К содержанию
РецензированоUZ2026

MEDIAKOMPITENTLIK TUSHUNCHASI VA UNING INGLIZ TILINI O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI

O‘RGANISHDAGI AHAMIYATI · Raxmonaliyeva Mazluma Farrux qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

In this article, the concept of media education, media competence, its essence, the effectiveness of the media in the educational process, i.e. the Internet, television, radio, film, video, telephone and other means of communication, and the use of these means to learn English the importance of learning is discussed. Key words. Media, media education, media literacy, competence, competence, media competence. Axborot texnologiyalarisiz hech qaysi sohani tasavvur etish qiyin. Shu jumladan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda ham u muhim omillardan biriga aylanmoqda. Shu sababli har bir ta’lim oluvchining ham mediakompitentligini rivojlantirish hozirgi davrning eng muhim masalalaridan biridir. Elektron aloqa vositalari, internet, sun’iy yo‘ldoshlar aynan ommaviy axborot vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi pedagog hodimlarning tinmay o‘z ustida ishlashini talab qilmoqda. Globallashuv jarayonida gazetalar, jurnallar, radio, televideniye, fotografiya, hujjatli va badiiy kino, axborot agentliklari, internet, global tarmoqdagi axborot resurslarining son jihatdan beqiyos o‘sishi, sifat jihatdan sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Kompyuter, faks, “uyali” telefon, parabolik antenna, elektron pochta kabi texnik mo‘jizalar ommaviy axborot vositalari rivojiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda zamon talabiga mos yuksak intellektual salohiyatli, zamonaviy bilim va malakaga ega, yangicha dunyoqarash va mustaqil fikrli mutaxassislar tayyorlash uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalari hisoblanmish – mediadan ta’lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlaridan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ta’lim jarayonida media, ya’ni, internet, televideniye, radio, kino, video, telefon va boshqa aloqa vositalari o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. “Media” atamasi (lotincha – medium, ya’ni vosita, vositachi, usul) turli ko‘rinishdagi kommunikatsiya va axborot vositasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborotni 81 yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o‘rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi. Mediata’lim mutaxassislar fikriga ko‘ra, o‘quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini yanada rivojlantirishga, axborot olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Ta’lim jarayonida o`qituvchilar mediata’limga qanchalik e’tibor qaratilib yosh avlodga bilim berishda samarali foydalanilsa, u yosh avlodning dunyoqarashi, intellektual salohiyati shunchalik rivojlanishiga xizmat qiladi. Media ta’lim dunyoning har bir mamlakatida har bir fuqaroning erkinlikka bo‘lgan asosiy huquqining bir qismidir. Shuning uchun zamonaviy dunyoda media-ta’limni rivojlanish jarayoni deb ta’riflash mumkin. O‘zaro munosabat madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ommaviy axborot vositalarining yordamida shaxs, ommaviy axborot vositalari, ijodiy, kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, idrok etish, talqin qilish, media-matnlarni tahlil qilish va baholash, media texnologiyasidan foydalangan holda o‘zini o‘zi ifoda etishning turli shakllarini o‘rganadi. O‘z fikrini aniq bayon eta olish, uni asoslab tahlil qila olish, voqea va hodisalarni turli nuqtai- nazardan ko‘rib chiqish masalasi- mediasavodxonlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Demak, bugun umumta`lim maktablari o`qituvchilarini mediakompitentligini rivojlantirgan holda mediata’lim sirlarini nazariy jihatdan puxta o‘rganib, ta`lim jarayonidagi amaliyotda yetarli darajada qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Axborot kommunikasiyaning globallashuvi sharoitida ta’lim jarayonida o‘ziga xos talablar paydo bo‘lmoqda. Bu talablar bevosita mediakompitentlik bilan chambarchas bog‘liqdir. Mediakompitentlik tushunchasi (media compitence) ta’lim sohasiga kirib kelayotgan yangi atama hisoblanib u media ma’lumotlarni turli ko‘rinishda uzatish va baholash, o‘rganish, yetkaza bilish kabi ma’nolarni o‘z ichiga oladi. Mediakompitentlik – bu insonning turli shakllarda media matnlarini tanlash, foydalanish, tanqidiy tahlil qilish, baholash, yaratish va uzatishga tayyorligida namoyon bo‘ladigan integral sifati, turlari, shakllari va janrlari, jamiyatdagi ommaviy axborot vositalari faoliyatining murakkab jarayonlarini tahlil qilish. Mediakompitentlik tushunchasi koʻp qirrali. Chunki, u ham bilimni, ham faoliyat usullarini, ham shaxsiy xususiyatlarni ifodalaydi, u bir emas, balki bir nechta doirada faoliyat koʻrsatadi. Ilmiy sohalar va fanlararo xususiyatga ega. Mediakompitentlik koʻp funksiyali, chunki uni oʻzlashtirish kasbiy, ijtimoiy va kundalik hayotdagi vazifalardir. Mediakompitentlik media-taʼlim doirasida ishlab chiqilgan: mediasavodxonlik (media literacy), mediamadaniyat (media culture) tushunchalariga asoslanadi. Bu shuni tushuntiradiki, ba’zida media kompetentsiyasi media savodxonligining sinonimi sifatida tushuniladi, masalan: media kompetensiyasi / media savodxonligi ((media competence/media literacy) “Xabarlar

Доказательный фрагмент

«In this article, the concept of media education, media competence, its essence, the effectiveness of the media in the educational process, i.e.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the concept of media education, media competence, its essence, the effectiveness of the media in the educational process, i.e. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Media, media education, media literacy, competence, competence, media, mediata’lim, mediasavodxonlik, mediakompitentlik., kompitentlik, kompitensiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники