Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA EKOPSIXOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI · Yaxshiboyeva Xoliniso Ne’mat qizi · CHDPU M-PSI talabasi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha har xil ma`lumotlar keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Ekopsixologik madaniyat tushunchasi, . Ekologik holatning yomonlashuvi, empatiya va hissiy qarorlar qabul qilish, tabaqatlar va psixologik holatni tushunish. Kirish. Zamonaviy taʼlim tizimi nafaqat bilim, balki shaxsiy va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan ko‘plab boshqa jihatlarni ham o‘z ichiga oladi. Ekologik va psixologik taʼlimning birlashuvi, ayniqsa, bo‘lajak oʻqituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirish, nafaqat tabiiy muhitni muhofaza qilish, balki inson ruhiyatini, uning psixologik holatini, shuningdek, ijtimoiy va ekologik masʼuliyatni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Ekopsixologik madaniyat tushunchasi: Ekopsixologik madaniyat, ekologik va psixologik nuqtai nazarlarni birlashtirgan tushuncha bo‘lib, unda insonning tabiatga va jamiyatga bo‘lgan munosabati, uning ruhiy holati, hissiyotlari va ularning atrof-muhitga taʼsiri o‘rganiladi. Bu madaniyat shaxsning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasini yanada chuqurlashtirish, ekologik va psixologik muammolarni birgalikda hal qilishga yo‘naltirilgan. Ekopsixologik madaniyatni shakllantirishda bo‘lajak oʻqituvchilarning roli juda katta, chunki ular nafaqat ekologik bilimlarni o‘rgatish, balki o‘quvchilarni inson tabiatiga nisbatan mehr-muhabbat, masʼuliyatli munosabatda bo‘lishga ham tayyorlashlari kerak. Bo‘lajak oʻqituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirishning psixologik xususiyatlari: 1. Empatiya va hissiy qarorlar qabul qilish Bo‘lajak oʻqituvchilarni ekologik va psixologik masalalarda empatiya hissi rivojlantirilishi zarur. Empatiya, yaʼni boshqalarning ruhiy holatini tushunish va ularga yordam berishga tayyor bo‘lish, ekologik tushuncha va qadriyatlarni o‘rgatishda muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchilar o‘z shaxsiy misollari orqali ekologik muammolarni yashashda nimalar o‘zgartirish mumkinligi haqida taʼlim berishlari, o‘quvchilarga hissiy jihatdan yondoshuvni o‘rgatishlari kerak. 2. Shaxsiy va ijtimoiy masʼuliyat Ekopsixologik madaniyatning rivojlanishida o‘qituvchining o‘z masʼuliyatini tushunishi va ijtimoiy masʼuliyatni targ‘ib etishi juda muhimdir. Psixologik nuqtai nazardan, masʼuliyatni o‘ziga olish shaxsning ichki motivatsiyasi va ahloqiy qadriyatlariga asoslanadi. O‘qituvchi atrof-muhitga nisbatan masʼuliyatli yondashishning ahamiyatini o‘rgatishi va o‘quvchilarga ijtimoiy masʼuliyatni his qilishni o‘rgatishi kerak. 3. Tabaqatlar va psixologik holatni tushunish Ekopsixologik madaniyatni shakllantirishda o‘qituvchining o‘z ruhiy holatini va tabiatga bo‘lgan hissiy munosabatini tushunishi muhimdir. Ekologik muammolar va ularning inson psixologiyasiga taʼsiri haqida o‘qituvchining chuqur tushunchasi bo‘lishi zarur. Shaxsiy o‘zgarishlar va ekologik yondashuvlarni birlashtirish, o‘quvchilarni tabiatni asrashga va ekologik faoliyatga yo‘naltirishda samarali bo‘ladi. 46 4. Ekologik stress va unga qarshi kurashish Ekologik stress - bu atrof-muhitdagi o‘zgarishlar va muammolar tufayli insonning psixologik holatiga bo‘lgan salbiy taʼsiridir. O‘qituvchilar, o‘zlarining psixologik farovonliklarini saqlab qolish, ekologik stress bilan kurashish va o‘quvchilarga ham buni o‘rgatishlari zarur. Psixologik mustahkamlik va stressga qarshi kurashish bo‘yicha malakalar bo‘lajak oʻqituvchilarni ekologik muammolarni yengib o‘tishga tayyorlaydi. 5. Yaratgan sharoitlarda samarali o‘qitish metodlarini qo‘llash Ekopsixologik madaniyatni shakllantirishda o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatida yangi metod va yondoshuvlarni joriy etishlari kerak. Tabiat va ekologik masalalar bilan bog‘liq o‘qishlar, ekologik ko‘nikmalarni o‘rgatish, o‘quvchilarda tabiatni va atrof-muhitni sevishni rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, psixologik jihatdan qulay o‘qitish usullarini tanlash, talabalarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida insoniyatning texnogen sivilizatsiyasidan noosfera davriga o‘tishi tendentsiyasi kuzatilmoqda, bu bo‘lsa o‘z navbatida V.I. Vernadskiy ta'biri bilan aytganda, biosfera rivojlanishida inson aqliy salohiyati ahamiyatining kuchayishi bilan tavsiflanishi kerak. Bu jarayon insonning yerdagi hayotini saqlab qolishga intilishi bilan o‘zaro qarama-qarshi birligida aks etadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ko‘pchilik xorijiy olimlarning fikriga ko‘ra, bundan buyon yadroviy falokat insoniyatni halokatga yetaklovchi yagona havf sifatida qaralmayapti, aksincha insoniyatning yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketishiga yetaklovchi asosiy omil sifatida insonning tabiatni o‘ziga bo‘ysundirishi yo‘lidagi odamzod manfaatiga zid bo‘lgan hatti-harakatlari, tabiat qonunlaridagi muvozanatning buzilishiga olib kelgan ilmiy-texnik taraqqiyotning vayronkor oqibatlari natijasida yuzaga kelgan global ekologik muammolar oldinga chiqmoqda. BMTning inson muhiti bo‘yicha birinchi Jahon konferensiyasi 1972-yilda Stokgolmda universal yondashuvl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha har xil ma`lumotlar keltirib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ekopsixologik madaniyatni shakllantirishning psixologik xususiyatlari o‘rganish bo‘yicha har xil ma`lumotlar keltirib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ekopsixologik madaniyat tushunchasi, empatiya va hissiy qarorlar qabul qilish, tabaqatlar va psixologik holatni tushunish., . Ekologik holatning yomonlashuvi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025