К содержанию
РецензированоRU2026

BOSHLANG`ICH SINFLARDA FE’L SO`Z TURKUMINI O`RGANILISHI

Omonturdiyeva Shodiya Farxod qizi · Омонтурдиева Шодия Фархадовна

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Основные понятия о глаголах для учащихся начальных классов. Влияние изучения глаголов на учащихся, их роль в развитии языковых навыков, а также методы повышения интереса посредством игр и интерактивных упражнений. Ключевые слова: Основной класс, глагол, навык, время, методы. STUDYING THE VERB WORD GROUP IN PRIMARY GRADES Omonturdiyeva Shodiya Farkhadovna Tashkent State Pedagogical University named after Nizami Faculty of primary education 2nd year student Annotation: Basic concepts about verbs for primary school students. The effect of learning verbs on students, their role in the development of language skills, as well as methods of increasing interest through games and interactive exercises. Keywords: Primary class, verb, skill, tense, methods. Tilning qudratli quroli bo`lgan fe’l so`z turkumi insoniyat fikrining harakatini, holatini va mavjudligini ifodalaydi. U gapning qalbini ochib, voqealarni jonlantiradi, xayollarni tarjima qiladi va hissiyotlarni aks ettiradi. Fe’l so`z turkumini chuqur o`rganish tilni tushunish, to`g`ri qo`llash va dunyoni yangicha ko`rishga imkon beradi. Fe’l so`z turkumini o`rganishning maqsadi tilning tuzilishi va qoidalari haqida chuqurroq tushunchaga ega bo`lishdir. Bu bizga grammatik qoidalarni to`g`ri qo`llashga, o`z fikrlarini aniq va ravshan ifodalashga yordam beradi. Shuningdek, fe’l so`z turkumini bilish boshqa so`z turkumlari va grammatik qoidalarni o`rganishni osonlashtiradi. Fe’l so`z turkumining vazifalari juda ko`p va muhimdir. U harakat, holar va mavjudlikni ifodalaydi, gapning grammatik tuzilishini belgilaydi, vaqtni ifodalaydi va shaxsni aks ettiradi. Masalan, “yurmoq”, “o`tirmoq”, “bo`lmoq” fe’llari harakat, holat va mavjudlikni ifodalaydi. Masalan, “yozdi”, “yozyapti”, “yozmoqchi” fe’llari o`tmish, hozirgi va 4 kelajak vaqtlarni ifodalaydi. “men yozaman”, “sen yozasan”, “u yozadi” fe’llari birinchi, ikkinchi va uchinchi shaxslarni ifodalaydi. Fe’l so`z turkumini boshlang`ich sinflar o`rganishini bosqichma-bosqich amalga oshirish ishlarini ko`rib chiqsak. Birinchi bosqich: 1-sinfda harakat bildirgan so’zlar ustida ishlash. Bunda harakat bildirgan so`zlar ustida ishlashga tayyorgarlik savodga o`rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o`quvchilarning diqqati harakat bildirgan so`zlarning leksik ma`nosiga qaratiladi. Shaxs va narsaning harakatini bildirishini umumlashtirish imkonini beradigan aniq material yig`iladi. Harakat bildirgan so`zlar ustida ishlash mashqlarini “Alifbe”dagi so`z va matnlarni o`qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog`lab o`tkaziladi. Bunda o`qituvchi o`quvchilar gap tuzishda mazmunga mos harakat bildirgan so`zlarni topishga so`z nimani bildirishini va qanday so`roqqa javob bo`lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva va sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko`rib gapni mazmunga mos so’zlar bilan to`ldiradilar: Kuzda mevalar nima qiladi?... (pishadi), sabzavotlar nima qiladi?... (yetiladi), daraxtlar barglari nima qiladi?... (sarg`ayadi). Bolalar nima qilyaptilar?... (dam olyaptilar), …(o`ynayaptilar), …(ishlayaptilar). Ikkinchi bosqich: 2-sinfda harakatni bildirgan so`zlarning leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qildi?) yuguryapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalaniladi. O`quvchilar o`zlari bajargan harakatlarni aytishni so`rab, ular bergan javobini (harakat bildirgan so`zlarni) so`roqlari bilan xattaxtaga yozib, suhbat o`tkazish bilan tushuntiriladi. O`quvchilar so`roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, o`ynayapti, faxrlanadi kabi so`zlarni ham tanlashga o`rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o`quvchilarda shaxs va narsaning harakatini keng ma’noda tushunish ko’nikmasining shakllana borishiga yordam beradi. Bu ikkala bosqich ya’ni 1-2-sinfda morfologik so`roq so`z nimani bildirishini aniqlash maqsadida beriladi. O`quvchilarni so`zga so`roq berishga, o`qituvchi bergan so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarni tanlashga, so`zni so`roqqa mos ravishda o`zgartirishga doir mashqlar bajariladi. Keyingi bosqich ya’ni 3-sinfda fe’lni o`rganish . Bu bosqichning asosiy vazifasi “fe’l - so`z turkumi” degan tushunchani shakllantirish , bo`lishli va bo`lishsiz fe’llarning ma’nosi va shakliga qarab farqlash ko’nikmasini hosil qilish, bo’lishsizlik qo`shimchasi (-ma)ning talaffuzi va imlosini o`rgatish hisoblanadi. Fe’lning harakat bildirishi yuzasidan o`quvchilarda aniq tasavvur hosil qilish uchun o`qituvchi ularga shu darsdagi mehnat jarayonini tasvirlashni, ya’ni o`quvchilarning o`zlari bajarayotgan ish-harakatni aytishni so`raydi, suhbat o`tkazadi. Suhbatning yoki o`quvchilarning aytgan gaplardan birini gap bo’lagi jihatdan tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi: nima qildi?, nima qilayapti?, nima qiladi? kabi so`roqlarga javob bo`lib, shaxs va narsaning harakatini bildirgab so’zlar fe’l deb nomlanadi. Fe’l gapda kesim vazifasida keladi

Доказательный фрагмент

«Основные понятия о глаголах для учащихся начальных классов.»

Образец извлечения

Демо-превью

Основные понятия о глаголах для учащихся начальных классов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Primary class, verb, skill, tense, methods, zamon, Основной класс, методы., metodlar., methods., навык, fe`l, глагол, Boshlang`ich sinf, время, ko`nikma
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники