К содержанию
РецензированоUZ2023

YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI

YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK TUYG‘USINI · TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 03 · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik tushunchasini psixolog-pedagog olimlar tomonidan o‘rganilishi, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga ta'sir qiluvchi eng muhim omillar, vatanparvarlikning tarkibiy komponentlari yoritib berilgan. Tayanch so‘zlar: harbiy-vatanparvarlik, emotsional komponent, kognitiv komponent, faoliyat komponenti, vatanparvarlik. Globallashuv davrida yoshlarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq muammolar har bir davlatning kelajagini hal qilinishga bog‘liq bo‘lgan eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. So‘nggi paytlarda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar vatanparvarlik tarbiyasining mohiyatini, uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va rolini qayta ko‘rib chiqishga olib keldi. Vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi o‘z Vatanini sevadigan, Vatanga sodiq, o‘z mehnati bilan unga xizmat qilishga va uning manfaatlarini himoya qilishga tayyor bo‘lgan ishonchli vatanparvarni tarbiyalashdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 29-iyun kuni “Yoshlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (267-son) qabul qilindi. Shunga asosan 2023-2027 yillarda «Yoshlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» samaradorligini oshirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan.Uni amalga oshirish boyicha esa «Yo‘l xaritasi « ham belgilab olingan. Qaror bilan 2023-2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish kontseptsiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. 1 Davlatning eng muhim qadriyatlari va mafkuraviy asoslaridan biri bu vatanparvarlikdir. Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi deganda talabalar o‘rtasida har tomonlama rivojlangan shaxsning eng muhim xususiyatlaridan biri bo‘lgan o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbat va hurmatning bosqichma-bosqich va barqaror shakllanishi tushuniladi. Vatanparvarlik tushunchasi asrlar davomidagi chuqur nazariy an’anaga ega. Bu konsepsiyada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ustuvor shakllarini amalda qo‘llash yoritib o‘tilgan. «Yoshlarni harbiy- vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi»da yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning usullari: ishontirish; mashq qildirish va mustaqil ishlash; kuzatish; rag‘batlantirish; o‘rnak ko‘rsatish va shaxsiy namuna deb ko‘rsatilgan. Shunga muvofiq ravishda tegishli yo‘l-yo‘riqlar belgilab berilgan. «Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» konsepsiyasining 14 bandida ta’kidlanganidek, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash usullari yoshlarda zarur hayotiy bilim, ko‘nikma, mahorat va mustahkam irodani, 1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevral kuni tasdiqlangan "Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash kontsepsiya" Vatanparvar gazetasining № 9 (2760) – soni, 2018 yil 2 mart. 50 yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan, ularning ongi, ruhiyati va faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan omillardan iborat.2 Vatanparvarlik deganda yurtga muhabbat va sadoqat, yurt uchun xizmat qilish, bu yo‘lda butun umr va salohiyatingizni, kerak bo‘lsa, joningizni fido qilish demakdir. Vatanparvarlik barcha xalqlar, millatlar va elatlarga xos umuminsoniy tuyg‘ular va ma’naviy qadriyatlardan biri bo‘lib, asrlar osha sayqallanib kelgan. Tarixiy nuqtai nazardan, vatanparvarlik – odamlarning ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti jarayonida o‘z Vatani taqdiri, xalqlarning o‘zi yashayotgan hududning yaxlitligi va mustaqilligi uchun kurashi bilan bog‘liq bo‘lgan tuyg‘ular majmui. Y.A.Komenskiyning fikriga ko‘ra, odamlarda vatanparvarlik ularning shakllanishining dastlabki bosqichlarida tarbiyalanishini ta'kidlaydi: avval bu ota – onalarga, keyin uning uyiga, tug‘ilgan joyiga, keyin esa Vatanga bo‘lgan muhabbat hisoblanadi. G.Gegel vatanparvarlikni davlatning umumiy maqsadlari va manfaatlariga intilish deb tushunadi, bu, albatta, har qanday kishiga, xoh u shaxs, xoh odamlar guruhi yoki umuman jamiyat manfaatlariga nisbatan ustuvor ahamiyatga ega. G.N.Bulgakov vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish milliy ijodkorlikni o‘rganish orqali amalga oshirishi mumkin deb hisoblagan. Psixologik-pedagogik adabiyotlarni va tahlil qilish bizga vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga ta'sir qiluvchi eng muhim omillarni aniqlashga imkon berdi: 1. Makrofaktorlar: davlat tizimi, jamiyatdagi psixologik muhit, fuqarolik jamiyati holati, mamlakat tarixi. 2.bMezofaktorlar: ma'lum bir mintaqaning an'analari va madaniyati, milliy xususiyatlari, tabiiy-iqlim va ijtimoiy-demografik sharoitlar; turmush tarzi. 3. Mikrofaktorlar: tengdoshlar guruhlari, ta'lim va madaniy-ommaviy muassasalar, oila, maktabning ta'lim tizimi, shaxsiy hayot tajribasi va boshqalar. 4. Fuqarolik-vatanparvarlik tarbiyasining ma'naviy-axloqiy tarkibiy qismi o‘z xalqining tarixiy o‘tmishiga doimiy qiziqishni shakllantirishdan iborat Psixologik bilimlarni hisobga olgan holda vatanparvarlik ijtimoiy-p

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik tushunchasini psixolog-pedagog olimlar tomonidan o‘rganilishi, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga ta'sir qiluvchi eng muhim omi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, vatanparvarlik tushunchasini psixolog-pedagog olimlar tomonidan o‘rganilishi, vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga ta'sir qiluvchi eng muhim omi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kognitiv komponent, emotsional komponent, faoliyat komponenti, vatanparvarlik., harbiy-vatanparvarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники