К содержанию
РецензированоRU2026

O‘SMIRLIK, ILK O‘SPIRINLIK VA YOSHLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Toxirjonova Mubina Azamatjon qizi · Zaylobiddinova Mohlaroy Ahrorbek qizi · Ibragimova Hurshida · Abdurahimova Shaxnoza

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

This article analyzes the features of psychological development during adolescence and youth, the changes that occur during these periods, emotional and social processes, as well as the main factors influencing youth development. Аннотация: В данной статье анализируются особенности психического развития в подростковом и молодежном возрасте, изменения, происходящие в эти периоды, эмоциональные и социальные процессы, а также основные факторы, влияющие на развитие молодежи. Kalit so’zlar: O‘smirlik davri, Yoshlik davri, Psixik rivojlanish, Emotsional jarayonlar, Ijtimoiy jarayonlar, Shaxsiyat shakllanishi, Mustaqillik, O‘zini anglash, Kognitiv rivojlanish, Oila va jamiyat, Rivojlanish omillari, Shaxsiy maqsadlar, Psixologik o‘zgarishlar. Key words: Adolescence, Youth, Psychological development, Emotional processes, social processes, Personality formation, Independence, Self-awareness, Cognitive development, Family and society, Developmental factors, Personal goals, psychological changes. Ключевые слова: Подростковый возраст, Молодежь, Психическое развитие, Эмоциональные процессы, Социальные процессы, Формирование личности, Независимость, Осознание себя, Когнитивное развитие, Семья и общество, Факторы развития, Личные цели, Психологические изменения. Psixik rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlari o‘smirlik va yoshlik davrlarida yanada aniqroq namoyon bo‘ladi. Ushbu davrlar insonning jismoniy, emotsional, kognitiv va ijtimoiy o’zgarishlar jarayonining eng faol bosqichlari hisoblanadi. O‘smirlik va yoshlik davrlarida shaxsiyat shakllanishi, o‘z-o‘zini anglash, mustaqillik va ijtimoiy munosabatlarni o‘rnatish kabi masalalar ustida faol ish olib boriladi. Bu davrlar shaxsning hayotidagi muhim bosqichlar bo‘lib, ularning rivojlanishiga tasir qiluvchi omillar ko‘plab ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy va psixologik faktorlar bilan chambarchas bog‘liq. O‘smirlik davri (12-18 yosh) va yoshlik davri (18-25 yosh) psixik rivojlanishning muhim bosqichlaridan biridir. Har ikkala davrda ham individning psixologik, ijtimoiy va emotsional jihatlari o‘zgaradi. Ilk o’spirinlik 1. Jismoniy o‘zgarishlar: Barcha o‘zgarishlar (xususan, jinsiy rivojlanish) o‘smirning o‘zini anglashiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu davrda o‘zini kashf qilish, tana va tashqi ko‘rinishdagi o‘zgarishlarga nisbatan tashvish va ishonchsizliklar ko‘payadi. 2. Kognitiv rivojlanish: O‘smirlikda tafakkur darajasi ancha rivojlanadi. Bu yoshda individning abstrakt fikrlash, mantiqiy xulosalar chiqarish va hipotetik holatlarni tushunish imkoniyati kuchayadi. Ular dunyo haqidagi qarashlarini 28 kengaytiradilar. 3. Emotsional rivojlanish: Duyg‘ular o‘zgaruvchan bo‘ladi, chunki o‘smirlikda hayotiy tajriba kam. Emotsional reaksiya kuchayadi va o‘smirlar o‘zlarini boshqarish, hissiyotlarni anglashda ko‘proq qiyinchiliklarga duch keladilar. 4. Ijtimoiy rivojlanish: O‘smirlar o‘ziga xos guruhlarni yaratishadi va o‘z ijtimoiy statuslarini aniqlashadi. Bu davrda ota-onalarga nisbatan isyonkorlik, do‘stlar bilan bo‘lgan munosabatlar kattalashadi va shu bilan birga o‘z shaxsiyatini shakllantiradi. Shaxsiy identifikatsiya: Yoshlik davrida individ o‘zining shaxsiy identifikatsiyasini aniqroq tushunadi. Ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi o‘smirlik davriga qaraganda mustahkamroq bo‘ladi. Kognitiv rivojlanish: Yuqori darajadagi fikrlash qobiliyatlari: Yoshlik davrida, o‘smirlikdagi abstrakt fikrlash va nazariy tafakkur yuqori darajaga ko‘tariladi. Shaxslar o‘z qarorlarini amaliyotga ko‘chira olishadi, ya’ni hayotdagi real holatlarda qarorlar qabul qilishda o‘zlarining tafakkurini yanada mustahkamlashadi. Bu davrda, o‘zining maqsadlariga erishish uchun eng yaxshi strategiyalarni ishlab chiqish va qisqa muddatli va uzoq muddatli rejalashtirishni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Ta’lim va professional rivojlanish: Yoshlikda o‘qish va kasbiy rivojlanishning ahamiyati ortadi. Ko‘pincha bu davrda yoshlar universitetga kirish, kasbiy sohada muvaffaqiyatga erishish uchun o‘z maqsadlariga yo‘naltirilgan reja tuzishadi. Ularning fikrlash darajasi tizimli, o‘ylangan va izchil bo‘lib, mantiqiy va ilmiy tahlillarni amalga oshirishga imkon beradi. Shaxsiyat va emosional barqarorlik: Emotsional rivojlanishning davom etishi: Yoshlikda shaxsiyat va his-tuyg‘ularni boshqarish yanada aniqroq va barqaror bo‘ladi. Yoshlikning boshida turli stress va tashvishlarga duch kelinishi mumkin, lekin yoshlar o‘z his-tuyg‘ularini boshqarishda ko‘proq malakaga ega bo‘ladilar. O‘zining his-tuyg‘ulariga, hayotdagi qiyinchiliklarga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rganish, emosional barqarorlikni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini anglash: Bu davrda shaxsiyatni anglash va o‘ziga bo‘lgan ishonch kuchayadi. Shaxsning kelajagi va ijtimoiy o‘rni haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lishi natijasida, o‘zi bilan muvozanatni topish va hayot yo‘lini tanlashda aniq qarorlar qabul qilish imkoniyatlari yuzaga keladi. Bu yoshda kimligini va nima qilishni xohlayotganini aniq tushunish o‘sishga olib keladi. Ijtimoiy rivojlanish

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the features of psychological development during adolescence and youth, the changes that occur during these periods, emotional and social processes, as well as the main factors influencing youth…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the features of psychological development during adolescence and youth, the changes that occur during these periods, emotional and social processes, as well as the main factors influencing youth… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Adolescence, Youth, Psychological development, Emotional processes, social, Yoshlik davri, Shaxsiyat shakllanishi, Mustaqillik, Emotsional jarayonlar, O‘zini anglash, Kognitiv rivojlanish, Oila va jamiyat, Shaxsiy maqsadlar, Psixik rivojlanish, Psixologik o‘zgarishlar., O‘smirlik davri, Rivojlanish omillari, Ijtimoiy jarayonlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники