Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TALABALARNI INTELLEKTUAL KASBIY RIVOJLANTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI VA HAMIYATI
Ismoilova Nilufarxon Ibroximjon qizi
Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 1 · 2026
Аннотация
Sun’iy intellekt ta’lim jarayoniga faol kirib kelmoqda va shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu ilg‘or texnologiyalarning qo‘llanish ko‘lami har yili faqat kengayib boradi. Ayni vaqtda sun’iy intellektning ta’limdagi asosiy qo‘llanish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilsa, bu avvalambor o‘qituvchilarning zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi, talabalarning akademik natijalarini nazorat qilish, standart topshiriqlarni tekshirish, ularning bilim darajasi va mashg‘ulotlarga tayyorgarligini baholash va boshqalar. Bunday muntazam vazifalar darslardagi muhim ta’lim jarayonidan ko‘p vaqtni olib qo‘yadi. Endi ta’lim samaradorligi va sifati oshishi uchun bunday muntazam vazifalarni sun’iy intellektga topshirish mumkin. Kalit so‘zlar: Intellekt, kasbiy rivojlanish, sun’iy intellekt, kompetentlik, globallik, differensiatsiya, ierarxik integratsiya, neyron tarmoqlar, intellektual vazifa. Ma’lumki, aksariyat insonlar hali ham o‘zlarini bilimlilkning yagona manbai deb hisoblaydilar. Bu jarayonda o‘qituvchilar shuni tushunishlari va qabul qilishlari kerakki, an’anaviy bilimlarni faqat o‘qituvchi orqali uzatish usuli endi o‘z ahamiyatini yo‘qotmoqda. O‘qituvchi endi bilim manbai emas, balki o‘quvchilarning o‘quv va bilim jarayonini boshqaradigan menejer bo‘lishi kerak. R.Nazipovning fikriga ko‘ra, bunga shubha yo‘q: “Aholining savodxonlik darajasi yuqori bo‘lib, ta’lim olishning turli shakllari va madaniy qadriyatlarni egallash imkoniyatlari mavjud. OAV va internetning rivojlangan sharoitida o‘qituvchi endi madaniyatning yagona tashuvchisi bo‘lishdan chiqdi, ta’limning avvalgi ilohiy mazmuni ham yo‘qoldi. Shunga muvofiq, o‘qituvchining o‘quvchiga va o‘quv materialiga bo‘lgan yondashuvi ham o‘zgarishi zarur”.1 So‘nggi vaqtlarda pedagogika va uning amaliy qo‘llanilish sohalari o‘rtasidagi aloqalar yanada aniqroq kuzatilmoqda. Bu tendensiya kasbiy kompetentlikka ham tegishli bo‘lib, u uzoq muddat davomida akademik fanning chetida bo‘lib kelgan. Pedagogik jihatdan bu tushuncha insonning avval shakllangan va uning keyingi kasbiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan xususiyatlarini anglab yetish va ularni faollashtirishga qaratilgan faoliyatni anglatadi. Kasbiy maslahatda zamonaviy pedagogik tushunchalar jadalroq qo‘llanilmoqda va yangi usullar ham diagnostik, ham korreksion, ham yo‘naltiruvchi faoliyatning turli sohalarida faol qo‘llanilmoqda. Ammo, intellektga bag‘ishlangan qator ishlarga qaramay, uni rivojlantirish muammosi hanuzgacha yetarli darajada o‘rganilmagan. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, talabalik davrida insonning ruhiy rivojlanishi davom etadi, intellekt ichidagi ruhiy funksiyalarning murakkab qayta tuzilishi yuz beradi, shaxs tuzilishi butunlay o‘zgaradi, chunki individ yangi, kengroq va xilma-xil ijtimoiy jamoalarga qo‘shiladi. B.G.Ananev,2 M.D.Dvoryashina,3 I.Stepanova va L.Granovskayalar4 intellektual xususiyatlarni tasvirlash va oliy 1 Назипов Р.М. Субъектность: становление в образовании [Текст] / Р.М.Назипов // Новые ценности образования, 2005, № 5 (24) – С. 134-138. 2 Ананьев Б.Г. Человек как предмет познания. – Л.: Изд-во Ленинградского ун-та, 1969. 3 Дворяшина М.Д. Опыт комплексного психологического и психофизиологического изучения структуры личности // Человек и общество. Вып. 4. – Л.: 1969. 4 Степанова Е.И., Грановская Л.Н. Микровозрастной подход к исследованию интеллекта взрослых // Психол. 35 ta’lim jarayonini shaxsni rivojlantirish – ta’limning tizimli maqsadi doirasidagi rivojlanish jarayonini ichki mantig‘iga bo‘ysundirish, oliy o‘quv yurtida mutaxassislarni tayyorlash sifati muammosini hal qilish nuqtai nazaridan dolzarb pedagogik vazifa hisoblanadi, deb ta’kidlashgan. O‘z vaqtida X.Verner ontogenezda intellektual rivojlanishning uchta asosiy bosqichini ajratib ko‘rsatgan: 1) globallik; 2) differensiatsiya; 3) ierarxik integratsiya (so‘nggi bosqichda bilish funksiyalari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar shakllanishi va avval mustaqil bo‘lgan bilish funksiyalarini boshqaradigan oliy bilish funksiyalarining paydo bo‘lishi nazarda tutiladi)5. Biroq, agar ontogenezning keyingi bosqichlarida intellektual rivojlanish xususiyatlari hisobga olinsa, fikrimizcha, qo‘shimcha ravishda to‘rtinchi bosqich – markazlashuv bosqichi haqida ham gapirish lozim. Bu bosqich mental tajribaning destruksiyasi va kompensator tarzda tushunchaviy tafakkurning boshqaruvchi roli kuchayishi bilan o‘ziga xos ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda sun’iy intellektni inson faoliyatining barcha sohalariga, jumladan, ta’lim sohasiga ham kirib borayotgani haqida ko‘p eshitish mumkin. Ushbu tadqiqotda biz sun’iy intellekt nima ekanini va uning jamiyat hamda ta’lim tizimi rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini o‘rganishga harakat qilamiz. Umuman olganda, neyron tarmoqlar – bu matematik model bo‘lib, katta miqdordagi hisoblash kodini o‘z ichiga oladi. Ular berilgan savolning mezonlarini tahlil qilish orqali intellektual vazifani hal qilishga qodir. Ko‘p miqdordagi ma’lumotlar va ma’lumotlar bazalarini tahlil qilgan holda,
Доказательный фрагмент
«Sun’iy intellekt ta’lim jarayoniga faol kirib kelmoqda va shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu ilg‘or texnologiyalarning qo‘llanish ko‘lami har yili faqat kengayib boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюSun’iy intellekt ta’lim jarayoniga faol kirib kelmoqda va shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bu ilg‘or texnologiyalarning qo‘llanish ko‘lami har yili faqat kengayib boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- globallik, neyron tarmoqlar, ierarxik integratsiya, kompetentlik, sun’iy intellekt, intellektual vazifa., kasbiy rivojlanish, differensiatsiya, Intellekt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025