Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHGA YO‘NALTIRILGAN MUSTAQIL TA’LIMNING TARKIBIY TUZILISHI VA USULLARI
Turdiyeva Xayriniso Aliyevna · Fayziyeva Hurriyat Baxtiyor qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Mustaqil ta’lim jarayonida fanga oid bilimlarni qidirish, o‘rganish, ularni anglab yetish, mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirish, bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish jarayoni yuzaga kelib, uni tashkil etishni samarali yo‘lga qo‘yish muayyan metodlardan foydalanishni talab etadi. Ushbu maqolada kasbiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan mustaqil ta’limning tarkibiy tuzilishi va usullari haqida fikr yuritilgan. KALIT SO‘Z: mustaqil ta’lim, mustaqil ish, o‘qitish turi. R.X.Djurayev rahbarligida yozilgan “pedagogik atamalar lug‘ati”da “Mustaqil ta’lim” tushunchasi “insonning o‘zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida avlodlar tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan shaxsiy harakatlari jarayoni”1 deb ta’riflangan bo‘lsa, J.Xasanboevning “Pedagogika fanidan izohli lug‘at”ida esa “mustaqil ta’lim”ga olingan bilim, ko‘nikma va malakani mustahkamlash, qo‘shimcha materialni o‘rganish maqsadidagi o‘quv shakli” sifatida qaralgan2. P.Q.Husanboyeva ta’rifiga ko‘ra, mustaqil ta’lim - o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirish, murakkablik darajasi turlicha bo‘lgan topshiriqlar, amaliy vazifalarni auditoriyada hamda auditoriyadan tashqarida ijodiy va mustaqil bajarish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyatdir3. Mustaqil ta’limning yana bir tavsifini V.Okonning ishlarida uchratish mumkin: “mustaqil ta’lim – o‘qitishning shunday turiki, maqsad, mazmun, sharoit va vositalar subyektning o‘ziga bog‘liq”4. Bu yondashuvda subyekt faoliyati bilan bog‘liq uch asosiy holatni: o‘qitish maqsadi, mazmuni va vositalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. A.P.Pshebelskiy va M.I.Zabortshikovalarning fikricha, mustaqil ta’lim - pedagogning maktabda amaliy faoliyat yuritish, o‘z kasbiy ishlab chiqarishini ko‘tarish uchun maqsadga yo‘naltirilgan, rejalashtirilgan va uzluksiz mustaqil ishlash jarayoni5. T.A.Ilyushovaning tadqiqot ishlarida “mustaqil ta’lim - pedagogning kasbiy ishlab chiqarishini orttirish shakllaridan biri. Bu pedagogning o‘z nazariy bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish uchun maqsadga yo‘naltirilgan ishi bo‘lib, pedagogika va psixologiya fanlarining zamonaviy talablari asosida yangi kasbiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish va qo‘llashni taqozo etadi” deb ta’rif berilgan6. 1 Djurayev R.X., O‘.Q.Tolipov va boshqalar. Pedagogik atamalar lug‘ati. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.Toshkent– 2008, 135 b., 49-b 2 Hasanboyev J., Х. To‘raqulov va boshqalar. “Pedagogika fanidan izohli lug‘at” Toshkent-“Fan”- 2008 y., 229 b., 117-b 3 Husanboyeva Q.P. Adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning ilmiy-metodik asoslari: Diss. … ped.fan.dok. – Toshkent: O‘zPFITI, 2004. – 261 b. 4 Оконь В. Введение в общую дидактику. - М.: Высшая школа, 1990.-32 с 5 Заборщикова Н.М. Самообразование молодого учителя как условие совершенствования его профессиональной деятельности: Автореф. дис. ... канд. пед. наук. - Л.: , 1989. - 29 с. 6 Илюшова Т.А. Самообразование молодого педагога как условие профессионального роста // https://multiurok.ru 24 G.A.Jeleznyakova tilga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tilni o‘qitishda mustaqil ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritadi7. Mustaqil ish bu shunday ishki, bevosita o‘qituvchi ishtirokisiz bajariladigan, lekin uni bajarishda, shu vaqt uchun maxsus taqdim etilgan, bunda talabalar ongli ravishda o‘z maqsadlariga erishish, o‘z kuchlaridan foydalangan holda va u yoki bu shaklda aqliy yoki jismoniy (yoki ikkalasi birgalikda) harakatlar natijasini ifodalaydi. Ayni vaqtda ilmiy va o‘quv adabiyotlarda “mustaqil ta’lim olish”, “Mustaqil o‘qish”, “mustaqil ish” tushunchalaridan sinonimlar sifatida foydalanilmoqda. “Mustaqil ta’lim – auditoriyada olingan bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlash hamda fanga oid (xususiy) kompetentsiyalarini rivojlantirish, qo‘shimcha ma’lumot yoki materialni mustaqil o‘rganish maqsadida tashkil etiladigan o‘qitish shakli”, mustaqil ish esa – “o‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida o‘quv vazifasini hal etadigan ta’limning faol metodi” sifatida talqin qilingan. Mustaqil ish bu qo‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir8. O‘tkazgan ilmiy-tadqiqot ishlarimiz va adabiyotlar tahlili asosida biz mustaqil ta’lim va mustaqil ishga quyidagicha ta’rif berdik: Mustaqil ta’lim – bu o‘qituvchi yordamida yoki yordamisiz muayyan vazifa(masala, muammo)ni mustaqil o‘rganish asosida tashkil etiladigan, tizimlashtirilgan, rejalashtirilgan, loyihalashtirilgan turli ta’limiy vositalardan foydalangan holda turli metodlar va texnologiyalar qo‘llaniladigan faoliyat turi, ya’ni, o‘ziga xos ta’lim shaklidir (mavzu yuzasidan turli topshiriqlarni bajarish, konspekt, refaratlar, esse, maqola, tezislar, slaydlar, savolnomalar, didaktik tarqatmalar tayyorlash, tajriba qo‘yish, kuzatish ishlarini olib b
Доказательный фрагмент
«Mustaqil ta’lim jarayonida fanga oid bilimlarni qidirish, o‘rganish, ularni anglab yetish, mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirish, bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish jarayon…»
Образец извлечения
Демо-превьюMustaqil ta’lim jarayonida fanga oid bilimlarni qidirish, o‘rganish, ularni anglab yetish, mustahkamlash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirish, bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish jarayon… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mustaqil ish, mustaqil ta’lim, o‘qitish turi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024