К содержанию
РецензированоUZ2026

PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING UMUMIY METODLARI

Iminjonova Durdona Kamoliddinovna · Akbaraliyeva Asila

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Abdulla Avloniy «Pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan ekan, avalambor uni har tomonlama o'rganishi kerak»,-degan fikri ta’lim- tarbiya jarayonida pedagogik diagnostikaning qanchalik muhimligini ko'rsatib turibdi. Shu jihatdan olganda, jamiyatimizdagi yoshlarni o’qitish va tarbiyalashda optimal uslub va vositalardan foydalanish lozim. Maqolada pedagogik diagnostikaning metod va metodologiyalari haqida umumiy ma’lumotlar beriladi. Kalit so’zlar: diagnostika, pedagogika, omil, samaradorlik, sotsiologiya, metod, solishtirish, tahlil, interpretatsiya, kuzatish, suhbat, test. Kirish qism 0‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o‘zlikm anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlami o‘zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o‘rtasida uyg‘unlikni vujudga keltirish, ehtiyojlaming xususiylikdan umumiylikka o‘sib o‘tishining qondirilishi har jihatdan o‘quvchi va talabalar qobiliyatlari, iste'dodlarini, ichki imkoniyatlarini, o‘ziga xos individual- psixologik xususiyatlarini tadqiq etishni, shuningdek rivojlantirishni talab etadi. Asosiy qism Pedagogik diagnostika yordamida jamiyatdagi ma'naviy-ma'rifiy jarayon tahlil qilinadi va ta'lim-tarbiyaning kafolatlangan natijalari aniqlanadi. Tashxislashda nafaqat ta'linv-tarbiya natijalarini sarhisob qilish, balki ulaming ozgarish dinamikasi xam kuzatiladi, mavjud kamchiliklar bartaraf etiladi. Diagnostika - {yunon tilida: «dia» — «shaffof», «gnozifi»-«bilim» degan ma'noni bildiradi) o’rganilayotgan ob'ekt yoki jarayon togrisida aniq ma'lumot olishning umumiy vositasi bo’lib xizmat qiladi. Pedagogik diagnostika - bu pedagogik omillaming samaradorligini oshirish maqsadida sotsiologik, ekologik va ijtimoiy -psixologik sotsiumga hamda har bir shaxsga ta'sir korsatishi haqidagi axborotlar majmuyi kabi bilish jarayonining tashkiliy qismidir. Pedagogik diagnostika samaradorligi ko’p hollarda tashxis o’tkazuvchming metodologik madaniyatiga to’g’ri proporsionaldir. SHu boisdan bu tushuncha integral sifat ko’rsatkich hisoblanib, tashxis qiluvchidan o’zida xususiy ilmiy faoliyatni tahlil qilish ko’nikmasini, ma’lum konsepsiya (nazariya)ni llmiy asoslash va ijodiy qo’llash qobiliyatini egallashni talab etadi.Pedagogik diagnostikada o’rganilayotgan jarayon aniqlovchi metodlar joriy etilgunga qadar ilmiy asoslanishi shart: dastlabki holat; tadqiqot mantiqi; kutilayotgan natijalar, ularga erishish metodlarini belgilash; iste’molchilar bilan hamkorlik o’matish; uni joriy etish shartlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Pedagogik diagnostika ilmiy faoliyatning murakkab turi hisoblanib, u ishonchli qo’llarda - metodologiyani chuqur o’rgangan, ilmiy tadqiqot metodlari bilan qurollangan shaxs tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. 88 Pedagogik diagnostika o'quv-tarbiyaviy ishlaming yakuniy natijalar ко'rsatkichlarini hamda mazkur jarayonning kechish holatini yaqqol aks ettirish xususiyatiga ega. Pedagogik diagnostikani amalda qo’llashda turli metodlardan foydalaniladi. Metod - (lotincha «metodos»-«yo’l», “uslub”) tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot, deb taijima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida "metod" so’zi keng ma’noda: muayyan muammo yechimini topishga yo’naJtirilgan uslubni, malum maqsadga erishish yo’lini, tor ma’noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi. Pedagogik diagnostikani tashkil qilishda beriladigan nazariy bilimlami yoshlar qalbiga yetkazish, ulami kundalik ehtiyojiga yo'naltirish uchun quyidagi ish usullariga e’tibor berish lozim: -o'quv muassasa, mas'ul shaxslar sinf, guruh jamoasining ruhiy holati, ya'ni har bir shaxsning faoliyati, qiziqish darajasiga; -o'quvchi-yoshlaming tartib-intizomiga, davlat mulkiga bo'lgan munosabatiga; o'quvchi- yoshlaming ijtimoiy hayotdagi faolligiga; -yoshlar bilan o'tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga bo'lgan munosabatiga (ijobiy, salbiy, befarqligiga); -yoshlaming kattalar, o'z tengdoshlari bilan axloqiy muomala va munosabatlariga; -o'quv maskanlarida tashkil etilgan qonun-qoidalarga munosabat va ularga amal qilishga; -o'quv muassasadagi ijtimoiy fikrga bo'ysunuvchanligiga. Yuqoridagilarga amal qilinganda pedagogik diagnostikani o'tkazish yo'nalishlarini to'g'ri tashkillashtirishga imkoniyat yaratiladi. Pedagogik tashxisning noeksperimental metodlari: kuzatish, anketa, so‘rovnoma, suhbat, intervyu. O'quvchiyoshlaming turli sifatlarini o'rganish uchun mashhur kuzatuv metodidan foydalanishi mumkin. Ma’lumki, kuzatish metodi anch murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad: katttlar va yoshlar o'rtasidagi muloqotning ta’sir kuchini, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo'llaniladi. Kuzatish metodlari orqali o'quvchilaming o'zaio aloqalari, tengdoshlari bilan muloqoti, individual-psixologik farqlarini qiyoslash, nlamingfanlami o’zlashtirishi, xulq-atvori va mavjud muammolandagi o'zgarishlami hisobga olish va tegishli ma’naviy-ma’rifiy ta’sir ko rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi.

Доказательный фрагмент

«Abdulla Avloniy «Pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan ekan, avalambor uni har tomonlama o'rganishi kerak»,-degan fikri ta’lim- tarbiya jarayonida pedagogik diagnostikaning qan…»

Образец извлечения

Демо-превью

Abdulla Avloniy «Pedagogika insonni har tomonlama tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan ekan, avalambor uni har tomonlama o'rganishi kerak»,-degan fikri ta’lim- tarbiya jarayonida pedagogik diagnostikaning qan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sotsiologiya, diagnostika, kuzatish, interpretatsiya, omil, samaradorlik, suhbat, metod, pedagogika, solishtirish, test., tahlil
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники