishi mumkin. -K.Lorens agressiya barcha jonli mavjudotlar kabi insonda ham mavjud bo‘lgan yashash uchun kurashning tug‘ma instinktidan boshlanish nuqtasini oladi. U yashash uchun kurash instinktining manbai bo‘lmish agressiv quvvat organizmda to‘satdan, doimiy tezlikda, vaqt o‘tishi bilan muntazam yig‘ilgancha yuzaga keladi deydi. Yuqoridagi fikrlardan xulosa qiladigan bo‘lsak Agressiya –Organizmga ta’sir etuvchi omillar tufayli o‘ziga va atrofdagilarga ziyon yetkazish demakdir.Agressiyaning namoyon bo’lishi gender xususiyatlarga ham bog’liq hisoblanadi. O‘g‘il bolalarda agressiyaning nomoyon bo‘lishi 12 yosh va 14-15 yoshlarga to‘g‘ri kelsa, qizlarda esa bu ko‘rsatkichlar 11 va 13 yoshlarga to‘g‘ri keladi. O‘smirlarda agressivlikning shakllanishiga qator shaxs xususiyatlari ta’sir qiladi: tarbiyaning muvozanatlashmagan shakllari: o‘z-o‘ziga haddan ziyod past baho berish, yuqori darajada impulsivlik, spirtli ichimlik, giyohvand moddalar iste’mol qilish, kompyuter o‘yinlariga tobelik, tavakkalchilikka tayyorlik holatlari,o‘z-o‘zini himoya qilish hislarining chegaralanganligi; axloqiy omillar: o‘z vaqtini maqsadsiz o‘tkazish, maktabdagi darslarni sababsiz qoldirish, o‘zlashtirish darajasining pastligi, erta jinsiy aloqalarga kirishish va hokazo; ijtimoiy omillar (OAVning psixologik ta’siri, jamiyatdagi udum va marosimlar, ota-onaning xulqiy buzilishlarga ega ekanligi, oila ijtimoiy mavqeining pastligi, tarbiyachilarning o‘zgarishi (o‘gay ota, o‘gay ona va hokazo); o‘smirning xulqiy og‘ishlar shakllangan do‘stlar bilan yaqin ijtimoiy aloqalarni o‘rnatishi (taqlid fenomeni); ichki oilaviy nizolar (ota-onaning ajrashishi, ikkinchi nikohdagi farzandlar, o‘smirning o‘zlashtirishiga ota-ona tomonidan o‘smir qobiliyatlari, qiziqishlari inobatga olinmagan holda haddan ziyod yuqori talablarning qo‘yilishi. Disfunksional oilalarda tarbiyalanayotgan o‘smirlarda agressiv xulq ko‘rinishlarining shakllanishi ehtimoli funksional oilalarda tarbiyalanayotgan oilalardagi o‘smirlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlanga
Доказательный фрагмент
«O‘smirlik davri o‘ziga xos murakkab davr bo‘lib, aksar yoshlar agressiv xulq- atvorga berilib qolishi tabiiy holatga aylangan.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘smirlik davri o‘ziga xos murakkab davr bo‘lib, aksar yoshlar agressiv xulq- atvorga berilib qolishi tabiiy holatga aylangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- oila, agressiya, tajovvuzkorlik., emotsional tanglik, «agressor», ijtimoiy vaziyat, gender hususiyat, «qurbon»
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026